15.07.2024 | 16:15
308
Hafta davomida oʻrtacha issiq havo kuzatiladi
Oʻzbekiston boʻylab hafta davomida oʻrtacha issiq havo boʻlishi kutilmoqda. Dushanba va seshanba kunlari havo biroz bulutli boʻladi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Chorshanbadan havo harorati +34…+37 darajagacha koʻtariladi.

Dushanba, seshanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumikn.
Havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +36…+39 darajagacha bo‘ladi.
Chorshanba-juma kunlari faqat respublikaning ayrim tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 2−3 darajaga ko‘tariladi va +34…+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +38…+40 darajagacha bo‘ladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, 15−16-iyulda ayrim joylarda ba’zida 18−23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun va ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi va 16-iyulda ertalab shahar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17−19-iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, 15−16-iyulda 10−13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun va ertaga +32…+35 daraja, 17−19-iyulda +35…+37 daraja bo‘ladi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



