01.08.2024 | 16:53
573
Bu yil ham xorijiy til oʻqituvchilaridan B2 sertifikati soʻralmaydigan boʻldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 31-iyuldagi ko‘rsatma xatiga asosan, vazirlik tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirildi.

Shunga muvofiq, 2025−2026 o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi sertifikati bo‘lmagan, maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.
Shu bilan birga, 2024/2025-o‘quv yilida mazkur turdagi sertifikati bo‘lmagan pedagoglarga o‘quv yili oxirigacha sertifikat olish talabi qo‘yildi. Bu bo‘yicha barcha chet tili o‘qituvchilari ogohlantiriladi.
Ammo yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilaridan bunday sertifikatlar talab qilinadi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov “Daryo”ga bergan intervyusida aslida bunday talab qo‘yilishiga sabab sifatli taʼlimga erishish ekanini aytgandi. “Xorijiy tilda dars beruvchi o‘qituvchi chet tilini eng kamida B2 — oliy taʼlimni bitirganda bakalavrga qo‘yilgan darajada bilishi kerak. Bu xorijiy tillarni o‘rgatishda sifatga erishish uchun qo‘yilgan talab va maqsadlardan hisoblanadi”, – degangi u.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
39
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
122
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312



