Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.06.2026 | 09:36

img1377

JADIDLAR ORZUSIDAGI MAKTAB

Toshkentning Eski shahar mavzesida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yurtimizdagi nufuzli ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 2019-yil 26-dekabrda faoliyat boshlagan maktabda ayni vaqtda 210 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 30 nafar tajribali, jumladan, 20 nafar milliy va xalqaro sertifikatlarga ega oliy toifali pedagoglar ilg‘or ta’lim dasturlari asosida bilim berib kelmoqda. Ustozlar har bir o‘quvchini Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari sifatida kamol toptirishni oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Maktab binosiga kirishingiz bilan milliy qadriyatlar va an’analar nafasi seziladi. Har bir o‘quvchining o‘zbekona libosi, lutfi va odobi ulug‘ yozuvchining “O‘tkan kunlar”idagi Otabeg-u Kumushni yodga solishini ko‘rib, maktab o‘zida zamonaviy ta’lim va milliy ruh uyg‘unligini jamlay olganiga guvoh bo‘lasiz. Qodiriy vorislarining fazilatlari maktabga tez-tez tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlarning ham e’tiborini tortgani shundan.

Kuni kecha xalqaro fan olimpiadasini o‘tkazish uchun ham aynan mazkur ijod maktabi tanlab olinib, yuqori sinf o‘quvchilarining intellektual salohiyati xalqaro ekspertlar tomonidan mushohada qilindi. Shuningdek, mehmon ijodkorlar maktab hayoti bilan qiziqib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tez-tez o‘tkazib turiladigan mahorat darslari va mushoira kechalari, boshqa ijod maktablari bilan o‘quvchi almashinuv dasturlari, zamonaviy dunyo, milliy g‘oya va vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida tashkil etilgan turli to‘garak va qo‘shimcha mashg‘ulotlar haqida ham iliq fikrlar bildirishdi.

– Maktabimizni boshqa ijod maktablaridan farqlab turuvchi alohida jihatlar ko‘p, – deydi maktab direktori Shoira Sodiqova. – Bu o‘rinda, buyurtma asosida keltirilgan 86 ta maxsus o‘quv partasi xususida aytib o‘tmasam bo‘lmaydi. Ular jadidlar sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan yangi usul maktablarida joriy qilingan. Tashrif buyuruvchilar maktabimizdagi tarixiy eksponatlarni ko‘rganda, hayratini yashirmaydi. Moddiy-texnik bazamiz zamon talablariga to‘liq javob beradi. 23 sinf xonasining 18 tasida elektron doskalar, 113 dona so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlanmalari, media to‘garagimiz uchun maxsus jihozlangan tasvirga olish va ovoz yozish studiyasi shular jumlasidan. O‘quvchilarimiz ijodkor emasmi, tez-tez yangi loyihalar bilan kiradi oldimga. Ularning takliflariga tayanib, studiyada “Millat orzusi” nomli choraklik tahliliy-informatsion ko‘rsatuv ham tayyorlanadi.

Maktab direktori bilan suhbatimiz asnosida o‘quvchi almashinuv dasturi to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot berishni so‘radik. Dasturga ko‘ra, maktab har oy boshqa ijod maktablari bilan o‘quvchi almashar ekan. Ya’ni Abdulla Qodiriy ijod maktabidan saralab olingan o‘n nafar o‘quvchi bir hafta davomida viloyatlardan biridagi ijod maktabida o‘qib keladi. O‘z navbatida, o‘sha ijod maktabining ham o‘n nafar o‘quvchisi olti o‘quv kunini bu maktabda o‘tkazadi. Joy, muhit yangilanuvi fikr va g‘oyalarning ham yangilanishiga sabab bo‘ladi. Jarayonda o‘quvchilar nafaqat birga o‘qiydi, balki birga yashaydilar ham.

Maktabning o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan 180 o‘rinli yotoqxonasida o‘quvchilar o‘zlarini uydagidek his qilishlari uchun barcha shart-sharoit muhayyo. O‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida kir yuvish va quritish xonalari, dazmolxonalar, ortiqcha kiyim-kechaklar saqlanadigan garderob xonalari, oyoq kiyimlar uchun maxsus poyabzalxona, yotoqxona hovlisiga o‘rnatilgan ko‘chma boloxonalar ilgari biror ta’lim muassasasida tashkil etilmagan. 210 o‘rinli oshxonada o‘quvchining besh mahal bepul ovqatlantirilishi ota-onalarning ko‘nglini to‘qlaydi. Bu yerda ustoz-murabbiylardan xizmatchilargacha o‘quvchi-yoshlarga parvona, toki, ular o‘qisin, jamiyatning oldi bo‘lib maydonga chiqsin.

Albatta, bu kabi g‘amxo‘rliklar yerda qolmaydi. Ijod maktabining oliy ta’lim qamrovi o‘tgan o‘quv yilida yuz foizni tashkil etgan. 2025-2026 o‘quv yilida esa yetti nafar bitiruvchi muddatidan oldin talaba degan nomga ega bo‘lib ulgurdi. Yaqinda esa 10-sinf o‘quvchisi Shukrona Shavkatbekova matematika yo‘nalishida SAT (AQSH va boshqa ko‘plab davlatlarga o‘qishga kirish uchun) xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritib, 1400 maksimal ball bilan Yangi O‘zbekiston universitetiga imtihonsiz qabul qilinadigan bo‘ldi. Yana shu kungacha yosh qalamkashlardan to‘rt nafarining ilk kitoblari chop etilib, “Qodiriy vorislari” degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Yana bir quvonarli holat, shu maktabda ta’lim olayotgan Abdulla Qodiriyning evaralari Samariddin va Nozima Qodiriylar ham bugun ijod namunalari bilan tengdoshlari orasida ko‘zga ko‘rina boshladi.

Har bir ta’lim dargohining o‘z tamoyillari, o‘ziga xos tarbiya taktikasi bo‘ladi. Abdulla Qodiriy ijod maktabida ham o‘quvchilar qobiliyatining qamrovini kengaytirish yo‘lida yana bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, o‘quvchilar orasidan o‘n nafari saylab olinib, “Kelajak vazirlari harakati” ichki tizimi ishga tushirilgan. Ular maktabdagi ekologiya, sport, madaniyat, ma’naviyat kabi muhim yo‘nalishlarga mutasaddi shaxs sifatida faoliyat olib boradi. Shuning barobarida o‘zlarida boshqaruvchilik mahoratini shakllantiradi.

Maktabda Koreya Respublikasidan chaqirilgan ikki pedagog – Xuisun Xvang va Park Yeunbin ham faoliyat olib boradi. O‘quvchilar ulardan nafaqat ta’lim oladi, balki Koreya tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq suhbatlar qurishadi.

Ko‘rganimiz, kuzatganimizdek, ulug‘ adiblar nomlari bilan ataluvchi ijod maktablari Yangi O‘zbekistonning ilg‘or ta’lim maskanlariga aylanib bormoqda. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ham yoshlar zamonaviy elektron resurslar, interaktiv darslar orqali oltin avlod sifatida kamol topayotgani quvonarlidir.

Muhayyo RUSTAMOVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-maydagi 22-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599