Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.03.2024 | 12:12

img695

KISHAN KIYMA!

Kishan kiyma, bo‘yin egma,
Ki sen ham hur tug‘ulg‘onsen!
Abdulhamid CHO‘LPON

Keyingi paytlarda chetdagi ayrim g‘arazgo‘y, shovinist kimsalar (ular orasida o‘zini yozuvchi deb biladigan kishilar ham borligi ayniqsa achinarli) tomonidan yurtimizga nisbatan bildiri­layotgan havoyi da’vo-dastaklarga otash­nafas shoiramizning ushbu she’ri munosib javob bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Tahririyat 

Kishanlar kiyaymi,

Bo‘yin egaymi,

Erkimni beraymi senga qaytarib?

O‘zni unutaymi,

qonlar yutaymi,

turaymi qoshingda mu’te, muztarib?!

Chopaymi

Chopilgan tomirlarimni,

Sug‘urib beraymi tilimni?!

Bir “hayt!” deb,

Sermasang qamchining,

Qul qilib beraymi Elimni?!

Ko‘zimni yumaymi,

Endi ochilgan

Tarixning asotir kitoblaridan?

Yuzimni buraymi,

Yovdan yuzini

Burmagan ajdodim xitoblaridan!?

Qilichim tashlaymi

Sinmasdan burun…

Qattol qilichiga tegmay jarangi?

Qo‘qonmi, Marg‘ilon

va yoki Jizzax…

Janggoh etagida tugamay jangi?

Sanchaymi

Har bitta go‘daklarimni,

Vahshiy bir askarning miltiq tiyg‘iga?

Ko‘ylagin ilaymi

Ko‘kaldosh, Ko‘kcha…

Masjidin to‘rida turgan tug‘iga?

O‘taymi

Pok muslim, toza muslima

Bobom yo momomning qabrini buzib?

Yerga urayinmi yalovlarimni

Onam tumorini uzganday uzib?

Ketayinmi yana

Yuz yillar nari,

Peshonamga la’nat tamg‘asin bosib?

O‘ldiraymi 

gul-gul farzandlarimni

Surgunga jo‘natib,

Dorlarga osib?!

Qarab turayinmi

Suvrati a’yon,

Sotqin siyog‘iga jimgina boqib?

La’natlaymi

Cho‘lpon, Usmonlarimni,

Qodiriy kitobin o‘tlarga yoqib?!

Buzayinmi

Xiva, Buxoro Arkin,

Ming yillik minora havozalarin?

Bir dag‘dag‘a qilsang,

Ochib beraymi

Toshkent yo Samarqand darvozalarin?!

Yerga ko‘mayinmi,

Osmonni ochgan

Nasta’liq, shikasta imlolarimni?

Buzilgan qasringga

To‘laymi xiroj –

Ipag-u paxtamni, tillolarimni?

Omi deb kulaymi

Daholarimdan,

Berishsa – ko‘zining yog‘igacha yeb?

Or qilaymi xalqim,

Ona tilimdan,

“Shuyam millatmi deb, shuyam xalqmi deb?!”

Bo‘shatib beraymi

Madrasalarni,

Yov bostirib kelsa – otxonalarga?!

Almashib beraymi

Masjid, madrasa,

Sajdagohlarimni butxonalarga?!

Yana nima deysan,

Nima istaysan,

Yolg‘on, fitnalardan bezmadingmi hech?!

O‘ynashma

Millatning g‘ururi bilan,

Millatning Nomusi, Oridir – bu Erk!

Ona degani bu – Ona tilidir!

Va butun bir xalqning boridir – bu Erk!

Jonini jahonga

Jon deb ulashgan

Ulug‘ bir Onamiz – shu Vatan haqqi,

Kelsang,

Odamday kel! –

Bag‘rimiz ochiq,

Non haqqi, tuz haqqi, jon-u tan haqqi!..

Istibdod sirtmog‘in

Bo‘ynimga solmoq –

Bo‘lsa agar qasding,

Umidingni uz!

Koinot qalbida

Porlab turibdi

Bugun O‘zbek degan munavvar bir So‘z!

Qo‘rqitma!

Qalbimdan qo‘llaringni tort!

Katta Yo‘lga chiqib bo‘lgan Karvonmiz!

Asli sen qo‘rqasan!

Chunki Ishq bilan,

Bir buyuk qalb bo‘lgan O‘zbekistonmiz!

Bir buyuk xalq bo‘lgan O‘zbekistonmiz!

Zebo MIRZO


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591