Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 18:50

img366

GULBOZOR SAYYOHLARNI CHORLAMOQDA

Toshkent! Ko‘z o‘ngimizda qanday manzara aks etadi? Osmono‘par binolar, serqatnov yo‘llar, gavjum savdo markazlari… Bu ko‘hna kent tarixda ham mana shunday “qaynoq” joy bo‘lgan. Moziyning o‘sha manzarasini ko‘rishni, o‘sha muhitga tushishni kim istamaydi? Bu shahardagi har bir mahallaning boy tarixi bor, ming yilliklar haqida hikoya qiluvchi obyektlari saqlanib qolgan. Ashyolar talay. Gulbozor mahallasi eski shaharning tepalikda joylashgan eng qadimgi aholi yashash manzillaridan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, bu mahalla o‘rnida IX-XII asrlarda Binkat, ya’ni qadimgi Toshkentning arki va shahristoni joylashgan. O‘sha davrlarda ham bu yerda aholi zich yashagan. Atrofi savdo-sotiq joylari, karvonsaroylar bilan o‘ralgan mahallaning orqa tarafida g‘alla bozori bo‘lgan. Yon-atrofi bozorlar bilan gavjum bo‘lgani uchun gullagan bozor deb atalgan. Chorsu sayyohlarni ko‘p jalb qiladigan bozor. Unga tutash yerda joylashgan bu mahallada tari­xiy qiyofasini saqlab qolgan ko‘cha va xonadonlar ko‘p. Mahallani obod qilish va zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borildi. Bunda xonadonlar va ko‘chalarda poytaxt­ning qadimgi ko‘rinishini saqlab qolgan holda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Xususan, barcha kommunikatsiya tizimlari – yuqori va past kuchlanishli elektr o‘tkazgichlar, gaz quvurlari, issiq suv tarmoqlari yangilanish jarayonida yer ostiga olindi. Beton simyog‘ochlar olib tashlandi. Mahalladagi “Haqiqat” ko‘chasidan yurib boramiz. Uning uzunligi yarim kilometrdan ortiqroq. Zarqaynar ko‘chasidan boshlangan bu yo‘l Alisher Navoiy shoh ko‘chasiga tutashadi, Chorsu bozori tomonga olib chiqadi. Ko‘cha boshida mahallaning tarixini aks ettiruv­chi tarixiy darvoza qaytadan tiklandi. U yerdagi uylarning tashqi devorlari eski shaharning o‘ziga xos qadriyatlari va tarixiyligini yo‘qotmaydigan darajada ta’mirlandi. Bu joyda sayyohlar o‘ziga xos qulaylik va muhitni his qilishlari shubhasiz. Mehmon uyi, hunarmandchilik rastasi, savdo do‘konlari ishlab turibdi. Yana qo‘shimcha tarzda ovqatlanish shoxob­chalari, nov­voyxona va muzey tashkil qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni shu mahallada bo‘ldi, uning ko‘chalarida piyoda yurdi. Mahalla ahli, nuroniylar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari zamonaviy majmualar hamma joyda borligini, xorijiy sayyohlarni mana shunday buyuk tariximiz bilan ko‘proq jalb etishimiz kerakligini alohida ta’kidladi. Gulbozorda 2 ming 670 aholi yashaydi. O‘ttizga yaqin savdo, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, novvoyxona, dorixona va xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mahalla ishsizlikdan holi hududga aylangan. Shuningdek, mahallada “Xavf­siz hudud” tizimiga integratsiya qilingan kuzatuv kameralari o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvarda “Respublikaga xorijiy turist­lar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatda yurtimizga xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, turizm namoyishi obyektlaridan samarali foydala­nish masalalariga alohida ahamiyat qaratilgan. Bugun ushbu hujjat ijrosi doirasida qilinayotgan ishlarni Gulbozor misolida ham ko‘rish mumkin. Turizm zarur infratuzilma yaratilsagina yaxshi rivojlanadi. Shu jihatni inobatga olgan holda mahallada zamonaviy uch yulduzli mehmonxona bunyod etilmoqda. Sohaga doir ta’lim xizmatlari­ni tashkil etish maqsadida esa xususiy oliy ta’lim dargohi tashkil etilmoqda. Bu ikki loyiha doirasida yana yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, hududda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Natijada mahalla hududida mevali va manzarali daraxtlar, gul-chechaklardan iborat bog‘ tashkil etildi. Bu maskanning sug‘orish tizimlari barpo etildi. Mamlakatimizdagi har bir mahallaning o‘ziga xos imkoniyat va an’analari bor. Keyingi yillarda ularni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qilinayot­gani o‘z samarasini bermoqda.

Ikrom AVVALBOYEV,

O‘zA muxbiri

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600