Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.04.2025 | 16:48

img547

ERKAKLARNI LATTA-PUTTAGA O‘RALASHTIRIB TASHLADIK

Kecha O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinishi haqidagi xabar tarqaldi. Bugun ertalab ishga kelayotgan edim. Mikroavtobusning menga yaqin o‘rindig‘ida o‘tirgan ikki ayol shu xususda gaplashib boryapti. Teshik quloq – istamasangiz ham gaplari eshitiladi. Tushunishimcha, to‘y boshlagan.

To‘yni qisqartirish talablari qo‘yilguncha tezlatishmoqchi ekan. Qudalarni shunga ko‘ndiribdi (Bir kechada! Qoyilman). Avvalgi to‘yida karantin sabab hamma qarindoshini ayta olmay, qavm chaqirdisi ko‘payib charchab ketgan ekan. Bu gal katta to‘y qilib, hamma qarindoshini bittada aytmoqchi ekan. Kelin salom, challarniyam orzu-havasi bo‘yicha o‘tkazib olarmish. Gapirib yuborishdan zo‘rg‘a o‘zimni tiydim. Erkaklarning belini mayishtirib yuboringlar endi kelinsalomchigacha ming dollardan pul to‘lab. Bularning eng katta orzusi kelinning oldiga raqsga tushib borib ko‘rmana berish, qudaning sovg‘asini olish…

Erkaklarni latta-putta, mayda orzularga o‘ralashtirib tashladik, opa-singillarim. Ular ham katta orzular qilsin. “To‘y qildim, deb kerilgan” (kelinsalomda aytiladi) to‘radan ko‘ra chempionlarning, ahli ilmlarning, Garvard talabalarining otasi bo‘lib kerilsin. Bir yigitcha dunyoni tekin internet bilan ta’minlayman, deb izlanyapti, yana biri internetning muqobilini iste’molga olib kiraman, deb olamshumul yangiliklar ustida ishlayapti. Bu yoqda… challar muammosi. Yaxshiyam manzilim yaqin edi, tushib qoldim.

Manzura SHAMS
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 25-apreldagi 17-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324