23.09.2024 | 11:02
346
DUONING IJOBATI
‒ Nodirbek Abdusattorov, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov bilan tushgan suratingizga tez-tez duch kelamiz. Ushbu surat tarixi haqida aytib bersangiz.
‒ Sevimli shoirimiz Erkin Vohidov bilan uchrashganimda 8 yosh edim. 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida shaxmat bo‘yicha bolalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. O‘sha yili Toshkent shahrida jahonning supergrossmeysterlari ishtirokida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning Gran-pri uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarning ochilish marosimiga meni ham taklif etishdi.
Men bu yerda ko‘p taniqli shaxslar bilan uchrashdim. Ammo qattiq hayajonlanganim, yoshim kichikligi sababli kimlar bilan suhbatlashganim, suratga tushganligimni to‘liq tasavvur qilolmasdim. Keyinchalik, yoshim ulg‘ayganidan so‘ng bildimki, o‘sha marosim menga unutilmas in’omlar bergan ekan.
O‘shanda shoir Erkin Vohidov yonimga kelib, bobolarcha mehr bilan peshonamdan o‘pib qo‘ygan edi. Ustoz shoirning nurli tabassumi, mehrli ovozi xotiramga muhrlanib qoldi.
“Kel, o‘g‘lim, bir rasmga tushib qo‘yay sen bilan. Alloh omadingni bersin. Bolam, kattalar orasida ham jahon chempioni bo‘lgin”, deb duo qildi. O‘shanda gazetasida shaxmatga bag‘ishlangan maqolasi chiqishini, birga tushgan suratimizni unga ilova qilishini aytgandi.
Shoirimizni ustoz desam erish tuyulmasmikan? Zero, u kishining shaxmatga bo‘lgan muhabbati, dona surishdagi mahorati haqida bir qancha manbalarda o‘qir ekanman, o‘zimda ustoz deyishga jur’at topdim. Mana, oradan yillar o‘tib qayta-qayta chempion bo‘ldim. Agar Erkin Vohidov hayot bo‘lganlarida duolari ijobat bo‘la boshlaganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan bo‘lardi. Menda unutilmas xotiralar va mana shu qimmatli surat qoldi.

‒ Chempionimiz sport mashg‘ulotlaridan ortib, mutolaaga ham vaqt ajratadimi?
‒ Albatta. O‘zimning shaxsiy kutubxonam bor. Unga 300 dan ortiq kitoblarni yig‘ganman. Ularning asosiy qismini shaxmatga bag‘ishlangan kitoblar tashkil qiladi. Badiiy adabiyotlarni elektron shaklda o‘qiyman, audio shaklda eshitaman. Xorijiy tillarni o‘rganish qulay bo‘lishi uchun navbat bilan rus va ingliz tillarida yozilgan kitoblarni ham o‘qiyman. Qolaversa, jahon adabiyotini o‘z tilida o‘qishning o‘zgacha gashti bor. Endi navbat milliy adabiyotimiz durdonalariga.
Biz Nodirbekka yangi zafarlar tilab qolamiz. Erkin Vohidov yozganidek:
Shaxmat ko‘p o‘ynalgan, she’r ko‘p yozilgan,
Odatiy yurishlar hammamizga yod.
Bobolar o‘ynagan o‘yinlar bilan
Ular nabirasin qilib bo‘lmas mot.
Otabek BAKIROV,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 39-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596
