Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.05.2024 | 08:41

img928

BOTIR ZOKIROV HAYKALI OCHILDI

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

– Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, – dedi Prezident.

San’atkor xotirasini e’zozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Xususan, Prezident qarori qabul qilinib, 2021-yilda Botir Zokirovning 85 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi. Ulug‘ hofiz nomidagi milliy mukofot ta’sis etildi. U haqda il­miy va badiiy asarlar, hujjatli film va spektakllar yaratildi. Yaqinda Botir Zokirovning xotira kechasi mamlakatimiz jamoatchiligi hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan atoqli san’atkorlar ishtirokida katta shodiyona sifatida o‘tkazildi.

Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbe­kiston davlat konservatoriyasi joylashgan ko‘chaga uning nomi beril­di. Ushbu konservatoriya huzurida Botir Zokirov nomidagi milliy estra­da san’ati instituti barpo etildi. Haykal ham aynan ushbu majmuada qad rostladi.

– Bu haykal Botir Zokirov xotirasiga o‘rnatilgan ramziy bir timsoldir. Ayni paytda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’atni rav­naq top­tirish yo‘lida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning ama­liy natijalari bu ulug‘ ijodkorga eng munosib yodgorlik bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, Botir Zokirov 1936-yilda san’atkorlar oilasida tug‘i­lib, voyaga yetgan. 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” va 2021-yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

Botir Zokirov 49 yil umr ko‘rgan. Lekin shu yillar davomida o‘zidan rang-barang va boy ijodiy meros qoldirgan. Uning sehrli ovozi yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borib, xalq qalbidan, san’atning oltin fondidan joy olgan. Dunyo­ning madaniyat poytaxtlarida o‘zbek san’atini zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish etgan.

Xonanda 1955-yilda, ayni kuchga to‘lgan paytida og‘ir dardga yo‘liqadi. Bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazadi. Shifokorlar unga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yadi. Lekin shu ahvolda ham ijoddan, kuylashdan to‘xtamay­di.

Botir Zokirov umr bo‘yi yangilikka intilib yashadi. Sharq folklori va zamonaviy estrada san’atini uyg‘unlashtirib, “Myuzik xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan, xonanda va kompozitor sifatida ko‘plab iste’dodli yoshlarga ustozlik qilgan. Respublikada xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansamblining tashkil topishida Botir Zokirovning xizmati beqiyos.

Tadbirda Botir Zokirov ijodiy feno­meni milliy san’at tarixida butun bir davrni tashkil etishi ta’kidlandi. Uning boy merosini chuqur o‘rganish va xalqqa yetkazish ish­larini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga alohida qaror tayyorlash topshirildi. Unda Toshkent shahrida san’atkorning memorial muzeyini barpo etish, estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlov va talabalar uchun davlat stipendiyasi joriy etish, badiiy film yaratish, Milliy estrada simfonik orkestri faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar ko‘zda tutiladi.

Marosimda Botir Zokirovning izdoshlari, san’at va madaniyat na­moyandalari so‘zga chiqdi.

– Ochig‘i, men bugun juda haya­jondaman. Ayni paytda Zokirovlar sulolasining bir vakili sifatida yuragimda cheksiz faxr tuyg‘usini his qilib turibman. Davlatimiz rahbarining bizning oilamiz a’zolari haqida, jumladan, “Yalla” ansambli haqida bildirgan samimiy fikr­lari meni nihoyatda to‘lqinlantirdi.

Bugun yurtimizda inson qad­rini ulug‘lash – muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan odilona siyosatning ustuvor yo‘nalishi ekaniga har birimiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Buni o‘zbek san’atida o‘chmas iz qoldirgan akam Botir Zokirovning xotirasiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor misolida ham ko‘rib turibmiz.

Prezidentimizning tarixiy qarori asosida Botir Zokirovning 85 yillik yubileyi mamlakatimizda keng nishonlandi. Poytaxtimizdagi mana shu fayzli ko‘chaga Botir Zokirov nomi berildi. U kishining nomi bilan ataluvchi estrada san’ati instituti tashkil qilindi, milliy mukofot ta’sis etildi. Respublika ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilmoqda. Rahmatli Botir akam haqida turli yo‘na­lishlarda yangi-yangi asarlar yaratilmoqda.

Mana, bugun ochilayotgan muhtasham haykal go‘zal Toshkentimizning chiroyiga yangi bir chiroy qo‘shmoqda, desak, buyam haqiqat bo‘ladi.

Albatta, bularning barchasini biz muhtaram Prezidentimizning milliy san’atimiz va madaniyatimizga, yoshlarimizga, butun xalqimizga ko‘rsatayotgan ulkan hurmati va g‘amxo‘rligi ifodasi deb bilamiz.

Bugungi marosimda u kishi O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning o‘lmas merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan yana bir yangi qaror tayyorlanishini ma’lum qildilar. Biz hammamiz, Botir Zokirov muzeyini barpo etish, u kishining nomida xalqaro tanlov tashkil qilish, stipendiya joriy etish, badiiy film yaratish, Botir Zokirov nomidagi jamg‘arma va orkestr fao­liyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirgan tashabbuslarni cheksiz quvonch va hayajon bilan qabul qildik.

Bularning barchasi uchun Zokirovlar sulolasi nomidan, akam Botir Zokirovning yaqinlari, shogird va muxlislari, butun san’atsevar xalqimiz nomidan Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirishni o‘zimning burchim deb bilaman.

– Shuni aytishni istardimki, qisqa vaqt ichida mamlakatimizda san’at va madaniyatni rivojlantirish borasida muhim va ulkan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev buyuk shaxslar­ning xizmatlarini munosib baholash, ularning xotiralari­ni abadiylashtirish va qadrlash masalalariga alohida ahamiyat qaratmoqda. Buyuk Botir Zokirovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan mazkur haykal va mana shu fayzli tadbir fikri­mizning yorqin isbotidir.

Botir Zokirovning zamondoshi sifatida uning olamshumul muvaffaqiyatlariga guvoh bo‘lish, birgalikda konsertlarda, turli tadbirlarda, dekadalarda qatna­shish baxti nasib etganidan o‘zimni juda baxtiyor his etaman. Bu inson yuksak madaniyat sohibi, favqulodda shaxs, buyuk san’atkor edi. U yaratgan qo‘shiqlar, hech shubhasiz, o‘zbek san’atining oltin fondidan munosib o‘rin oldi va uning uzviy bir qismiga aylandi.

Qirq yildan buyon Botir Zokirov oramizda yo‘q. Lekin uning betimsol ovozi hamon ko‘ngillarimizga taskin beradi. Uning san’atiga, shaxsiyatiga bo‘lgan ehtiromimiz, mehrimiz qalblarimizda bugungacha yashab kelyapti. Shuning o‘zi chin iste’dodning umri boqiyligiga yorqin dalildir.

Yana qirq yil o‘tadi, yuz yil o‘tadi, ammo Botir Zokirovning ko‘p qirrali san’ati qalbimizda yashaydi va bizni quvontirib, ruhlantiradi. Hozir u chizgan suratlar, yozgan she’rlar va hikoyalar yodimga tushmoqda. U bir paytlar “Baxt qayerdasan?” deb kuylagan edi. Ayni damda xayolimga shunday fikr kelyapti: uning baxti mana shu joyda, mana shu Vatanda! Uning qo‘shiqlari qayerda yangrayotgan bo‘lsa, uning baxti ana o‘sha yerda.

– Men Prezidentimiz qarori bilan tashkil etilgan buyuk san’atkor Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining talabasiman. O‘zim Andijon viloyatining Xonobod shahridanman.

Men maktabda o‘qib yurgan paytlarimda Botir Zokirovning qo‘shiqlarini tinglab, ularni o‘zimcha aytib yurardim. “Katta bo‘lsam, albatta, qo‘shiqchi bo‘laman”, deb niyat qilardim.

Bugun Prezidentimizning biz yoshlarga berayotgan ulkan e’tibori tufayli maqsadimga erishib, Milliy estrada san’ati institutida tahsil olayotganimdan baxtiyorman. O‘zbek san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan Botir Zokirovdek buyuk insonlarning munosib izdoshlari bo‘la­miz, deb biz yoshlar hamisha izlanishdamiz. Men yaqinda bo‘lib o‘tgan Botir Zokirov nomidagi 4-Respublika tanlovida 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldim.

Bu yutuqni men avvalo institutimizda, yurtimizda biz uchun yaratilgan sharoitlarning, ustozlarimiz mehnatlarining natijasi, deb bilaman.

Bugun poytaxtimizda muhtaram Prezidentimiz ishtirokida Botir Zokirovga bag‘ish­langan yodgorlikning ochilish marosimi o‘tkazilgani va unda men ham ishtirok etganim hayotimdagi eng unutilmas damlardan biri sifatida saqlanib qoladi. 

– O‘zbek madaniyati va san’ati tarixidagi bugungi ulkan, unutilmas voqeada ishtirok etish baxtiga muyas­sar bo‘lganimdan men ham nihoyatda baxtiyorman.

Muhtaram Prezidentimiz bugungi marosimda so‘z­la­gan nutqida benazir iste’dod egasi bo‘lgan Botir Zokirovning milliy estrada san’atimizga asos solib, bu borada moʻjizalar yaratgani, uning chinakam fidoyiligi haqida hammamizning yuragimizdagi fikrlarni aytib o‘tdilar. U kishi yoshlarimizga, ularning iste’dodi va kelajagiga yuksak ishonch bildirdilar.

Darhaqiqat, bugun el-yurtimiz orasidan Botir Zokirovdek ulug‘ ijodkorlarimizning munosib izdosh­lari yetishib chiqmoqda. Talantli o‘g‘il-qizlarimiz har bir sohada, jahonning eng katta sahnalarida o‘zlarining qobiliyat va mahoratini yorqin namoyon etmoqdalar. 

Bularning barchasini biz mamlakatimizda bevosita Prezidentimiz rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan islohotlarning, yoshlarimizga yaratib berilayotgan beqiyos sharoit va imkoniyatlarning samarasi, deb bilamiz.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti – aynan estrada ijrochiligiga ixtisos­lashtirilgan dunyodagi yagona institut, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Bugun institutimizda o‘qish, izlanish, ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun har tomonlama munosib sharoitlar yaratilgan. Talabalar ham, professor-o‘qituvchilarimiz ham o‘z oldilariga yuksak maqsadlar qo‘yib yashamoqdalar.

Institutimiz faoliyati boshlanganiga hali 2 yil ham to‘lmadi. Ammo hozirgi vaqtda xorijiy mamlakatlardan bizga ko‘plab talabalar kelmoqda. Ayni payt­da, talaba yoshlari bizda ta’lim olishini istayotgan, institutimizdan andoza olishga intilayotgan mamlakatlar soni oshib borayotgani barchamizga katta g‘urur bag‘ishlaydi.

Shuhrat AZIZOV

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596