29.07.2024 | 17:17
559
Diyora Keldiyorovani yuksak g‘alabasi bilan qardosh xalqlar ham tabriklamoqda…
28-iyul kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Diyora o‘zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi bo‘lib Olimpiada g‘olibiga aylandi.

Ushbu g‘alaba ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi. G‘alaba munosabati bilan turli Markaziy Osiyo davlatlari nashri o‘zbek qizining yutugi bilan tabriklab post joyladi, deb yozadi Daryo.uz nashri.
Qozog‘iston:
“Qo‘shnilarimiz tarixiy g‘alabaga erishdi: o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada oltinini qo‘lga kiritdi. Finalda o‘zbekistonlik sportchi Tokio—2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distrija Krasnikini mag‘lub etdi. Dzyudochilar 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jang o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekistonning 2024-yilgi o‘yinlardagi ilk medalidir. Shuningdek, Diyora dzyudo bo‘yicha o‘zbekistonlik ilk Olimpiya chempioni bo‘ldi. Tabriklaymiz”, deb yozdi Qozog‘iston nashri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida.
Ushbu tabrik posti ostida turli davlat fuqarolari o‘zbek sportchisining erishgan yutug‘ini e’tirof etdi.
“O‘zbekiston, g‘alaba bilan! Qozog‘iston quvonchingizga sherik bo‘lmoqda” deb yozdi Nur Aya ismli foydalanuvchi.
Ozarbayjon:
“Ozarbayjondan tabriklar. Biz ozarbayjonliklar o‘zbek sportchisidan juda xursandmiz. O‘zbekiston sportchilariga bundan keyingi musobaqalarda ham g‘alabalar tilab qolamiz”, deb yozadi Elyor Nebiyev.
Qirg‘iziston:
“Qirg‘iziston sizning g‘alabangizdan xursand. Tabriklaymiz”, deydi Chinara Yusubaliyeva.
“Dzyudo bo‘yicha Parij musobaqasida qardosh O‘zbekistonni birinchi oltin medali bilan tabriklaymiz”, deb yozdi Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Edil Baysalov.
“Keling, 2 Olimpiya oltin medali sohibi va fransiyalik Amandine Buchardni mag‘lub etib, dzyudo bo‘yicha O‘zbekistonning ilk oltin medalini qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovani olqishlaylik. U 5 yildan beri mag‘lub bo‘lmagan Uta Abega qarshi bahs olib bordi va finalda Distria Krasnikini mag‘lub etdi. Bu Ajoyib”, deb yozdi jurnalist Greb Beachem.
Turkiya:
“Turk dunyosining Parij Olimpiadasida ikkinchi oltin medalini o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi. Tabriklayman, O’zbekiston” deb yozdi Turk dunyosi kulturu sahifasi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham Parij—2024 Olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
163
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
155
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



