KUTUBXONA
Bo'lim: E’lonlar
19-MART – SHOIR, TARIXNAVIS, TARJIMON, XATTOT VA MAʼRIFATPARVAR MUNIS XORAZMIY TAVALLUD TOPGAN KUN
1778-yil Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida tavallud topgan. Munis “Firdavs ul-iqbol” nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813-yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis “Munis ul-ushshoq” (“Oshiqlar doʻsti”) nomli devon (1804–1805) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda koʻchirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari OʻzFAShI qoʻlyozmalar fondida […]
04.04.2024 | 00:27
618
16-MART – O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI, O‘ZBEK PROFESSIONAL RAQSI ASOSCHILARIDAN BIRI TAMARAXONIM TAVALLUD TOPGAN KUN
Tamaraxonim – asl ism-familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan (1906-1991) qoʻshiqchi va raqqosa, baletmeyster, oʻzbek professional raqsi asoschilaridan biri. Oʻzbekiston xalq artisti (1932). Sahna faoliyatini 1919-yil Hamza Hakimzoda Niyoziy truppasida boshlagan. 1938-yil Tamaraxonim ikki janrni – qo‘shiq va raqsni birlashtirib, sahna sanʼatida o‘ziga xos o‘zgarish qilgan. Tamaraxonim turli tillarda kuylay olishi bilan ham barchani hayratlantirgan. 2003-yil “Buyuk […]
04.04.2024 | 00:23
432
14-MART – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI BAROT BOYQOBILOV TAVALLUD TOPGAN KUN
Boyqobilov Barot Tillayevich 1937-yil 14-mart kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Kenagas qishlogʻida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Shukuhli karvon” (1981), “Notinch Xuroson” (1985), “Sokin Xuroson” (1992) va “Qonli Xuroson” (1992) dostonlarini, “Hayrat ul-Ahror” (1997) sheʼriy romanini yozgan va ular asosida besh dostondan iborat “Yangi xamsa”ni (1998) […]
04.04.2024 | 00:19
507
10-MART – TO‘TI YUSUPOVA TAVALLUD TOPGAN KUN
To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957- yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi so‘zana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya tog‘a”), Qorasoch (Uyg‘un, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
04.04.2024 | 00:17
400
9-MART – LOLA MUROTOVA TAVALLUD TOPGAN KUN
– Lola Neʼmatovna Murotova 1958-yil 9-mart kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Oʻzbekiston Qahramoni, atoqli oʻzbek fermeri, Qishloq xoʻjaligi ilmining taniqli namoyandasi va jamoat arbobi. Qishloq xoʻjaligida 40 yildan ortiq mehnat qilgan. Oʻzbekistonda fermerlik harakatiga keng yoʻl ochilishi bilan birinchilardan boʻlib “Nurli obod” fermer xoʻjaligiga asos solib, uni umrining oxiriga qadar boshqargan.
04.04.2024 | 00:15
345
9-MART:
– Amerigo Vespuchchi florensiyalik dengiz sayyohi bo‘lib, 1454-yil 9-mart kuni Florensiyada tavallud topgan. U Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. Xristofor Kolumb kashf etgan materikni dunyoning yangi qitʼasi degan fikrni ilgari surib, uni Yangi Dunyo deb atagan va keyinchalik Vespuchchi sharafiga Amerika deb atalgan.– Yuriy Alekseyevich Gagarin 1934-yil 9-mart kuni tavallud topgan. Sovet uchuvchisi va […]
04.04.2024 | 00:13
356
6-MART:
– Uyg‘onish davrining buyuk italyan haykaltaroshi, me’mori, rassomi va shoiri Mikelanjelo tavallud topgan.– Rus ilmiy-fantastik yozuvchisi Aleksandr Belyayev tavallud topgan.– Shoir, dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan.– Kolumbiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi Gabriel Garsia Markes tavallud topgan.– Rus va abxaziya yozuvchisi va shoiri Fozil Iskandar tavallud topgan.– Folklorshunos olim To‘ra Mirzayev tavallud topgan.
04.04.2024 | 00:11
224
3-MART – BUTUNJAHON YOZUVCHILAR KUNI
– Agata Kristi disgrafiyadan aziyat chekkan, yaʼni qoʻli yozishga yaramagan. Uning barcha mashhur romanlari aytib turib yozilgan.– Jek London Amerika tarixida oʻz mehnati bilan million dollar topgan birinchi yozuvchi boʻlgan.– Amerikalik yozuvchi O.Genri yozuvchilik faoliyatini kamomad uchun turmaga tushib qolganda qamoqxonada boshlagan. U shu qadar ajoyib yoza boshlaganki, tez orada odamlar turmani unutib yuborishgan.– Xeminguey […]
04.04.2024 | 00:07
394
2-MART:
– 1992-yil 2-mart – O’zbekiston Respublikasi BMTga a’zo boʻldi.– 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi.– Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar.– Uning asosiy vazifasi – jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish. – BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a’zodir. Shulardan 5 tasi, ya’ni – AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy […]
04.04.2024 | 00:05
248
1-MART:
– Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinov tavallud topgan;– Shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi Muhammad Ali tavallud topgan;– Xonanda, aktyor, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov tavallud topgan;– Yapon adabiyotining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Akutagava Ryunoske tavallud topgan.
03.04.2024 | 23:58
271
28-FEVRAL – YOZUVCHI ABDUQAYUM YO‘LDOSHEV TAVALLUD TOPGAN KUN
YETIM SO‘Z (HIKOYA) I Ishxonadan “Mehribonlik uyi”ga jo‘natishdi. To‘g‘rirog‘i, bosh muharrir suratkash bilan borayotgan ekan, meni ham qo‘shib olishdi. Tushunarli, demak, bitiklar kaminaning zimmasida… Shinamgina, ikki qavatli bino ekan. Serdaraxt hovlisi katta. Kechagi tongotar choyxona bazmdan so‘ng boshim yorilay deb turgandi. Ammo bir amallab uchrashuv oxiriga qadar o‘tirdim. Bizni o‘n-o‘n ikki yoshdagi bolalar to‘la kattagina […]
03.04.2024 | 23:55
446
25-FEVRAL – “DO‘STLIK” ORDENI SOHIBI, YOZUVCHI SOBIR O‘NAR TAVALLUD TOPGAN KUN
TARVUZ (HIKOYA) Omondavlatning qishloqdan qo‘ng‘iroq qilib indinga bola-chaqasi bilan kelishini eshitib Xudoyqulning ensasi qotdi, nechukdir miyasiga lop etib buyam pul so‘rab keladi, bo‘lmasa besh-olti yildan beri ko‘rishmagan sinfdoshga balo bormidi, degan o‘y urildi. Ko‘ngli xijil tortib, kelmasayam o‘pkalamas edim dedi. O’zidan-o‘zi xotiniga yozg‘ira ketdi: «Bu zamonda birovga ahmoq odam qarz beradi, olgan odam vaqtida qaytarmaydi, […]
03.04.2024 | 23:47
545
20-FEVRAL – SHOIR, TARJIMON MATNAZAR ABDULHAKIM TAVALLUD TOPGAN KUN
* * *Uyalinglar! Ayollar bilanBahslashmanglar, qilmanglar poyga.Lekin barcha gʻalabalarniTashlanglar ularning poyiga. Ayollarga ketmon bermangiz,Ayollarga bermang belkurak.Ayollarga koʻngil beringlar,Ayollarga beringlar yurak. Mahkum qilmang temir-tersakkaHech Mohiroʻy, hech Tursunoyin.Ayollari erkakshoda xalqXotinchalish boʻladi doim. Matnazar ABDULHAKIM
03.04.2024 | 23:39
666
20-FEVRAL – SHOIR, ADIB TARJIMON, YOZUVCHI MIRZO KENJABEK TAVALLUD TOPGAN KUN
IBODAT Ibodat ne? Yaratganga itoat ham ibodatdir, Haqiqiy bandalik birlan sadoqat ham ibodatdir. Ibodatdir, tiriklikni etolsang maʼrifat bogʻi, Mashaqqatlik ilm, sanʼat, qiroat ham ibodatdir. Onang birlan otang qalbi oʻtar Kaʼba tavofidan, Alar koʻnglini shod etsang, shu xizmat ham ibodatdir. Xabar oldingmi bemordan,qarindosh, doʻst, musofirdan? Birovni yoʻqlasang dildan, ziyorat ham ibodatdir. Umrni etmayin isrof,oʻzing roʻza, vujuding […]
03.04.2024 | 23:36
943
17-FEVRAL – XITOYLIK YOZUVCHI, NOBEL MUKOFOTI SOHIBI MO YAN TAVALLUD TOPGAN KUN
Guan Moye 1955-yil 17-fevralda tugʻilgan. Mo Yan taxallusi bilan shuhrat qozongan. AQShning TIME yangiliklar jurnali muxbiri Donald Morrison uni «Xitoylik yozuvchilar orasidagi eng mashhur, eng koʻp taqiqlarga uchragan yozuvchi» deb atagan. Jim Lich uni Franz Kafka yoki Jozef Hellerga xitoycha javob beradigan yozuvchi deb atagan. 2012-yilda Mo Yan «xalq ertaklari, tarix va zamonamizni gallyutsinatsion realizm […]
03.04.2024 | 23:28
266
16-FEVRAL – SIRDARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI TASHKIL ETILGAN KUN
– SIRDARYO VILOYATI:Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Maydoni 4.28 ming km. Aholisi 900 mingga yaqin kishi (2022). Tarkibida 8 tuman (Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi – […]
03.04.2024 | 23:26
652
15-FEVRAL – TATAR SHOIRI MUSO JALIL TAVALLUD TOPGAN KUN
ISHONMA Senga mendan xabar bersalar, «U yiqildi charchab»,— desalar, Yo‘q, ishonma, jonim! Bu so‘zni — Do‘stlar aytmas, yaqin ko‘rsalar. Bayrog‘imga qon bilan yozgan Ontim undar olg‘a borishga! Haqqim bormi hech qoqilishga, Haqqim bormi charchab-horishga? Senga mendan xabar bersalar, «U Vatanin sotdi»,— desalar, Yo‘q, ishonma, jonim! Bu so‘zni — Do‘stlar aytmas, meni sevsalar. Yurtdan ketdim yurtni, […]
03.04.2024 | 23:21
1441
14-FEVRAL:
– Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. – Omon Matjon – Oʻzbekiston xalq shoiri. 1943-yilning 14-fevralida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tugʻilgan.
03.04.2024 | 23:11
348
13-FEVRAL:
– Rus yozuvchisi, masalchi Ivan Andreyevich Krilov tavallud topgan.– Oʻzbekiston xalq artisti, aktyor, rejissyor, oʻzbek teatri tashkilotchilaridan biri Sayfi Olimov tavallud topgan.– Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon tavallud topgan.– Aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti Badal Nurmuhamedov tavallud topgan.
03.04.2024 | 23:07
407
10-FEVRAL:
– Navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Porso Shamsiyev tavallud topgan.– Rus shoiri Boris Leonidovich Pasternak tavallud topgan.– Nemis yozuvchisi va rejissyori Bertold Brext tavallud topgan.– O‘zbekiston xalq shoiri Husniddin Sharipov tavallud topgan.
03.04.2024 | 22:59
318