22.07.2024 | 17:26
336
Kiyim doʻkoni madaniyat vaziri ishtirokidagi reklama uchun jarimaga tortildi
Raqobat qoʻmitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan reklama qilingan kiyim-kechak doʻkonini “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunni buzuvchi deb topdi. Shu bilan birga, idora Madaniyat vazirligi rahbarining xatti-harakatlarida qonunbuzarliklarni aniqlamadi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligini oʻrganishni yakunladi.
2-iyul kuni Madaniyat vazirligi rahbari Toshkentdagi kiyim-kechak doʻkonining reklamasiga tushgandi va u yerda bir nechta kostyumlar kiyib koʻrgandi, shuningdek, yakunda barchani “milliy brend va mahsulotlarimizni qoʻllab-quvvatlashga” chaqirgandi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, qoʻmita maxsus komissiyasi “Boutique” kompaniyasini (Kingsman Uzbekistan doʻkonining egasi) “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasini buzgan deb topdi.
Qoʻmita tomonidan korxonaga nisbatan jarima solish (BHMning 70 baravari – 23,8 mln soʻm) toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, shuningdek, qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik toʻgʻrisida koʻrsatma berildi. “Boutique” belgilangan muddatda jarimani toʻlashi yoki qaror ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Shu bilan birga, komissiya madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada reklama beruvchi, reklama prodyuseri yoki tarqatuvchisi sifatida ishtirok etgani haqida hech qanday alomatni topmadi.
Madaniyat vazirligi rahbari oʻzining shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy kanallar orqali reklama tarqatmagan, shuning uchun u qonunga koʻra reklama muomalasi ishtirokchisi hisoblanmaydi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov reklama roligida suratga tushganiga munosabat bildirgandi va vazir mahsulotlarni reklama qilmagani, “milliy brend rivoji uchun oʻzining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib oʻtgan”ini taʼkidlagandi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
163
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
155
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



