29.04.2026 | 16:29
3050
“HIND SORI YUZLANDIM…”
O‘zbekiston delegatsiyasi safida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston yoshlari forumida ishtirok etdik. Mazkur tadbir mintaqalararo muloqot maydonini kengaytirishda va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibidan ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, san’at va boshqa soha vakillari joy olgandi. Safar davomida davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Tashrifning asosiy voqealaridan biri Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuv bo‘ldi.
Forum tadbirlari doirasida O‘zbekiston vakillari xorijiy ishtirokchilarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan batafsil tanishtirdi. Yoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, yigit-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ma’lumotlar alohida qiziqish uyg‘otdi. Kamina vazir janoblari bilan muloqotda O‘zbekiston va Hindiston yoshlari o‘rtasida xalqaro sport platformasini yaratish taklifini ilgari surdim. Ushbu chiqishim iliq qarshi olindi.
Hindistonda men uchun hayratlanarli voqealardan biri o‘zbek va hind tilidagi talaffuzi va ma’nosi uyqash so‘zlarni eshitganim bo‘ldi. Masalan, “kitab”, “mehman”, “duniya”, “tandoori”, “samosa”, “chai”, “naan” so‘zlarini siz ham tarjimasiz tushundingiz nazarimda. Bu tasodif emas ekan. Tilshunoslar bu ikki til o‘rtasida 5000 dan ortiq umumiy so‘z mavjudligini tasdiqlashganini keyinroq bildim. Qolaversa, hind kino san’ati sof hindcha so‘zlarni ham tarjimasiz tushunish imkoniyatini yaratgan.
Betakror hind filmlari sabab bo‘libmi, bu o‘lka va tilga bo‘lgan qiziqish yuqori. Toshkentdagi La’l Bahadur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi orqali muntazam ravishda hind tili darslari o‘tkazilmoqda va talabalar har yili Agradagi Markaziy hind institutida ta’lim olish uchun tanlanmoqda. Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Hindiston kafedrasi” tashkil etilgan. 2024-2025-yillarda yurtimizdan yuzdan ortiq nomzodlar ITEC dasturi doirasida hind hukumatining stipendiyalariga sazovor bo‘ldi.
Yana bir gap: bu yerda ham uzun sochli qizlar alohida qadrlanar va hurmat qilinar ekan. Bu kichik tafsilot chuqurroq narsaga ishora qiladi: na globallashuv, na geografiya qadriyatlar qadrini o‘chira olmabdi.
Yodingizda bo‘lsa, ulug‘ jadid bobomiz Fitrat “Hind sayyohi qissasi”ni yozib, o‘tgan asr boshidagi mintaqamiz manzaralariga nazar tashlagan edi. Bugun men O‘zbekiston vakili bo‘lib, Hindiston eli bilan tanishdim va taassurotlarimdan bir chimdim sizga ham ulashdim. Yoshlar do‘stligi istiqbolli rishtadir. Kelgusida ham mana shunday loyihalar ko‘lami kengayib borishini tilab qolamiz.
Shamsiqamar SUYUNOVA,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati
“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-apreldagi 17-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
329



