Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: E’lonlar

TANLOV YAKUNLANDI

Mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy fikrlashi va badiiy tasavvurini kengaytirish, ularning qalbi va ongida Vatanga mehr-u muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi g‘oyalarini keng targ‘ib etish, muqaddas Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sarhisobini ijodkorona tavsiflash hamda milliy qadriyatlarimizni badiiy […]

28.08.2026 | 23:00

img4904

DIQQAT, TANLOV!

“Jadid” gazetasi tahririyati O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari uchun Vatanga bo‘lgan mehr-u muhabbat va sadoqatni kuchaytirish, milliy qadriyat va an’analar ruhini mustahkamlash, ma’rifatparvar jadid bobolarning ibratli faoliyatini mustaqil tahlil va talqin etishga chorlash maqsadida “Jadid bobomga maktub” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov shartlari: – jadid […]

26.06.2025 | 09:27

img45917

Abduvali Qutbiddin tug‘ilgan kun

Abduvali Qutbiddin 1960-yil 20-iyunda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1983). Uning dastlabki she’riy to‘plami – “Nayson” (1988). Shundan so‘ng shoirning “Humo” (1989), “Baxtli yil” (1991), “Xayol kechasi” (1994), “Sen va sen uchun” (1996), “Uzoqdan olisga” (2007), “Bor” (2011), “Da’vat” (2014) kabi kitoblari nashr etilgan. XABAR Osima,Laylaklar elchi – u yerdan,Huv ana mezonlar, xabar olaylik.Pag‘a-pag‘a yolqin, […]

20.06.2025 | 10:54

img10275

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tugʻilgan kun

Saidahmad Husanxoʻjaev 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning “Choʻl burguti”, “Lochin”, “Boʻston”, “Toʻyboshi”, “Jimjitlik”, “Turnalar”, “Hayqiriq”, “Alla”, “Muhabbatning tugʻilishi”, “Qorakoʻz Majnun” singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Uning chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan “Qirq besh kun”, “Hijron kunlari” (1964), “Ufq […]

10.06.2025 | 09:38

img10521

O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun

Mirtemir Tursunov 1910-yil 30-may kuni Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. “Shu’lalar qo‘ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Tong”, “Kipriklarim”, “Yodgorlik”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to‘yida”, “Surat” dostonlari va “Qoraqalroq daftari” kabi she’riy to‘plamlari bilan o‘zbek she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta o‘rin egallaydi. 1979-yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 1977-yil […]

30.05.2025 | 10:37

img10556

Shoir va tarjimon Tilak Jo‘ra tug‘ilgan kun

Adabiyotshunos, tarjimon va shoir Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir “Rayhon”, “Olam ostonasi”, “Yulduzlar tabassumi”, “Chorrahadagi uy”, “Sanduvoch”, “Ruhiyat” she’riy to‘plamlari, tarjima ishiga oid “Tarjima san’ati” va adabiyotshunoslikka oid “Nozim Hikmat va O‘zbekiston”, “Hozirgi turk sheʼriyati” kabi bir qator kitoblari bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. ONA NIYATI Ot choptirib […]

26.05.2025 | 09:32

img10332

5-may kuni tavallud topganlar

Hamid Sulaymonov – adabiyotshunos, matnshunos;Mutal Burhonov – Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasi muallifi;Matyoqub Qoʻshjonov – oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi;Ibrohim Yusupov – Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri;Jabbor Eshonqul – folklorshunos olim.

05.05.2025 | 10:06

img10388

1-may kuni tavallud topganlar

Muhiddin qori Yoqubov – O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek musiqali teatri asoschilaridan biri;Yahyo G‘ulomov – tarixchi-arxeolog olim, akademik;Rustam Shamsutdinov – tarixchi olim, professor;Iqbol Mirzo – O‘zbekiston xalq shoiri.

01.05.2025 | 09:25

img10128

26-aprel kuni tavallud topganlar

Botir Zokirov – Oʻzbekiston xalq artisti;Muhammad Yusuf – Oʻzbekiston xalq shoiri. Qadim O‘zbekmomo kuyi yodimda,Yodimda chechaklar kulgan Chambili.Har gal konsertiga kirgan chog‘imda,Yaltiroq choponli “Yalla” ansamblin,Botir Zokirovni o‘ylayveraman. Qizlar qarsak chalar – ta’sir shunaqa,Qizlar hushtak chalar – asr shunaqa.“Yalla” zalga sochib sumalak isinKuylar “boychechagim – boylandi”sini,Botir Zokirovni o‘ylayveraman. Goh chiqib ketaman, sezmaydi birov,Bu joylarda meni kim […]

26.04.2025 | 09:10

img10137

Oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilasida tavallud topgan. Adib va shoir sifatida 1912-yillarda faoliyatini boshlagan. “To‘y” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir. Uning 1916-yilda yozilgan “Uloqda” hikoyasi o‘zbek realistik hikoyasining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Bundan so‘ng adib birin-ketin “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima […]

10.04.2025 | 09:12

img11179

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavallud topgan kun

Shukur Xolmirzayev 1940-yil Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan. 1991-yil O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning dastlabki hikoya va ocherklari 1958-yildan nashr etila boshlagan. Yozuvchilar orasida birinchilardan bo‘lib o‘zbek xalqi tarixining “bosmachilik harakati” deb atab kelingan davrini o‘rgana boshladi. Yozuvchining “Qil ko‘prik” romani va “Qora kamar” pyesasida shu mavzu o‘z ifodasini topdi. Adib […]

24.03.2025 | 09:16

img10347

Oʻzbek folklorshunosligi asoschisi Hodi Zarif tavallud topgan kun

Zarifov Hodi Tillayevich – oʻzbek folklorshunosligi asoschisi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlarining toʻplovchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), filologiya fanlari doktori (1965), professor (1967). O‘zbek xalq baxshilaridan “Yusuf bilan Ahmad”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Ochildov” kabi mashhur dostonlarni yozib olgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). 1984-yil Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi oʻzbek folklori boʻlimiga Hodi […]

20.03.2025 | 08:08

img10635

Shoir Nazar Shukur tavallud topgan kun

Nazar Shukur 1954-yil 11-mart kuni Qashqadarvo viloyati Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Uning “Koʻkdagi umr” (1984), “Qishloq yoʻllarida“ (1985), “Vaqt xiyobonida” (1992), “Vido” (2004), “Meni kechir, muhabbat” (2005), “Sen qaytmasang” (2006), “Osmon tashbehlari” (2016), “Bahor sogʻinchi” (2021) kabi kitoblari chop etilgan. Shoir 1985-yil 14-may kuni vafot etgan. SHOIRNI TUSHUN Otilsa ortidan ta’nalar toshi,Xam bo‘lsa ig‘vodan, g‘iybatdan […]

11.03.2025 | 09:34

img10026

6-mart kuni tavallud topganlar

Hamza Hakimzoda Niyoziy – shoir, yozuvchi, pedagog, teatr va jamoat arbobi;Gabriel Garsia Markes – kolumbiyalik yozuvchi, ssenariynavis va jurnalist;To‘ra Mirzayev – folklorshunos olim;Olmaxon Hayitova – O‘zbekiston xalq artisti.

06.03.2025 | 09:10

img10096

5-mart kuni tavallud topganlar

Boir Xolmirzayev – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist;Farida Afro‘z – taniqli shoira;Qo‘chqor Norqobil – shoir, yozuvchi, dramaturg;Guljamol Asqarova – taniqli shoira.

05.03.2025 | 10:09

img10062

Shuhrat Qayumov tavallud topgan kun

5-mart – taniqli suxandon, qoʻshiqchi hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Qayumov tavallud topgan kun. Shuhrat Qayumov 1969-yil 5-martda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. 1991-yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan. U milliy teleradiokompaniya tizimida bir necha yillar suxandon sifatida faoliyat yuritgan,“O‘zbekiston” telekanalidagi  “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” ko‘rsatuvlarini tayyorlagan. Shuningdek, xonanda sifatida ham muxlislar qalbidan joy […]

05.03.2025 | 09:14

img10237

1-mart kuni tavallud topganlar

Zulfiya Isroilova – shoira, jurnalist, jamoat arbobi.Ozod Sharafiddinov – adabiyotshunos, adabiy tanqidchi.Muhammad Ali – yozuvchi, tarjimon va davlat arbobi.Gʻulomjon Yoqubov – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti.

01.03.2025 | 09:13

img9991

14-fevral kuni tavallud topganlar

Zahiriddin Muhammad Bobur – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir;Omon Matjon – Oʻzbekiston xalq shoiri;Anna German – polshalik xonanda, shoir va bastakor.

14.02.2025 | 09:46

img10350

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod tavallud topgan kun

Togʻay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi – Togʻaymurod Mengnorov) 1948-yil 3-fevralda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tugʻilgan. Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Adib “Yulduzlar mangu yonadi” nomli ilk qissasi bilan yozuvchi sifatida tanildi. 70–80-yillarda uning “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer qoʻshigʻi” qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Uning “Otamdan […]

03.02.2025 | 09:12

img10534

Rus yozuvchisi Anton Chexov tavallud topgan kun

Anton Chexov 1860-yil 29-yanvarda Rossiyaning Rostov viloyati Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. Adib “Vanya tog‘a”, “Chayka”, “Uch opa-singil”, “Olchazor” pyesalari, shuningdek, hikoyalari bilan dovrug‘ qozongan. Chexov asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan hamda teatrlarda sahnalashtirilgan.

29.01.2025 | 09:34

img10404

Avstriyalik bastakor Volfgang Amadey Motsart tavallud topgan kun

Volfgang Amadey Motsart 1756-yil 27-yanvarda Avstriyaning Zalsburg shahrida tug‘ilgan. Qisqa umr koʻrishiga qaramay, oʻz davrining deyarli barcha gʻarb klassik janrlarini ifodalovchi 800 dan ortiq asar yaratgan. Gʻarb musiqasi tarixidagi eng buyuk bastakorlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. 1791-yil, 35 yoshida vafot etgan.

27.01.2025 | 09:40

img10403

JADID KUTUBXONASI