Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.05.2026 | 09:26

img2165

G‘ALABANING “O‘GAY” OTALARI

Inson unutuvchidir. Afsuski, u unutmaslik shart bo‘lgan narsalarni ham unutib qo‘yadi. Ammo butun-butun millatlar, xalqlar unutsa olam tartiboti buziladigan, tarixiy adolat oyoqosti bo‘ladigan masalalar bor. Ularni o‘ylaganda shoiraning “unutganning kuysin ikki dunyosi” satri xayolga keladi.

Ikkinchi Jahon urushining dunyo xalqlariga, shu qatori, xalqimiz boshiga solgan og‘ir musibatlari, mislsiz kulfat va yo‘qotishlari, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqi qo‘shgan munosib hissa ana shunday hech qachon unutilmasligi kerak bo‘lgan mavzudir.

Jahon siyosatida mashhur ibora bor: g‘alabaning ming bitta otasi bor, mag‘lubiyat esa hamisha yetim. Ming afsuski, so‘nggi yillarda Ikkinchi Jahon urushidagi sovet Ittifoqining muvaffaqiyatini faqat bir davlat, bir millatga bog‘lab talqin qilish holatlari uchrab turibdi. Shovinistik kayfiyatdagi adiblar, rejissyorlar, artistlar, jurnalist va blogerlar g‘alabaning otasi yagonaligini olamga uqtirmoqchi. Bunga nechukdir siyosiy elita ham panja orasidan qarab turibdi.

Ajablanarlisi, bu da’vogarlar dushman qochganda ko‘paygan botirlardan. Frontda jon olib-jon bergan, millati, dini va tilidan qat’i nazar yagona maqsad yo‘lida birlashganlar o‘rtasida bunday ayirmachilik deyarli kuzatilmagan. Hatto, sovetlar hokimiyati zavolga yuz tutganda ham. Endi bo‘lsa “o‘gay ota”lar har yili 9-may arafasida tutqanoq kasali xuruj qilganday ijtimoiy tarmoqlarda provakatsion chiqishlarga zo‘r bermoqda. Ular ko‘p narsani unutmoqda yoki unutganday ko‘rinmoqda.

Qani, o‘zbek xalqisiz g‘alabani qanday tasavvur qilish mumkin ekan? O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallarni, 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini, 70 nafardan ziyodi uchala darajadagi “Shon-sharaf” ordenini sotib olmagandir!

Aslida “peshvo”lik da’vosini davom ettirmoqchi bo‘lganlar har qanday vaziyatda ham insoniy e’tiqodiga sodiq qolgan olijanob va bag‘rikeng xalqimizning buyuk gumanistik fazilatlariga tahsin va tasannolar aytishi, o‘z ijodida shu nuqtalarga e’tibor berishi kerak emasmi?

O‘zimiz-chi? Nega biz Ikkinchi Jahon urushidagi ishtirokimizni qimtinib, tortinib eslashimiz kerak? Faxrlanish tuyg‘usini o‘zimizdan boshlashimiz kerakmasmi? Bejiz G‘alaba bog‘i qad rostladimi? Bejiz Davlatimiz rahbari urush va mehnat faxriylariga misli ko‘rilmagan darajada yuqori e’tibor qaratyaptimi?

Agar kimdir yuqoridagilarni unutmoqchi bo‘lsa, marhamat, O‘zbekistondagi 60 nafar urush va mehnat faxriylarining ko‘ziga tik qarasin…

Mansur RAHMATULLAYEV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2026-yil 8-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328