05.07.2024 | 15:01
354
Endi Toshkent xalqaro aeroportida 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin
Uzbekistan Airports kompaniyasining xabar berishicha, Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi qavatida — joʻnab ketish zalining VIP va CIP zallari yonida joylashgan kassada endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin.

Bular — “Uzbekistan Airways”, “Silk Avia”, “Centrum Air”, “Qanot Sharq”, “Air Samarkand”, “Turkish Airlines”, “Asiana Airlines”, “Lot Airlines”, “Belavia”, “Air Astana”, “Aeroflot”, “Ural Airlines”, “S7”, “Red Wings”, “Utair” aviakompaniyalaridir. Avvallari aeroportda faqat “ʼUzbekistan Airways” aviachiptalarini xarid qilish mumkin boʻlgan.
Bundan tashqari, kassada yoʻlovchilar “Uzbekistan Airways”, “Silk Avia”, “Centrum Air”ning qoʻshimcha xizmatlari uchun haq toʻlashlari mumkin. Yaʼni aviachiptalarni xarid qilishdan tashqari, chiptalarni qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish, xizmat koʻrsatish klassini koʻtarish yoki tushirish, ortiqcha va maxsus bagaj, jumladan, oʻsimlik va hayvonlarni tashish uchun toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Shuningdek, bu yerda “Fast Track” va aeroportning yuqori qulaylikdagi “CIP Lounge” va Anor zallari xizmati uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin.
Toshkent aeroportidagi chiptalar kassasi haftasiga yetti kun 24 soat ishlaydi. Savdo ofisi xizmatlaridan foydalanishni xohlovchi yoʻlovchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishlari kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin: +998-55-501-45-55.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
153
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
151
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
351



