Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 15:57

img294

JALG‘IZTEREK TIRGAGI

Zulfiya Turdimurodova Eshjon do‘kondor bilan Anifa muallimaning erka qizi edi. U Mo‘ynoq tumanidagi Qorajar ovulida tug‘ilgan. 16 yoshida maktabni tugatdi. O‘qigan maktabida kuni uzaytirilgan guruhga ustoz kerak bo‘lib qoldi va direktor a’lochi o‘quvchisi bo‘lgan Zulfiyani ishga qabul qildi. Oliy o‘quv yurtida sirtdan o‘qishni orzulayotgan qizga bu qo‘l keldi. Chunki sirtqi bo‘limga o‘qishga kirish uchun bir yillik mehnat staji kerak edi.  Zulfiya opa 1985-yili Berdaq nomidagi Qora­qalpoq davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Ikkinchi kursni tugatishi arafasida turmushga chiqdi. Ikki farzandi tahsil davrida dunyo­ga keldi va yosh kelinchak har ikki tug‘ruqdan keyin kasallanib, bir yillik akademik ta’til olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, a’lo baholarga o‘qigan talaba bo‘lsa-da, universitetni shirin tashvishlar ortidan naq sakkiz yil deganda tugatdi. Maktabdagi ustozlik faoliyati esa davom etardi. – 1998-yil edi adashmasam, uyimizga Jalg‘izterek (hozirgi Yangiqal’a)dan bir cho‘pon meni axtarib keldi, – Zulfiya opa hayotida katta o‘zgarish sodir bo‘lgan kunni shunday xotirlaydi. – Cho‘pon ovulda kam odam yashashini, ayollar bolalarining olisdagi maktabga borib-kelishidan xavotirlanayotganini aytdi va mendan bosh­lang‘ich sinf bolalariga ta’lim berishimni qattiq iltimos qildi. Boyaqishning zorlanib turganini ko‘rib, bilmadim, ichim achidimi yo taqdir boshqardimi, “Xo‘p, borib bolalaringizni o‘qi­taman”, deb va’da berib yuboribman. Tavak­kalchi ekanmiz-da, turmush o‘rtog‘im bilan bolalarimizni olib, birato‘la o‘sha ovulga ko‘chib boraveribmiz. Ortga yo‘l bor edi, biroq u bergan va’dasi­ni o‘ylab qaytgisi kelmadi. Opa o‘zini emas, sovuqda diydirab yurgan o‘quvchi bolalarni o‘yladi. U o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqchi bo‘lgan ovulda maktab binosi yo‘q edi… Zulfiya opa tushkunlikka tushmadi. Ishni avval o‘zi yashashi uchun uy va bir xona bo‘lsa ham “qaqra maktab” – qamishli tom (qamish to‘p-to‘p bog‘lanib, bir-biriga biriktirilib, so‘ng tashqi tarafi somonli loy bilan suvaladi) qurishdan boshladi. Albatta, iltimosini yerda qoldirmagan Zulfiya muallima­ga o‘zgacha mehr qo‘ygan ovul ahli qarab turmadi.  O‘shanda uchinchi farzandiga homilador edi u. Turmush o‘rtog‘i qaytib ketishni taklif qildi. Lekin ularga ishonib o‘tirgan odamlarni tashlab ketishga Zulfiya opaning ko‘zi qiymadi. “Ertaga qish zabtiga olsa, izg‘irin bolalarning suyak-suyagidan o‘tib ketadi. Buginalar ham ta’lim olishi kerak-ku. Nima bo‘lsak, shu jalg‘iztereklik­lar bilan bo‘laylik”, dedi. Biyday sahroda transport qatnamaydi, buning ustiga yo‘llar qum-tuproqli. Mo‘ynoq Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumani emasmi, qishi qattiq keladi. Ovul esa Mo‘ynoq markazidan 30 kilometr uzoqda. – Qizlarimni o‘qitolmadim. O‘zimnikiga qo‘shib bolalarimning ham hayotini shu ovulga baxshida qilibman, – suhbatimiz shu joyga kelganda Zulfiya opa biroz o‘ksinganday bo‘ldi. – Qizlarim Qorajarga qatnab o‘qidi. Qiynaldik. Ularni oliy o‘quv yurtlarida o‘qitolmadim. Ammo kichkinamizning tahsiliga astoydil bo‘lamiz, deb turibmiz.

“Qaqra-maktab” omonatgina edi.

U qo‘y-qo‘zi-yu, echki-ulog‘ini sotdi. Meh­nat ta’tilining pulini-da qo‘shdi. Biroq bu urvoq ham bo‘lmadi. Bankdan bir yilda to‘lash sharti bilan 10 million so‘m miqdorida 36 foizli kredit olib, boshlang‘ich sinflar uchun maktab qurishga kirishdi.

Olgan oyligi-yu topgan-tutganini yig‘ib-terib, kreditga to‘ladi. Ustiga ustak, jo‘jabirday jon – besh bolasi yeyman-ichaman deydi… Ishchi yollab g‘isht quydirdi, devor urdirdi va bir amallab tomini yoptirdi. Imo­rat-ku bitdi, lekin shiferga pul yetmadi. Maktab tomini qalin qilib suvatdi. Ammo baxtga qarshi, sharros yog‘gan yomg‘ir tufayli tomdan shovullab suv o‘tib ketdi. – Ish reja, konspekt daftarlarim – hammasi bir kechada suvga bo‘kibdi. Yana kre­dit ko‘tarmasam bo‘lmasdi. Bu gal besh yil muddatga oldim, – deydi Zulfiya opa. Pulni tejab-tergab, ustiga yana bor-yo‘qdan qo‘shib shifer oldi, binoning shiftini, yerini, ichkari, tashqarilarini ta’mirlatdi. Shu tariqa ovloq ovulda ixchamgina ziyo maskani bunyod etildi. Turli idoralarga yugurib kadastr hujjatlarini ham tayyorladi. Maktabni 9-umum­ta’lim maktabining uchinchi filia­li sifatida rasmiylashtirdi. O‘zi uchun olmagan kreditni maktab qurish uchun oldi. 26 yil shu yerda dars berdi. Chunki bolalar ko‘p emas, lekin ularning yoshlari har xil. Opani qiynagani shu bo‘ldi: bir muallim bir paytning o‘zida bir necha sinfga dars o‘tishi kerak. Nima bo‘lganda ham o‘n to‘rt xo‘jalikdan iborat “Jalg‘izterek” ovuli ahli Zulfiya opadan juda minnatdor. Axir, ovulning kichik yoshli bolalari Zulfiya muallim tufayli har kuni to‘qqiz kilometr yo‘l bosib, qo‘shni ovuldagi maktabga qatnash zahmatidan xalos bo‘lishdi. Hozir maktabda Zulfiya opadan tashqari yana besh nafar o‘qituvchi bor. Ularning uzoq ovullardan qatnab ishlashini hisobga olib, kuyunchak opa ular uchun sharoit yaratishga harakat qiladi, uyida ovqat tayyorlab, ulashadi. Zulfiya opa maktab binosi uchun sarf­lagan mablag‘idan so‘z ochmaydi. Faqat o‘quv jihozlariga kelganda qiynalib qolib, tuman xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilgani va davlat tomonidan ko‘mak olganini aytadi.  Zulfiya Turdimurodova ana shunday fidoyi ayol. Uning ezgu ishlari ko‘p. Kam ta’minlangan bir oilaning sakkiz farzandiga maktab darsliklari uchun to‘lovlarni o‘zi to‘lab berdi, yer olib, sabzavot undirib, hosilini ovuldagi oilalarga bepul tarqatdi… Bu ishlarini o‘zi aytmaydi. Uning saxovatpeshaligini ovuldoshlari, tumandoshlari so‘zlab bermaganda, xabarsiz ham qolardik. Jonkuyar muallima bu yil 56 yoshni qarshiladi. Xizmatlari yerda qolmadi. 2021-yili “Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi a’lo­chisi”, bir yil o‘tib “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Kimlardir o‘zini imkoniyati keng shaharlarga urayotgan bir paytda chekka elatga el bo‘lib, umrini sadqa qilgan Zulfiya opa kabi fidoyi ayollar bor bo‘lsin. U filolog edi, buning ustiga she’r ham mashq qilardi. Yozgan she’ridan o‘qib berishini so‘raganimda, ich-ichida qolib ketgan hayajoni yuziga qalqib, yoyilib she’rlar o‘qidi. Zulfiya Turdimurodova qirq yil ta’lim sohasida faoliyat olib bordi. E’zozlab o‘qitdi o‘quvchilarini. Oyoqlaridan sovuq o‘tmasin deb partalarning ostiga gilamchalar kestirib soldi. “E, bitta chekka ovulning uch-to‘rtta bolasi deb yuramanmi”, demadi. Har qanday muvaffaqiyatdan oddiy bir cho‘ponning ovulim bolalari bilim olsin, deb qilgan iltimosini a’lo ko‘rdi. Ulamolarimiz “Masjid qurgan masjidning, maktab qurgan ham maktabning, ham ilm­ning savobini oladi”, deydilar. Opa bilan mohi Ramazon kunlarida suhbatlashganimizda ham bir hikmat bordek. Hikmatining siri duolar qabul bo‘lajak rahmat va mag‘firat oyida uning haqqiga qilinajak duolardadir, ehtimol.

Muhayyo PIRNAFASOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15 -mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596