09.12.2025 | 09:19
2708
ISROF FAQIRLIKKA YETAKLAYDI
Inson zoti borki, o‘z oldiga yorug‘ maqsadlar qo‘yib yashaydi, ularga erishish uchun mudom harakatda bo‘ladi. Shunday ezgu orzu-niyatlardan biri – farzand kamolini ko‘rishdir. Afsuski, bugungi kunda bu orzuni to‘y-hasham, dang‘illama imorat, turli rusumdagi avtomashinalar bilan bog‘lab tushunadigan, shu maqsadda yelib-yuguradigan avlodga aylandik. Kimo‘zarga to‘y qilish, yetti mahallaga dong‘i yetadigan ma’rakalar o‘tkazishni go‘yoki qadriyatga, an’anaga aylantirdik.

Ma’lumot o‘rnida: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tahliliga asosan, yurtimizdagi to‘yxonalarga sarflanadigan o‘rtacha yillik xarajat taxminan 2 milliard 383 million AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Ming afsuski, bir kunlik orzu-havas, ikki soatlik to‘yni deb yillar davomida to‘plagan boylikdan bir kunda mahrum bo‘lmoqdamiz. Yoki to‘yga olingan bank kreditini yillab to‘lash uchun musofir bo‘lib ishlash, halovatdan kechish kabi chorasizlikni o‘z xohishimiz bilan zimmamizga olmoqdamiz. Achinarlisi, dabdababozlik, katta sarf-xarajat yoshlarga baxt-omad olib keladi, saodat kafili bo‘ladi, degan aqida shakllana boshladi.
Bu bilan biz o‘tmish xatolarini ko‘r-ko‘rona takrorlayapmiz. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnografiyasi, xususan, o‘zbek to‘y-marosimlari uchun qilinayotgan sarf-xarajatlarning tahlili bilan shug‘ullangan taniqli tadqiqotchi olimlardan biri O.Suxareva shunday yozadi: “Bugungi kunda tizimli ravishda davom etib kelayotgan marosimlarga juda ko‘p miqdorda pul sarflanishi nafaqat oila, balki butun jamiyatning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda, shu sababli, bu sarflar – irratsionaldir (ya’ni tushunarsiz)”.
Yo‘q, bunday davom etib bo‘lmaydi! Biz, o‘z foyda-zararini biladigan, uni farqlaydigan ongli mavjudotmiz, axir! Shunday ekan, necha-necha yuz yildan buyon oyog‘imizga tushov bo‘lib kelayotgan illatlardan, soxta “qadriyatlar”dan voz kechishimiz shart!
Yaqinda ushbu masalaga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Ochiq fikrlar, achchiq tanbeh va tanqidlarga boy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov davlatimiz rahbarining bu masaladagi o‘y-fikrlari, tashvishlarini yetkazarkan, bunday illatlarga qat’iyan chek qo‘yish vaqti kelgani, buning uchun barchamiz birlashishimiz zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Seminar so‘ngida barcha taklif, tashabbus va tavsiyalar asosida manfaatdor idoralar hamkorligida umummilliy dastur rejasini ishlab chiqish, shu yurt, shu millat va jonajon Vatan ravnaqi uchun befarq bo‘lmagan ziyolilar, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari, adabiyot va san’at ahli hamda turli soha xodimlarini birlashtirgan katta bir ma’rifat karvoni safarbar etilishi nazarda tutildi. Ular muhtaram Prezidentimizning ezgu g‘oyalarini targ‘ib etish orqali xalqimiz qalbiga kirib borishni o‘z oldilariga oliy maqsad etib qo‘yganlar.
“Tejog‘lining ishi bejog‘lik” deb bejiz aytilmagan. Bugun jamiyatimizda kimo‘zarga aylanayotgan dabdababozlik, aslida, millatning iqtisodiy salohiyatiga soya soladi. Iqtisodiyotning o‘ziga xos qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslik mushkul vaziyatga, ya’ni faqirlikka olib kelishi tayin. Ularni mensimaslik esa, nafaqat iqtisodiy salohiyatning yetishmasligi, balki ma’naviy qashshoqlik belgisi ham hisoblanadi.
Bugun yosh avlodga uni qil, buni qilma, deb emas, balki ularga ma’naviyat va moddiyat borasida to‘g‘ri yo‘llarni ko‘rsatish barchamiz uchun ham foydali, ham zarurdir.
Masalan, amaldagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi”ni olaylik. Unga ko‘ra, davlat subsidiyasi yordamida uy-joy sotib olishga ariza yuborgan fuqaroning shart-sharoitlari amaldagi tartib talablariga mos kelsa, talabgorga subsidiya xabarnomasi beriladi. Ushbu xabarnoma asosida talabgor agar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan topshirgan bo‘lsa – 330 million so‘m, Toshkent shahrida esa 420 million so‘mgacha miqdorda kredit olish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, davlat tomonidan boshlang‘ich to‘lov uchun beg‘araz (qaytarilmaslik sharti bilan) 30 million hamda 5 yil davomida kreditning 14 foizdan oshgan bandi uchun imtiyozga ega bo‘ladi.
Agar yosh oila mana shu toifaga tushadigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan unumli foydalanishlari nur ustiga nur bo‘lur edi. Buning uchun, to‘yga ketadigan ortiqcha xarjlarni kamaytirib, mablag‘ning asosiy qismi yosh oila uchun uy-joy sotib olishga yo‘naltirilsa, kifoya! Shunda bir yosh oila doimiy mulk egasiga aylanib, xalqimiz tili bilan aytganda, “vatanli” bo‘lib qolarmidi… Zero, atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy yozganidek: “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni kelganda so‘mni ayamas”.
Keling, shu o‘rinda, yana bir statistik ma’lumotga e’tibor qarataylik. Tahlillarga ko‘ra, to‘y xarajatlarini 30–40 foizga qisqartirish orqali o‘rtacha oila jamg‘armasini 15–20 foizga oshirish, bank kreditlariga ehtiyojni 10–12 foizga kamaytirish, xizmatlar sektoridagi norasmiy aylanmani 8–10 foizga qisqartirish mumkin ekan. Bu bor-yo‘g‘i birgina misol, xolos. Bunday misollarni ta’lim, sport va boshqa qator yo‘nalishlarda ham keltirish mumkin.
Shu o‘rinda, biz, ma’rifat targ‘ibotchilarining baralla aytadigan so‘zimiz yagona va mushtarak: tejamkor odamning, kamxarj oilaning hayot yo‘li – farovonlik. Isrofning oxiri esa faqat va faqat faqirlikdir. Asrlar davomida isbotlangan bu achchiq haqiqatni yana bir bor anglab yetmog‘imiz lozim va lobuddir!
Obiddin MAHMUDOV,
Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-noyabrdagi 48-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
97
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
135
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328


