09.01.2025 | 12:14
353
Fors she’riyatidan namunalar

Faridun Mushiriy – 1926-yil Tehronda tug‘ilgan. She’rlari zamonining shoirlari tomonidan iliq kutib olingan, Eron zamonaviy she’riyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shoirning ilk to‘plami “Noyo‘fta” (boshqa nomi “To‘fon tashnasi”) 1955-yil chop etilgan. Shundan keyin “Daryo gunohi” (1956), “Bulut” (1961) va “Bahorga ishon” (1966) kabi majmualari dunyo yuzini ko‘rdi. 1968-yil “Quyosh bilan parvoz” saylanmasi nashrdan chiqdi. Faridun Mushiriyning she’rlari mumtoz fors she’riyatiga hamohang bo‘lib, samimiy va oshiqonadir. Shoir 2000-yil 24-oktyabrda Tehronda vafot etgan.
KO‘CHA
Oydin oqshom sensiz o‘shal
xiyobondan o‘tdim yana,
Jism-u jonim ko‘z bo‘ldi-yu
seni izlab kutdim yana…
Shodligimning kosasidan
diydor shavqi to‘lib toshar,
Telba oshiq, devonadek
sevdim seni jonimdanam…
Pinhona bu jon ko‘shkida
xotirang gul kabi porlar,
Boqqil, yuzlab xotiralar
chaman yanglig‘ xanda qilgay,
Bizni eslab, bo‘y taratib
iforini parda qilgay…
Esladim… Biz birga o‘tdik
shu ko‘chadan o‘shal oqshom,
Qanot qoqdik va hilvatda
qalblarimiz topdi orom,
Soatlarcha qo‘nim topdi
ikki soya soy labida…
Sen – olamning bor asrorin ko‘zlariga jamlagan yor,
Men – shu ko‘zlar tamoshosin asiriman devonavor…
Musaffo edi-yu osmon,
orombaxsh edi ul oqshom,
Baxt labxanda qilardi jim,
osuda, xush erdi zamon.
Oy o‘ynardi suv yuzida,
shoxlar talpinar oy tomon,
Tun-u sahro, gil-u gullar
jo‘r bo‘lardi tun kuyiga…
Hamon yodimdadir hamon,
Deding: “Bu ishqdan hazar qil,
Fikr ayla, suvga nazar qil.
Suv – o‘tguvchi ishqning aksi!
Nigohlaring nigoron bugun,
Erta qalbing kim deb o‘rtanar?
Unutmoqdir chora, ketgil,
Ketmog‘ingni kutar shahar!”
Dedim:
“Ishqdan hazar qilmoqlik?! Hech!
Tark etmoq?! Bu xayoldan kech!
Bir ko‘rdim-u tamannoying dilim yoqdi,
Yuragimda kabutardek qanot qoqdi!
Va kaptardek tom labiga qo‘ndim asta,
Sen tosh otding hech narsani o‘ylamasdan,
Na ketdim men va na qochdim.”
Boz dedimki: “Sen sayyodsan,
Men dashtdagi ohu misol.
To domingga tushgungacha
Izlab edim takror-takror.
Ishqdan hazar qilmoqlik?! Hech!
Shoxdan tomchi yosh to‘kilar,
Oqshom qushi nola qilar.
Miltiradi ko‘zingda yosh,
Oy sevgingga boqib, kuldi!
Sendan na sas-sado chiqdi,
G‘ussa loyiga botdim, oh,
Hech ketmadim, hech qochmadim…
Na-da ul tun, bor tunlarni
menga tashlab ketdi dilbar,
Bechorahol oshig‘ingdan
endi senga bormas xabar…
O‘tinchim shu – u yo‘llardan
endi zinhor o‘tma, derman,
Ajab, sensiz qanday o‘tdim
bu ko‘chadan, hanuz bilmam…
FAQAT SENI O‘YLAYMAN
Faqat seni o‘ylar xayol,
Saharxezda daraxtlarning ibodatin,
Shamol bilan gullar raqsin, latofatin,
Tog‘ ko‘ksida qizg‘aldoqlar nafasi-yu,
Qaldirg‘ochning tong-la qurgan sho‘x suhbatin,
Bug‘doyzorlar uzra borliq tebranishin,
G‘unchalarning yuzidagi tarovatin –
Barchasini eshitgayman, ko‘rar ko‘zim!
Bular haqda o‘ylamasman… Aytar so‘zim –
Xayolda SEN!
Ey, boshdin oyoq yaxshim mening,
Yodim yoding birla banddir,
Har makon-u hamma vaqtda!
Men baribir seni derman!
Faqat sen bil, faqat sen bil,
Kelgil, qolgil, men-la qolgil,
Tunni yorit oy o‘rniga,
Qurbon o‘lam,
faqat sen kul gul o‘rniga…
Men birla qol, tanho sen qol,
Qalbimdagi qadahsanki, toshib qayna,
Bor umrimdan bir nafaslik lahza qolgay,
Shu qadahda so‘nggi yutum senga bo‘lsin!
* * *
Saharxezda daraxtlarning ibodatin,
Shamol bilan gullar raqsin, latofatin,
Tog‘ ko‘ksida qizg‘aldoqlar nafasi-yu,
Qaldirg‘ochning tong-la qurgan sho‘x suhbatin,
Bug‘doyzorlar uzra borliq tebranishin,
G‘unchalarning yuzidagi tarovatin –
Barchasini eshitgayman, ko‘rar ko‘zim!
Bular haqda o‘ylamasman… Aytar so‘zim –
Xayolda SEN!
Ey, boshdin oyoq yaxshim mening,
Yodim yoding birla banddir,
Har makon-u hamma vaqtda!
Men baribir seni derman!
Faqat sen bil, faqat sen bil,
Kelgil, qolgil, men-la qolgil,
Tunni yorit oy o‘rniga,
Qurbon o‘lam,
faqat sen kul gul o‘rniga…
Men birla qol, tanho sen qol,
Qalbimdagi qadahsanki, toshib qayna
Bor umrimdan bir nafaslik lahza qolgay,
Shu qadahda so‘nggi yutum senga bo‘lsin!

Hamid Musaddiq – 1939-yil Zo shahri (Isfahon yaqinidagi shahar)da dunyoga kelgan. Hamid Musaddiq oshiqona ijodi bilan baravar jamiyatni kuylovchi she’rlarga ham e’tibor qaratgan. Uning she’rlari ikki qanotli qushga o‘xshaydi: biri suv kabi bo‘lsa, yana biri otashga mansubdir. Shoirning suv misol she’rlari sharqiroq, o‘ynoqi bo‘lsa, olovsifat she’rlari otashnok va dilso‘zdir. Musaddiq so‘zlaridagi latofat, salobat, albatta, uning avj nuqtalarga erishishining asl sababi bo‘ldi. “Shamol yo‘lida”, “Moviy, kulrang, qora” kabi manzumalari ravon tili bilan o‘quvchi e’tiborini tortadi. Shoir 1998-yil vafot etgan.
* * *
Tabassuming kuldi labingda…
Bexabar eding,
Qo‘shni bog‘dan xavfsirashimdan…
Bog’dan olma o‘mardim, shu on
Ortimdan xo’p yugurdi bog‘bon
Qo‘lingdagi olmaga qarab
Menga boqdi bo‘lib darg‘azab
Yerga tushdi tishlangan olma…
Va sen ketding…
Yillar o‘tdi, biroq muttasil
Qulog‘imda misli tarona
Takrorlanar qadaming sasi
Menga ozor berar, shubhasiz…
O‘ylayman-u o‘yga g‘arq bo‘lgum
Nega bizning mitti bog‘da ham
Topilmasdi birgina olma?
* * *
Oh, bu zulmat kechalar ne sabab sahar bo‘lmas,
Qorong‘u tun sharpasi chekinmas, badar bo‘lmas.
Charaqlagay yulduzlar tiyra osmon toqida
Oy temirga o‘xshar-u ne uchun qamar bo‘lmas?
Yigitlar qoni birla bo‘yalgan arg‘uvon dasht,
Ko‘zlar motam tutarlar, hech g‘am bu qadar bo‘lmas…
Ko‘ksi dog‘im, onajon, mujda aytgum, tinglagil,
O‘g‘ilmasman senga, lek o‘zga yupatar bo‘lmas…
Ey mening nochor bolam, ko‘zingdan yosh to‘kma hech,
Garchi o‘rnimda kimsa sen uchun padar bo‘lmas.
Chechaklarsiz bog‘dagi bulbulning zoridan ayt,
Qarg‘alar ovozidan nechun quloq kar bo‘lmas?
Ey gul bahorim manim, bog‘im, chirog‘im manim,
Sensiz dunyo dunyomas, yashashdan samar bo‘lmas.
Fors tilidan Iroda Rahmonaliyeva tarjima qildi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329


