05.07.2024 | 15:38
386
Bu yil 805 mingdan ortiq abituriyent davlat OTMlariga kirish testlarida qatnashishga ruxsat oldi
2024/2025-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtish talablarini toʻliq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda Bilim va malakalarni baholash agentligi.

Roʻyxatdan oʻtganlarning umumiy soni 894 279 nafarni tashkil etgan. Ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar edi).
Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %) tashkil etadi.
Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan toʻlovdan ozod etilgan.
Joriy yilda doimiy yashash hududi boʻyicha eng koʻp Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Fargʻona viloyatida 79 808 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.
Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan.
Roʻyxatdan oʻtishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan boʻlib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.
Bundan tashqari, 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.
Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va oʻtkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sigʻimli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1176 ta guruhda 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Test sinovlarini adolatli va shaffof oʻtkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov oʻtkazish orqali 2690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari, gapirish va eshitishda nuqsoni boʻlgan abituriyentlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.
Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumtaʼlim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi.
Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Call-markaz”) doimiy xizmat koʻrsatmoqda.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
160
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



