20.03.2025 | 16:30
452
BOQIY LAVHALAR
Bugungi avlod bir paytlar taniqli suratkash bo‘lgan Sodiq Mahkamovni deyarli bilmaydi. Ular butun umrini gazeta-jurnallarni noyob fotoasarlari bilan bezagan, qanchadan qancha tarixiy, madaniy-ma’rifiy voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, suratlarga muhrlagan, bu kasbni ijodiy tafakkur darajasiga ko‘tara olgan bu iste’dod egasi bilan tanish emas.

Nafaqat Sodiq Mahkamovni, Noʻmon Muhammadjonov, Ravil Albekov, Sirdaryo paxtazorlarida birinchi bo‘lib ochilgan g‘o‘za chanog‘ini suratga olib, tahririyatga kechikmay yetkazish uchun poyezddan sakragan fotomuxbir To‘rayevni ham bilishmaydi. Chunki endilikda biror holatni suratga tushirish bog‘cha bolasining qo‘lidan ham keladigan ish bo‘lib qoldi. Ish emas, ermak deyavering.

Kompyuter inqilobidan avval suratkashlik o‘ta faxrli kasb edi. Keyingi ellik, yuz yillikda olingan eng noyob suratlar yuksak badiiy ijod namunasi sifatida jahonning nufuzli fotomuzeylarida saqlanadi. Shunday suratlardan birini Parijda ko‘rganman: suratkash tog‘da ko‘chki yuz berib, halok bo‘lgan egasining yonida mung‘ayib turgan vafodor it ko‘zidagi tomchi yoshni tasvirga tushirgan…

Sodiq Mahkamov ijodida ham shunday ta’sirchan, betakror suratlar ko‘p bo‘lgan. Adabiyot gazetasida ularning ko‘pini e’lon qilganmiz: askiyachi Maxsum buva, oshga sabzi to‘g‘rayotgan bastakor Yunus Rajabiy, Mirtemir domlaning o‘ychan holati, O‘zbekistondagi qadrdonlari orasida huzur qilayotgan Chingiz Aytmatov, qarindoshlari davrasida gul-gul yayrab o‘tirgan Mukarrama Turg‘unboyeva, gullar ardog‘idagi Zulfiya, o‘zi to‘qigan latifaga o‘zi ishonib boshqalar qatori kulayotgan Said Ahmad, shlyapa va sigaretaga sadoqatli Shukur Xolmirzayev, qo‘shiq kuylayotgan Botir Zokirov, adabiyot, madaniyat, teatr va kino san’atimiz darg‘alarining ijodiy portretlari… Hammasini birma-bir sanab chiqish qiyin. Har biri o‘ziga xos tarix.
Sodiq Mahkamov ijodiga mansub ikki surat ham muhtaram gazetxonlarda qiziqish uyg‘otishiga ishonchim komil.
Ahmadjon MELIBOYEV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-martdagi 11-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



