Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.09.2025 | 15:58

img418

G‘URBAT ELI

Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosat natijasida dunyoning turli nuqtalarida yashab, ijod qilayotgan vatandoshlar oldiga qo‘yilgan to‘siqlar olib tashlandi. Endi ular ota yurtlariga erkin kelib-ketishi, ijodini o‘quvchilarga yetkazishi mumkin. Agar o‘zi olamdan o‘tgan bo‘lsa, ularning xotirasiga hurmat ko‘rsatish uchun ham yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun kindik qoni Andijon tuprog‘iga to‘kilgan, taqdir taqozosi bilan Saudiya Arabistonining Toif shahrida istiqomat qilgan Ya’qubxo‘ja Mahjuriy haqida hikoya qilamiz.

Mahjuriy 1920–30-yillarda bolsheviklarning ta’qib-tazyiqlari ostida majburlikdan yurtni tark etdi. U ona tilini qo‘msab tilchi va yurtini sog‘inib adib bo‘ldi. Uning tilshunoslik, tarixshunoslik, adabiyot va ilohiyot yo‘nalishlaridagi ilmiy-adabiy faoliyati tahsinga sazovor.

Bugungi chuqur idrok etilgan haqiqat shuni ko‘rsatadiki, sovet davrida o‘zbek tili ham xuddi o‘zbek ziyolisi kabi turli jafolarni boshdan kechirdi. Natijada, o‘zbek tilining ish ko‘rish sohasi torayib, qadimgi lug‘at boyligi unutilgani hech kimga sir emas. Aslida, bu til turkiy tillarning xoqoni bo‘lgani tarixdan hammaga ayon. Buni Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida yaqqol isbotlab bergan. Bu haqiqatni anglagan Mahjuriy domla “O‘zbek tili” qasidasida shunday yozadi:

“Men Temur – Tangri quli”  deb bitgach imzo o‘rniga
Nomasin Avropalarga yo‘llagan o‘zbek tili.
Yozganida Shoh Bobur nomasin o‘zbekchada,
Olam ahli bosh egib, olqishlagan o‘zbek tili.

Shoir o‘zbek tiliga bo‘lgan muhabbatini faqat so‘zda emas, amalda ham ko‘rsatib berdi. Tilimizning grammatik xususiyatlari o‘z aksini topgan “Til yo‘rig‘i” nomli kitob yozdi. Muhojirotda o‘zbek tili qo‘llanmasiga katta ehtiyoj bo‘lgan bir vaqtda vujudga kelgan bu kitob o‘z vaqtida katta ahamiyat kasb etgan.

Firoqda hayot kechirarkan, bir lahza yo‘q ediki, Vatan hijronida o‘rtanmagan bo‘lsa. Intizorlik va intiqlik qog‘ozga to‘kilib, she’rga aylandi.

Yaqinda Mahjuriyning o‘quvchini fikrlashga, shukr qilishga undovchi she’rlari bir muqova ostiga jamlanib, “O‘tgan umr tushdek, onajon” to‘plami chop etildi. Kitobdagi she’rlarni arab yozuvidan Muqimjon Nurboyev lotin alifbosiga o‘girib, nashrga tayyorladi.

Umidimiz shuki, tirikligida Vatan diydori nasib bo‘lmagan shoirning ijodi o‘quvchilar qalbidan joy olsa, mutolaa so‘nggida marhum vatandoshimiz haqiga duo aylasa-yu, pok ruhi shod o‘lsa!

Azizullah ARAL,
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti

KO‘RAY

Posbon, to‘sma yo‘limni, oshyonimni ko‘ray.
Tog‘-toshlardan o‘tib men xonadonimni ko‘ray.

Yam-yashil sahrolari, daryolari, gulzorlari
Ko‘zlarimdan ketmagan ul bo‘stonimni ko‘ray.

Notavon jismimda imkon boricha titrab borib,
Bog‘larining ma’nisi jannatmakonimni ko‘ray.

Ayriliq dardida ellik yilni o‘tkazdim bu kun,
Umrim oxirlashti, emdi ostonimni ko‘ray.

Cho‘lda qolg‘on bir qalandardak kezib yurgan esam,
Ul meni devona qilgan xonumonimni ko‘ray.

Bevafolar orasinda oh-zorimga quloq
Solg‘uchi bo‘lsa agar ul jonajonimni ko‘ray.

Bormudur insonni qadr-u qimmati dasturida?
To yaqinroqqa borib, bu istag‘onimni ko‘ray.

Nolishim ta’sir qilsa, ahli ma’niga agar
Bog‘aro gul yaprog‘idak yashnagonimni ko‘ray.

Chok-chok bo‘lgan dilimga chorasizlik aylabon,
Vasl ila payvand qilgan hoziqonimni ko‘ray.

Yetsa Mahjuriy hayoti intihosiga u chog‘,
Jismimni bag‘riga olgan xokidonimni ko‘ray.

Toif. 1985

“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596