KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
Gruziyada “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari» bo‘lib o‘tdi
10-iyul kuni Tblisidagi muhtasham Jansug Kaxidze madaniyat saroyida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Аhmedov, Gruziya madaniyat va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ioseb Bagaturiya hamda Gruziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili nutq so‘zlashdi. “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Gruziyaga va Gruziya Bosh vazirining O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida erishilgan […]
11.07.2024 | 15:27
497
Nogironligi bo‘lganlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi
10-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga o‘tish taklif etildi. Bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari […]
11.07.2024 | 14:47
298
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon aeroporti bilan tanishdi
2024-yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochilgan edi. 11-iyul kuni O‘zbekiston prezidentining samolyoti ilk bor u yerga qo‘ndi. Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo‘lga qo‘yildi. Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Aeroportda […]
11.07.2024 | 13:12
411
Tarixchilarning jadidlikka bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda davrlarga boʻlinadi. O’zR FA Axborot xizmatining xabar berishicha, 12-iyul kuni soat 12:00 AOKAda “Jadidlar ilmiy merosi, milliy oʻzlikni anglash tarixi borasida Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari amalga oshirayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
11.07.2024 | 12:13
393
“Diplom uchungina taʼlim olish – sovet davridan qolgan anʼana” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, O‘zbekistondagi davlat tashkilotlariga ishga qabul jarayonida bilimga emas, diplomga alohida urg‘u beriladi. Shuning uchun yoshlarda hali ham diplom olishga intilish kuchli. Qo‘ng‘irotboy Sharipov YouTube’dagi Lolazor podkastidagi chiqishida diplom uchungina taʼlim olish sovet davridan qolgan anʼana ekanini aytdi. “Yoshlar hali ham diplom bo‘lsa bo‘ldi, degan fikrda yuribdi. Nima […]
11.07.2024 | 11:05
643
Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11-iyul kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish koʻzda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
11.07.2024 | 10:43
345
NATO 2025-yilda Ukrainaga 40 mlrd yevrolik yordam vaʼda qildi
NATOga aʼzo davlatlar 2025-yilda Ukrainaga harbiy yordam sifatida kamida 40 milliard yevro ajratadi. Bu haqda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Shimoliy Atlantika alyansi sammiti deklaratsiyasida soʻz bordi. Hujjat “Ukrainaning toʻliq Yevroatlantika integratsiyasi, jumladan, NATOga aʼzo boʻlish sari qaytarib boʻlmaydigan yoʻlni” tasdiqlaydi. Alyans aʼzolari “barcha ittifoqchilar bunga rozi boʻlganda va barcha shartlar bajarilganda” Kiyevga qoʻshilish taklifini yuborishlarini taʼkidlamoqda. […]
11.07.2024 | 09:58
288
Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar o‘zbekistonlik ayol ozod etildi
Turkiya Ichki ishlar vazirligiga qarashli Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, O‘zbekistonga qaytarildi. Qo‘mita tashabbusi bilan 21−25-aprel kunlari Senat, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh Turkiyada sayyor qabullar tashkil etgan. Ularda mehnat muhojiri bo‘lgan xotin-qizlarni himoya qilish, jinoyatchilik sodir etish holatlari va odam savdosi qurboni […]
11.07.2024 | 09:43
253
O‘zbekiston davlat OTMlariga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi
O‘zbekiston davlat OTMlariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulgacha o‘tkaziladi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 11-iyul kuni soat 11:00 dan 13:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida […]
10.07.2024 | 18:13
315
O‘zbekistonda BYD’ning B, C va byudjet segmentidagi avtomobillari ishlab chiqariladi
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi BYD Uzbekistan Factory zavodida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida hisobot bilan tanishdi. Mazkur korxona shu yil 27-iyun kuni davlat rahbari ishtirokida ishga tushirilgan edi. U BYD yengil avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Xitoydan tashqaridagi ilk zavod bo‘ldi. Bugungi kunda BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar – elektromobillar va gibridlarni ishlab chiqarish va […]
10.07.2024 | 16:24
331
Senatda “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonun qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi
Elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozor qoidalari shakllantiriladi. Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, amaldagi qonun 2009-yilda qabul qilingan bo‘lib, unda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori, jumladan, sohada raqobatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari nazarda tutilmagan. Elektr ta’minotining ishonchli, xavfsiz, barqaror hamda kam xarajatli ishlashini […]
10.07.2024 | 13:35
363
Oliy ta’lim vaziri xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini bildirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekistonda xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. “Xususiy ekan deb buni ochaversak, u esa yetarli ta’lim sifatini bermasa, bu yaxshi emas. Oxirida chiqqan kadr yana ishsiz qolib ketadi. Jamiyatda ishsiz oliy ma’lumotlilar ko‘payib ketishi mumkin. Hozir xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatildi. Bor universitetlar bilan ta’lim nuqtai […]
10.07.2024 | 13:14
271
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
Hukumat qarori bilan 10-iyuldan 10-avgustgacha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha hujjatlar qabul qilinadi. Bunda abituriyentlar my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Bunda nomzodlar platformada: – oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; – diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; – oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi. Ikkinchi va undan […]
10.07.2024 | 11:50
487
Oʻzbekiston olimpiya jamoasining Parijga boradigan tarkibi eʼlon qilindi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini maʼlum qildi. Ular (ro‘yxatda jami 22 nafar futbolchi): Terma jamoa Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan “C” guruhidan joy egallagan. 24-iyul kuni birinchi uchrashuv Ispaniyaga qarshi, 27-iyulda Misrga qarshi, uchinchisini esa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi.
10.07.2024 | 08:57
387
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor bo‘ldi
Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilinib, uning oʻrnini Agrippina Vasilyevna Shin egalladi. U maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, maktabgacha ta’lim vaziri bo‘lgan. Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning oʻrniga […]
10.07.2024 | 08:30
418
Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar 1 oy davomida Janubiy vokzaldan jo‘naydi
Toshkentning Markaziy (Shimoliy) vokzaliga keladigan va jo‘naydigan deyarli barcha yo‘lovchi poyezdlari 15-iyuldan 15-avgustga qadar Janubiy vokzal orqali harakatlanadi. Bu “To‘qimachi” va “Toshkent-Yo‘lovchi” (Markaziy vokzal) bekatlari oralig‘idagi yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Oy davomida Afrosiyob tezyurar poyezdlari, “Sharq”, “Nasaf”, “Toshkent — Andijon”, “Toshkent — Volgograd”, “Dushanbe — Toshkent” poyezdlari qatnovi Janubiy vokzaldan amalga oshiriladi. […]
09.07.2024 | 21:13
432
Oʻzbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti 4 yillik yangi dastur ishlab chiqadi
Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi. BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. XMT bosh direktori samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi. […]
09.07.2024 | 18:53
321
Dollarning rasmiy kursi yana oshdi
Markaziy bank 10-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Markaziy bank 10-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 12 630,03 so‘m (+11,77), 1 RUB 144,49 so‘m (+1,59), 1 EUR 13 669,48 so‘m (–6,19)ga teng bo‘ldi. 1 AQSH dollarining qiymati 11,77 so‘mga yuqoriladi.
09.07.2024 | 17:17
351
Energetika vazirligi: 200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos yo‘q
Aholi uchun 2024-yil 1-maydan joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining 200 kVt·soat oylik bazaviy me’yori muhokamalarga sabab bo‘layotgandi. Energetika vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilinishi rejalashtirilgan. Shundan yil davomida o‘rtacha oylik iste’moli 200 kVt·soatgacha […]
09.07.2024 | 15:24
350
Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi to‘xtatildi
Yevropa Ittifoqi Gruziyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini to‘xtatdi, deya ma’lum qildi 9-iyul kuni YIning Gruziyadagi elchisi Pavel Gerchinskiy. “Afsuski, ayni paytda Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni to‘xtatildi. Bu haqiqatan ham qayg‘uli va hafsalani pir qiladi. Umid qilamanki, Gruziyada saylovlar o‘tgach, oktabr oyidan so‘ng, yangi hukumat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish yo‘lida yana jiddiy ishlarni […]
09.07.2024 | 15:03
401
“O‘zgidromet” 10-iyul kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 36-38° bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, […]
09.07.2024 | 11:30
568