Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.07.2024 | 15:24

img352

Energetika vazirligi: 200 kVt soatgacha bo‘lgan me’yor miqdori oshirilishiga asos yo‘q

Aholi uchun 2024-yil 1-maydan joriy qilingan elektr energiyasi iste’molining 200 kVt·soat oylik bazaviy me’yori muhokamalarga sabab bo‘layotgandi. Energetika vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, 2024-yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilinishi rejalashtirilgan. Shundan yil davomida o‘rtacha oylik iste’moli 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’molchilar jami abonentlarning 60 foizini tashkil etadi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda elektr energiyasi iste’moli yil davomida keskin o‘zgarmasligini inobatga olib, yil davomida bir xil bazaviy me’yor joriy qilingan”, — deyiladi xabarda.

Birinchidan, hozirgi vaqtda 1 kVt·soat elektr energiyasining tannarxi 895 so‘mni (QQS bilan 1 002 so‘mni) tashkil etadi.

Aholiga yetkazib berilayotgan har bir kVt·soat elektr energiya uchun bazaviy me’yor doirasida 552,4 so‘m, 201 kVtdan 1000 kVt·soatgacha esa 102,1 so‘m davlat tomonidan har bir iste’molchiga qoplab berilmoqda. 1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari 741,93 so‘mni, transportirovka xarajati 57,8 so‘mni, taqsimlash va sotish xarajatlari 202,4 so‘mni tashkil etadi.

Bunda davlat 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan aholi (iste’molchilarning 71 foizi) uchun 447 mlrd so‘m, 201−1 000 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol uchun 30,2 mlrd so‘m qoplab bermoqda.

Ikkinchidan, bazaviy me’yor bu elektr energiyasining bir oyda 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’mol hajmi hisoblanib, ushbu iste’mol doirasida barcha maishiy iste’molchilar har bir kVt·soat uchun “imtiyozli” narxda ya’ni 450 so‘m (QQS bilan)dan haq to‘laydilar.

“Tahlillarga ko‘ra, 2024-yil iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgani aniqlandi. Bundan ko‘rinadiki, iste’molchilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan chiqmagan. Shu bois, yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas”, — deyiladi bayonotda.

Uchinchidan, 22 foiz iste’molchi 201 kVt·soatdan 1000 kVtgacha iste’mol qilgan va 900 so‘mdan haq to‘lagan. Bunda elektr energiyasi iste’moli 201 kVt·soatdan 300 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar salmog‘i 11 foizni tashkil etgan.

“300 kVt·soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilganlar to‘liq 900 so‘mdan haq to‘lamaydi. Bunda 200 kVt·soatgacha 450 so‘mdan, qolgan 100 kVt·soatga 900 so‘mdan to‘laydi. Ya’ni, 300 kVt elektr iste’mol qilganlarga nisbatan ham narxlar keskin oshmagan (bazaviy me’yordan ortiqcha 100 kVt iste’mol uchun 45 000 so‘m (100*450) qo‘shimcha to‘lagan). Bunda ushbu 900 so‘mlik ta’rif ham elektr energiyasining tannarxidan kam”, — deya tahkidlagan vazirlik.

To‘rtinchidan, qolgan 7 foiz aholi 1001 — 10 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilib, 1 350 so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirgan.

“Bunday xonadonlar subsidiyaga muhtoj bo‘lmagan, birlamchi ehtiyojlardan tashqari qo‘shimcha qulayliklarga ega shaxslar, xususan, elektromobil (lar)i, hovlisida basseyn, fontan, ko‘plab yoritkich jihozlari yoki qimmatbaho boshqa elektron maishiy qurilmalari mavjud xonadonlar hisoblanadi”, — deyiladi bayonotda.

Taqqoslash uchun: 1 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilgan 1 ta xonadon tejamkor va energiya samarador 10 ta iste’molchi, 10 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilgan 1 ta xonadon esa tejamkor 100 ta iste’molchi iste’moliga to‘g‘ri keluvchi iste’molni amalga oshirishi ma’lum bo‘lgan.

Beshinchidan, respublika bo‘yicha jami 1,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilingan. Shundan iste’molchilarning 71 foizi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan va ular jami iste’molning 40 foizini tashkil etadi.

Yana 11 foiz iste’molchi 201 — 300 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan va ular jami iste’molning 19 foizini tashkil qiladi, 301 — 500 kVtgacha iste’molchilar jami iste’molning 20 foizini iste’mol qilgan.

Bunda 500 kVt va undan ko‘p elektr energiyani iste’mol qiluvchilar atigi 3,7 foiz bo‘lib, ular jami elektrning 21 foizini iste’mol qilmoqda.

Oltinchidan, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori bilan isitish mavsumida (noyabr — fevral oylarida) bir qancha kompensatsiya turlari taqdim etilmoqda. Xususan:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming so‘m bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beradi, elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. Bunda kompensatsiya to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.

Masalan, elektr energiyasi uchun oylik iste’moli 350 kVt·soat bo‘lgan ehtiyojmand xonadon 200 kVt·soatdan oshgan 150 kVt·soatgacha 67 ming so‘m miqdorda kompensatsiya oladi.

Endilikda Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqatgina ehtiyojmand oilalar, nogiron va haqiqatda muhtojlar uchun yo‘naltiriladi.

Yettinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ushbu murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda. O‘rganish jarayonida iste’molchilarga murojaatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, texnik sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan xatoliklar aniqlanganda to‘liq bartaraf etilmoqda.

“Shuni aytish kerakki, oshib boruvchi tariflar qo‘llanilishi natijasida iste’molchilarning elektr energiyasi tejamkorligi oshdi. Buning natijasida tizimga yuklamalar kamayib, aholining elektr energiyasidan uzilishlari va avariyalar soni ham kamayib bormoqda”, — deya qayd etdi vazirlik.

“Ma’lumot uchun: o‘tgan yil yoz mavsumining iyun iyul oylarida yagona energetika tizimida 210 mln kVt·soat majburiy cheklov (iyun — 35 mln kVt·soat, iyul — 175 mln kVt·soat) kiritilgan. Joriy yilning iyun oyi va iyul oyining shu kuniga qadar iste’molchilarga barqaror ravishda, cheklovlarsiz (avariyaviy holatlar va dasturlar asosidagi rejali ta’mirlash ishlaridan tashqari) elektr energiyasi yetkazib berilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Hozirgi paytda vazirlikning tizim idoralarida va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda avariyalarning oldini olish hamda ular yuzaga kelganda tezkor bartaraf etilishini ta’minlovchi guruhlar ham faoliyat olib bormoqda.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img173

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img159

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img365