Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.05.2026 | 14:32

img1189

EZGULIK MUDOFAASI

Insoniyat tarixida ilk kashfiyot qanday qurol bo‘lgan? Ov qurolimi yoki  jang qurolimi? Qaydam… Har holda o‘quv quroli bo‘lmasa kerak…

Zilzila, to‘fon, epidemiyalar kamdek, odamzod ibtidodan buyon bir-biriga qasdi jon qilgani qiziq. Xudoning biror kuni bormikin sho‘rlik ona sayyora osoyishta tin olgan bo‘lsa?

Ha, urushdan urushning farqi bor. Bosqinchilik boshqa masala, Vatan yoki ezgulik mudofaasining mohiyati esa butunlay boshqa. Xuddi shunday, yigirmanchi asr vabosi bo‘lgan fashizmga qarshi muhorabani siyosat, firqa yoki bir davlat nomi bilan bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri.

Bu yilgi Xotira va qadrlash kuni Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganining 81 yilligiga to‘g‘ri keldi. Yillar urush asoratlarini, beadoq g‘am-anduhlarni bizdan tobora uzoqlashtirmoqda. Janggohlarda qon kechib, urushning jamiki azob-uqubatlariga guvoh bo‘lgan, mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan vatandoshlarimiz safi tobora siyraklashib borayotir. Go‘yo sakson yil narida otilgan g‘alat o‘q zamonlar osha qurbon qidirib yurgandek…

Yangi O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida Ikkinchi Jahon urushi yillarida jasorat va matonat, mehr va muruvvat kabi insoniylikning yuksak namunasini ko‘rsatgan xalqimizning buyuk Gʻalabaga qo‘shgan munosib hissasi bilan bog‘liq muqaddas xotirani saqlab qolish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, Davlat Rahbari tashabbusi bilan urush yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi. 2020-yilgacha hisob-kitoblarda urush arafasida yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda qatnashgan, deb ko‘rsatilar edi. Ammo jahon arxivlari o‘rganilib, yangi topilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch nafar o‘zbekistonlikdan bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan. Bundan tashqari, ilgari 396 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilardi. Aslida, bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan, 158 mingdan ko‘prog‘i bedarak yo‘qolgan. Urushdan qoraxat kelganlarga aza ochib, taqdirga tan berilgan bo‘lsa, bedarak ketgan askarlar yaqinlarining musibati undan ham og‘irroq kechgan.

Ular daragi chiqmagan askar o‘g‘li, turmush o‘rtog‘i va otasini bir umr kutgan, yillab Ovro‘pa shahar-kentlarini kezib, jigarbandini izlagan.

O‘zbekiston janggohlarga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradigan muhim tayanch markazlaridan biri edi. Ishlab chiqarish korxonalari harbiy maqsadlarda qayta tashkil etilib, ularning soni 300 ga yaqinlashgan. Shu davrda front hududlaridan yurtimizga 151 ta zavod ko‘chirib keltirilib, qisqa fursatda ishga tushirildi. Ularda aholimiz tun-u kun mashaqqatli mehnat qilib, qahramonlik namunasi ko‘rsatgan, desak, ayni haqiqat.

Natijada O‘zbekiston urush yillarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318000 dona aviabomba, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, 330 mingta parashyut, harbiy ehtiyoj uchun 100 ming kilometrdan ortiq turli simlar, minalarni aniqlab beruvchi 4,5 ming dona qurilma, 2861000 dona armiya etiklari va 59 mingdan ortiq ot va ko‘pgina boshqa harbiy anjomlar yetkazib berdi. Shuning o‘ziyoq o‘zbek xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasi qanchalik salmoqli bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi.

Og‘ir damda xalqimizning insonparvarligi, bag‘rikengligi, ayniqsa, yaqqol ko‘rindi. Aholimiz urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, tahlikali hududlardan ko‘chirib keltirilgan qariyb 1,5 million odamni bag‘riga oldi. Ko‘pgina o‘zbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olib, oxirgi burda nonini ham baham ko‘rdi. Albatta, bu shunchaki statistik ma’lumot emas, bu raqamlar mudhish urush oqibatlarini hech qachon unutmaslikka chaqiradi. Ayni chog‘da, bugungi tinch va go‘zal hayotning qadriga yetib, doimo hushyor va ogoh bo‘lishga, yoshlarda Vatanga sadoqat ruhini shakllantirishga undaydi.

Prezidentimizning qarori bilan Toshkent shahrining Olmozor tumanida tashkil etilgan “G‘alaba bog‘i” yoshlarimizni millatni sevish, yurtning har qarich tuprog‘ini qadrlashga o‘rgatish, ezgulik va saxovat singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga xizmat qilyapti. Bu majmua xalqimiz qahramonligini ulug‘laydigan, uning qadr-qimmatini yuksaltiradigan betimsol maskanga aylandi. Tan olish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida xalqimizning tinch va osuda hayotini ta’minlashga, turmush darajasini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga ham alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmon ham buning yaqqol tasdig‘idir. Bu urush faxriylarini nafaqat moddiy rag‘batlantirish, balki ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Bugungi kunimizning muhim vazifalaridan biri aziz farzandlarimizga tinchlik eng ulug‘ ne’mat ekanligini tushuntirish, ong-shuurlariga singdirishdan iborat. Negaki, dunyo mintaqalarida urush olovini qayta yoqish, bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish, qurolli, irqiy va boshqa mojarolar chiqarish, xalqlarning osuda hayotiga raxna solish va bundan moddiy manfaat ko‘rish harakatlari hozir ham yo‘q emas. Tinchlik buzilgan, halovat yo‘qolgan, totuvlik qo‘ldan ketgan joydan baraka qochadi, adovat urug‘i vabo yanglig‘ ko‘paya boshlaydi. Odamlar yaratish, bunyodkorlik faoliyatidan chalg‘iydi. Shu boisdan ham hamisha ogoh bo‘lish, ahil-inoqlikni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasida qattiq turish to‘g‘risidagi da’vatlarni doimo yodimizda tutmog‘imiz va unga amal qilmog‘imiz zarur.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, dunyodagi hozirgi murakkab vaziyat, qo‘shni mintaqalardagi ziddiyat va qurolli nizolar O‘zbekiston xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Xalqimizda “Bir kun janjal chiqqan uydan qirq kun baraka ko‘tariladi”, degan naql bor. Bunday janjallar mintaqa miqyosida, qit’a miqyosida, butun yer yuzida yuzaga keltiradigan parokandalikni, inqirozni, musibatni tasavvur etib ko‘ring-a! Shu ma’noda, har qanday qirg‘inbarot urush aslida insoniyatni tamaddun rivojidan ancha orqaga irg‘itib tashlaydigan, hech qanday zalvorli vaj-karson bilan ham oqlab bo‘lmaydigan qonli jinoyatdir. Chunki har qanday urushning mohiyatida inson hayotiga qasd qilish istagi yotadi. Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi, vaqtida o‘chirilmasa, ertami-kechmi, bu yuho olov hammani domiga tortib ketadi, hech kimni chetlab o‘tmaydi. Demakki, hozirgi kunda dunyo xalqlari uchun tinchlikni saqlab qolish, odamlarning yashash huquqini ta’minlashdan ham muhimroq vazifa yo‘q ekani tobora chuqurroq ayon bo‘lmoqda.

I.MIRZAALIYEV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 8-maydagi 19-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596