11.02.2025 | 09:09
692
KAMOL ET KASB… “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” chop etildi
Mamlakatimiz ilm-fani, madaniyati va adabiyoti tarixida ilk marotaba yaratilgan “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” – Yangi O‘zbekistonning madaniy va ilmiy hayotida nihoyatda muhim hodisadir. To‘rt jilddan iborat mazkur ensiklopediya buyuk shoir va mutafakkir, yirik davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy mansub bo‘lgan XV asrning II yarmi Xuroson va Movarounnahrdagi tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va adabiy hayot, ulug‘ shoirning tarjimayi holi, faoliyati, yaqinlari, do‘stlari, ijodiyotining ma’naviy sarchashmalari, salaflari, adabiy merosi va uning jahonshumul ahamiyati, qolaversa, mumtoz adabiyotimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni xususida atroflicha ma’lumotlarni qamrab olgan. Unda tarix, din, tasavvuf, irfon, ma’naviy komillik mavzulariga ham keng o‘rin berilgan.

Darhaqiqat, jonajon Vatanimizda ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotda yuz berayotgan yangilanish va erkinlik navoiyshunoslikda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. Faoliyatining dastlabki kunlaridanoq davlatimiz rahbari butun xalqni Navoiy ijodiyotini yangi ma’naviy ehtiyoj va maqsad bilan o‘qib-o‘rganishga chorladi. To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” Prezidentimizning 2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
“O‘zbekiston” nashriyoti bu muhtasham nashrning dunyo yuzini ko‘rishida astoydil jonbozlik ko‘rsatdi. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi tomonidan 2021–2024-yillar mobaynida nashrga tayyorlangan. Qomusdan navoiyshunoslik masalalari, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, ularning xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalari xazinalarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblari, shuningdek, rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari san’at turlarida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishiga doir maqolalar, ayrim lirik asarlarining ilmiy tahlillari ham o‘rin olgan. Unda, eng avvalo, Alisher Navoiy yashagan davrda Xuroson va Movarounnahrda adabiy hayotdagi ijobiy yuksalishlar, ularni yuzaga keltirgan omillar haqidagi maqolalarga keng o‘rin ajratildi. Bu esa yurtimizda kechgan Ikkinchi Uyg‘onish davri – Temuriylar Renessansining hayotiy qudratini idrok qilish va unda Alisher Navoiyning tutgan o‘rnini atroflicha mushohada etish imkonini beradi.
Kitobga Husayn Mirzo hukmronligi ostidagi Xuroson poytaxti – Hirotda yashab mehnat qilgan turkiy qavmlar, ularning o‘ziga xos tabiati, urf-odatlari, saroyda tutgan mavqelari to‘g‘risida qator maqolalar kiritilgan. Shuningdek, ulug‘ shoir zamondoshlari, do‘stlari, u bilan hamnafas ijod qilgan qalam ahli va ularning ijodiy yo‘li borasidagi izlanishlar adabiyot muhiblari uchun hamisha qiziqarli bo‘lgan. Ensiklopediyada shoirning oilasi, qarindosh-urug‘i, do‘stlari, musohiblari, ustoz va shogirdlari, yaqinlari haqida ham ilmiy ahamiyatga molik ma’lumotlar yetarlidir.
Navoiy hazratlari bilan oramizda salkam olti asrlik masofa bo‘lsa-da, u zotning hayoti va ijodini o‘rganish borasida o‘rtada bir bo‘shliq yoki uzilish kuzatilmagan. Shoir hayotligidayoq Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olim-u adiblar tomonidan boshlangan xayrli ishni Abdurauf Fitrat, Olim Sharofiddinov, Oybek, Maqsud Shayxzoda, Vohid Abdullayev, Vohid Zohidov kabi yetuk navoiyshunoslar, Porso Shamsiyev, Hamid Sulaymonov singari jonkuyar matnshunoslar davom ettirishgan. Ularning navoiyshunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”da keng ma’lumotlar taqdim qilindi.
Ma’lumki, Gʻarb adabiyotshunoslari Navoiy hayoti va ijodiga XVI asrdayoq diqqat qarata boshlagan edilar. Fransuz sharqshunosi Bartelemi de Erbelo de Molenvil, L.Buva, Yan Shmidt, Remi Dor, Jan-Pol Ru, Barbara Kellner Xenkel, Yurgen Paul, Y.E.Bertels, S.N.Ivanov, N.I.Konrad, Pave de Kurteyl, E.Braun, V.V.Bartold, A.N.Samoylovich, B.Vahobzoda, Elias Jon Uilkinson Gibb, Edvard Braun, Maria Yeva Sabtelni xonim kabi yuzlab xorijiy olimlarning navoiyshunoslikka doir tadqiqotlari xususidagi ahamiyatli ma’lumotlar esa ensiklopediyaning ilmiy qimmatini yanada oshirgan.
Hozirgi kunda Alisher Navoiyning 240 ming misradan iborat nazmiy asarlari va nasriy durdonalari Yevropa kutubxonalarida saqlanadi. Jahon fondlarida, xususan, Parij Milliy kutubxonasi, Kanadadagi Toronto dorilfununi, Vena Qirollik kutubxonasi, Venger Fanlar akademiyasi, Britaniya muzeyi, Berlin, Venetsiya, Oksford universitetlari kutubxonalarida “Xamsa”ning to‘liq va mazkur asar tarkibidan o‘rin olgan to‘rt dostonning alohida-alohida ko‘chirilgan nusxalari; “Chor devon”ning ko‘plab qo‘lyozmalari; Navoiyning turli davrlarda ko‘chirilgan asarlari asosida tartib berilgan kulliyot, shuningdek, “Lison ut-tayr”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Tarixi muluki ajam”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Devoni Foniy”, “Xamsat ul-mutahayyirin” asarlarining ko‘p nusxali qadimiy qo‘lyozmalari saqlanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ular orasida ulug‘ shoir hayotligi paytida ko‘chirilgan va ulkan ilmiy qimmatga ega bo‘lganlari ham ko‘p. Ensiklopediyaga ana shu mavzularga oid maqolalar ham kiritildi.
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi” ilm-fan, ijod ahli va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Maqsud ASADOV,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor
“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-fevraldagi 6-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



