Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.07.2024 | 11:05

img644

“Diplom uchungina taʼlim olish – sovet davridan qolgan anʼana” – Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, O‘zbekistondagi davlat tashkilotlariga ishga qabul jarayonida bilimga emas, diplomga alohida urg‘u beriladi. Shuning uchun yoshlarda hali ham diplom olishga intilish kuchli.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov YouTube’dagi Lolazor podkastidagi chiqishida diplom uchungina taʼlim olish sovet davridan qolgan anʼana ekanini aytdi.

“Yoshlar hali ham diplom bo‘lsa bo‘ldi, degan fikrda yuribdi. Nima uchun shunday, nega diplomga qiziqamiz, deb o‘yladim. Chunki oldinlari, sovet tizimi paytida ishga qabul qilayotganda diplom so‘ralgan. Diplomga buxgalter deb yozilgan, lekin talabgor iqtisodchi bo‘lishi mumkin. Ish beruvchi yo‘q, menga buxgalter diplomi kerak, degan. Diplomingni ko‘rsat, degan. Sen shu sohani bilasanmi, buxgalteriyadan biliming bormi — uni hech kim tekshirib olmaydi. U diplom bo‘yicha qabul qiladi. Chunki qabul qilgan odamni ham tekshiruvchi organ xodim diplomiga mosmi, deb tekshirgan. Bilimi bormi, shunga mosmi, biror narsa hisob-kitob qilishni biladimi — bu hech kimga qiziq emas. Bizga faqat qiziq —diplomi bo‘lishi kerak. Hozir ham davlat tashkilotlarida bu tizim ishlaydi. Davlat tashkilotlarida malaka va bilimni baholaydigan tizim joriy qilmaguncha, diplomga bo‘lgan talab kuchayaveradi. Tashkilot biz diplom olib kelib bersakkina, ishga qabul qiladi”, dedi vazir.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov mavzu yuzasidan misol keltirarkan, oliy taʼlim muassasalarida ham diplomiga qarab ish berish tizimi borligini taʼkidladi.

“Oliy taʼlim vazirligidan o‘zimiz borib o‘qituvchilarni tekshiramiz. U ingliz tilidan zo‘r dars beryapti, lekin diplomida arxitektor deb yozilgan. U tug‘ma ingliz tili o‘qituvchisi. Unga shu soha qiziq. Lekin bu tarzda ishlashi mumkin emas. Talabalar bizga faqat shu arxitektor ingliz tilidan dars bersin, deydi. Lekin diplomi bo‘yicha ishlashi talab qilinadi. Mehnat inspeksiyasi ham xodimlarni birinchi o‘rinda diplomini tekshiradi. Shu joyga mosmi yoki mos emasmi, demaydi. Nomutaxassislar ishlayapti, deb xulosa qilib, chiqib ketadi. Balki u inson zo‘r ishlayotgan bo‘lishi mumkin. Tashkilotga ko‘p samara bergandir”, dedi vazirlik rahbari.

Shuningdek, Talabga javob bermaydigan, bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangan davlat oliygohlari yopilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu asosan oliygohlarning viloyatlardagi filiallariga tegishli ekanini ma’lum qildi.

Hozir faqat xususiy emas, davlat OTMlari ham tekshiruvdan o‘tkazilyapti, ularning talabga javob bermaydigan 20 tasi yopilish arafasida turibdi, deb ta’kidladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Lolazor” loyihasidagi suhbat davomida.

“Iqtisodiyot universitetida ishlaganimda pedagogika yo‘nalishimiz talabga javob bermagani uchun yopilgan. Jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq bir yo‘nalishimiz ham yopilgan. Shuning uchun endi xususiylar bo‘lganda ham qaysidir yo‘nalishlari ham yopilishi mumkin, xuddi davlatnikidek. Davlat oliy ta’lim muassasalarida ayrim joylarda 2-3 smenada o‘qiyotganlar ham bor. Bu asosan pedagogika yo‘nalishida”, – dedi vazir.

Shu bilan birga, Sharipov talabga javob bermaydigan 20 ta universitet yopilish arafasida ekani, bunga bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangani sabab ekanini aytib o‘tgan.

“U universitetning o‘quvchilariga talab yo‘q. Nima qilamiz uni ushlab, shuncha bino, o‘qituvchiga xarajat bo‘lyapti. Masalan, texnika yo‘nalishida 6 million so‘m kontrakt to‘layapti, lekin kamida 20 million so‘m xarajati bor. Bu ko‘proq viloyatlardagi mayda-chuyda filiallarimizga bog‘liq”, – degan oliy ta’lim vaziri.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img160

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img154

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img357