19.05.2024 | 09:38
464
“KO‘MAK”CHILARDAN XOTIRA

Germaniyaga buyuk umidlar bilan tahsil olish uchun borgan talabalar tomonidan 1923-yilning birinchi sentyabrida o‘zbek tilida eski o‘zbek yozuvida ilmiy, adabiy, ijtimoiy “Ko‘mak” nomli jurnal nashr qilinadi. Jurnal manzili “Berlin-Shoneberg, Stubenrausshtrasse” 4-uyda joylashgan bo‘lib, “Ozod Sharq” bosmaxonasida chop etiladi. Unga Sayid Ali Xo‘ja mas’ul muharrirlik qiladi. Jurnal o‘ziga “Bilim Ovro‘padadir!” degan gapni shior qilib oladi. Uning mundarijasidan talabalar tomonidan yozilgan ilmiy, ijtimoiy maqolalar, bir qancha she’rlar o‘rin olgan. Ehtirom ramzi o‘laroq talabalar jurnalda Cho‘lponning “Ketganingda” she’rini ham berishadi.
“Ko‘mak”da Ahmad Shukriy, Sayid Ali Xo‘ja yozgan asarlari bilan qatnashadi. Jami 28 sahifadan iborat bu jurnalning keyingi sonlari chiqmaydi. Berlindagi talabalardan yagona yodgorlik bo‘lgan bu jurnaldagi manbalarning o‘zi ham ularning qalbini, orzu-intilish va dunyoqarashini tasavvur qilishga yordam beradi.
Ovro‘paga borib chuqur bilim olish va yurtiga qaytib Vatanga xizmatni niyat qilgan bu talabalar jadidlar edi. Ular Turkiston turmush tarzini, insonlar fikrini yangilashga, o‘zgartirishga bel bog‘lagan edilar. Taassufki, ularning orzulari armonga aylandi. Bu achchiq tarix, bu talabalarning qismati. Muhtaram “Jadid” o‘quvchilariga “Ko‘mak”dan olingan ayrim manbalarni taqdim etamiz.
B.Muhammad NUR
Izoh: Suratda “Ko‘mak” jurnalining muqovasi

TILAGIMIZ
Yoruqliqg‘a sevinib, imtilib chiqayotg‘an Turkiston shuncha ilmiy kishisizligiga qaramasdan kelgusining buyuk umidlari uchun bizni Ovro‘poga yubordi. Chindan-da, Turkiston chalalikni istamadi. Butunlikni istadi. Juda yaxshi qildi. Biz ammo Ovro‘poda yillarcha qolib o‘qug‘on zamonimizda sevikli Turkistonimizga xizmat qiluvdan mahrum bo‘lub qoluvni istamaymiz. Shu yerda turg‘on chog‘imizda ham bu to‘g‘rida tushunamiz. Buning uchun kuchimiz yetkancha tirishamiz. Buni biz o‘ylab chiqarmadik. Har bir millatning oliy maktab bolalari qayerda bo‘lsa bo‘lsunlar, ilmiy-ijtimoiy yo‘llarda o‘z millatlari uchun cholishadirlar. O‘quv bilangina qolmaydirlar. Bizim ishimiz kelgusida ilmiy ishdir. Shuning uchun hozirdan qo‘limizdan kelgancha chala bo‘lsa-da, kichik bo‘lsa-da, arzimas bo‘lsa-da, qilamiz. Uzoqlarg‘a buyuk umidlar bilan yuborg‘on Turkistonimizga bu harakatimiz ko‘kragimizda yotg‘on xizmat tuyg‘ularini ko‘rsatar umididamiz.
Sulaymonga chumoli chovutka oyog‘ini tortuq kelturganidek biz-da shu kichik jo‘ngni (jurnal ma’nosida – tah.) ulus oyog‘larig‘a to‘shantiramiz. Deymiz, bizning qo‘limizdan kelgani hozir shu bo‘ldi, yararliq bo‘lmasa-da, o‘z bolalaringizniki. Oling, buzuqlarin tuzating, kamchiliklarini to‘ldiring, ko‘maklashing.
“Ko‘mak” tahririyati
TEXNIKA VA BIZ
Texnika – inson tabiatda uchratdigi, topdig‘i quvvat va moddalardan elning ehtiyoj va hojatini o‘tash, turmushni yengillatish uchun riyoziyot, tabiiyot, mexanika fanlarini negiz tutub yasalg‘on, qurilg‘on, ishlangan narsalar, asboblar ham ishlash yo‘sunlarini to‘piga aytiladi.
Kishi dunyog‘a kuchsiz zaif bir holda kelgan. O‘zining to‘garagida minut sayin yutorday dahshat berib turg‘on tabiat va turli dushmanlaridan qondan saqlanish kira kelgan tushungan chorasini oxtara boshlag‘on. Kishi bu hollar ichinda ko‘b dovdiramag‘on. Aqli, fikri soyasinda tegrasindagi topdig‘i toshlardan o‘zining ehtiyojig‘a to‘g‘rilab, hozirg‘i bizning ishlatdigimiz asbob qurollari o‘rnig‘a ishlatish majburiyatida bo‘lg‘on. Mana bu kishining birinchi texnikaga boshlab kirishidir. Buning vositasi bilan dushmanlar orasinda yashab o‘z urug‘ini ko‘payta va yoya olg‘on.
Zamonning o‘tishi bilan ehtiyojning zo‘rayishi orqasida burung‘i qurollar yaroqsiz va yaramas bir holg‘a kelganlar. Kishi bu yaroqsiz narsalar bilan tabiatdagi buyuk tortishish kurashida yenglishini angladi. Ularning yeriga ma’danlardan mukammalroq qurollar yasash darajasiga yetishdi. Tabiatda to‘g‘ri ketirdigi quvvat va moddalarni o‘z istagiga bo‘yin egdirdi. Bularning vositasi bilan sodda qurollar to‘la va mukammaltirildi.
Kishining o‘tkir aqli, o‘rinli fikrlari, charchamas vujudi soyasida texnika tadrijiy suratda olg‘a bosdi. Ayniqsa, hozirg‘i vaqtda Ovro‘po, Amriqoda texnika shunday yuksalgankim, bizning tamonlilarni cheksiz hayratda qoldirarliqdir. Ikki tomoni daraxtlar bilan bezanib yashnagan, keng ozod ko‘chalari, ichiga kirganda o‘chmox sezgilarini beradirgan park, bog‘lari, sog‘liq saqlash o‘yin maydonlari, yo‘sunli, savlatli ko‘rinishda maktablar, dorilfununlar, teatrlar, kutub va qiroatxonalar, muzeylar, binolar, ulardagi kishining ehtiyoji uchun hozirlang‘on narsalar ular soyasida kelgan natijalar elning tirishishini, yashashini, bilimini oshirib tirikchilikni madaniy yo‘lga qo‘yg‘ondir. Tog‘ kabi fabrik-zavodlarda ishlanib chiqarib turg‘on turli mashinalar kishining ustidagi yuklarni oldi. Uzilish va qiynalishdan qutqardi. Bular orqali mayda hunar ishlari yuksaldi. Ko‘k sari kerilib turg‘on yuksak tog‘lar bag‘ridagi qiymatli narsalar osonliq bilan olindi. U qayonlarda javlon otib turg‘on paraxo‘dlar, yer osti, yer yuzi, yer tepasi elektrik va o‘t arabalari va uchg‘uchilar butun yer yuzindagi ellarni bir-birlari bilan aloqada bo‘lishg‘a ham olish-berish ishlarini yuksalishiga sabab bo‘ldi. Suv va ziroat mashinalari sahrolarni bog‘larg‘a aylantirdi. Dehqonchiliq ishlari yuksaldi. Yuqoridag‘i sayg‘onlarimiz Ovro‘po, Amriqoda tirikchilik yo‘llarini ochg‘on texnika orqasinda borliqg‘a chiqazildi. Bu unumli natijalar kun botish elini dunyoda yashashg‘a qiziqtirdi. Shuning uchun bu yo‘lda belni mahkamlab tinmasdan tirishmakdadir.
Endi biz bir aylanib o‘zimizga va bizning texnikamizga qarasaq, yuragimizni ezarlik bir holda bulg‘onilg‘on ko‘ramiz. Madaniy uluslarning yuksalishiga sababchilardan bo‘lg‘on injenerlar, do‘qturlar, agronomlar, turli oliy ma’lumotli ish kishilari va mayda qo‘l hunar ustalari bizda yo‘qdir. Mana bunlarning natijasida yurtimiz noobod, elimiz yo‘qsuldir.
Turkiston eli unumli tuproqlar, turli ma’danli tog‘lar, qiymatli o‘simliklar, oltun barobarida turadirgan hayvonlar va boshqa turli tabiiy boyliqlar bilan birga har turli deyarlik hunarlarga egadir. Netakim: to‘quvchiliq, kunchilik, gilamchilik, ma’danchilik, ipakchilik va boshqalar. Lekin bunlarning hammasi yo‘sunsiz bir yo‘lda ishlanadirlar. Tabiiy boyliqlarni yo‘lga qo‘yish, hunarlarni yuksaltish, zamon – qoliplarig‘a solish harakatlari bizda yo‘qdir. Hunarchilarimizning ishlagan ishlari, chiqozg‘on mollari mamlakatni boyitish narida tursun, boyoqish egalarini qursoqlarini-da to‘yg‘uza olmaydir. Shul sababli ko‘b hunarchilarimiz ishlarini yig‘ishtirib chet kishilar fabrik, zavodlarida qorashchilik xizmatini o‘tashga majbur bo‘lg‘on edilar. Rusiyada ishlab chiqozish ishini tubang‘a ketishi, chetdan narsalar keltirish yo‘qlig‘i qo‘l hunarchilarimizni yana bir oz qimirlatdi.
Elimiz orasida bu kungacha ishlaganimiz elning ruhini ko‘tarmadi. Uni rozi etmadi. Ozg‘ina bo‘lsa-da madaniyatga moyil etdira olmadi. Buning sababi ish kishilarimizning yo‘qlig‘ida deyman. Qanday ishni boshlasaq, qilsaq undan el ko‘ziga bir natijalik narsa ko‘rsata olmadiq. To‘g‘risi, ishlab chiqara olmadiq. Ko‘b joylarda teatur va maktab binolari solmoq uchun aqcha to‘planadir-da o‘zimizda injener – arxituketurlar va boshqa ish kishilari yo‘qlig‘idan yig‘ilg‘on pullar bo‘lmagur narsalarga sarf bo‘lub ketadir. Bu kabi unumsiz ishlarimiz sanoqsiz.
Bizning Turkiston xalqi prakatichini – amaliyotchi xalqdir. Ko‘b so‘z bosh og‘ritar, quruq so‘z quloqqa yoqmas, deb turg‘on el qarshisinda qancha unumsiz ishlar ishlashib yana maddohliqda davom etsak, el shuncha bizdan, madaniyatdan nari qochar.
Shuning uchun bizning Turkistonga Ovro‘po texnikasi bilan qurollang‘on kishilarni yetqizish lozimdir. Mana bunlar vositasi bilangina ishlangan ishlarni, tabiiy boshliqlarni yo‘lga qo‘yulg‘onin, hunarlarni yuksalganin el – o‘z ko‘zi oldida ko‘rgach anglar, tushunar. Madaniyat sari o‘zindan o‘zi oyoq bosar. Ovro‘poning texnika, hunarlarinda oldinda bo‘lg‘on Germaniyag‘a bultur Buxoro va Turkistondan talabalar keldi. Bularning hammasi deyarlik oliy texnika, ziroat va hunar maktablariga kirdilar. Turkiston, Buxoro, Xivada Ovro‘pog‘a yil sayin o‘qug‘uvchilar yuborib turish harakati borlig‘in ko‘ramiz. Mana bular yaqin bir orada yurtimizning unumli sahifasini ochilishig‘a umid va imon ketirtiradir.
A.A.
TURK ADABIYOTIDA IDEALIZM VA REALIZM
Ba’zi Ovro‘po tekshiruvchilar turk qavmlarida injalik sezgulari yo‘q bo‘lub, unlarning tab’larida nuqulgina qiruvchiliq, yovoyiliq bo‘lg‘onlig‘in da’vo etar edilar. Yigirmanchi asrda turk qavmlarining adabiyot dunyosida o‘z borliqlarini ko‘rsatuvlari bu fikrning yanglish ekanligin sezdiradir.
Adabiyot bilag‘onlari: “bir millatning adabiyoti u millatning ruhini ko‘rsataturgan oyinasidir”, deyurlar.
Yangi asr o‘zgarish to‘lqunlar soyasinda turk qavmlarida adabiy asarlar yozila, yangi adabiy oqim va maslaklar tug‘ula boshladi. Gʻarb, sharq va shimol turklari shevalarida yangi adabiyot vujudga keldi. Turkiyada buyuk adabiy chehralar tug‘uldi.
Cheksiz kengayib ketmakda bo‘lg‘on turk qavmlari adabiyot bog‘chalarini kezib chiquv uzoq zamon va ko‘b kuchlar istaydir. Shunday bo‘lsa-da, adabiy maslaklarni tanurg‘a namuna bo‘larliq asarlarni ko‘rsatib o‘tuv mumkindir. Hozirgi asr adabiyot olamida idealizm (g‘oyachiliq) va realizm (haqiqatchiliq) maslaklari katta ro‘l o‘ynaydir. Ko‘bdan ko‘b bir adabiy asar falsafiy yoxud ijtimoiy yoqdan tekshirilaturgan bo‘lsa, mana shu ikki maslak ko‘zgalarini taqib u asarga qaramoqg‘a to‘g‘ri keladir.
Qafqaziyali Husayn Jovid afandining usmonlicha yozilg‘on “Shayx Sa’non” bilan Fitrat afandining chig‘atoy shevasida yozilg‘on “Hind ixtilolchilari” fojiasi idealizm va realizm yo‘llari bilan yozilg‘on asarlardir.
Husayn Jovid afandi mislsiz idealist bo‘lg‘ani kabi Fitrat afandi ulug‘ realistdir. Jovid afandi dramasining qahramoni Shayx Sa’non Arabistondan Qafqaziyaga kelganida ishqga tutiladir-da, yillarcha cho‘chqa boqadir. So‘ngra ma’shuqasi Xumor bilan tog‘lar orasida sevgi yo‘lida jon beradur. Hind ixtilolchilarining qahramoni esa vatani ko‘yida o‘zgaruvchilikni qabul etub Gangar tog‘ida mag‘oralar ichida yashab vatan yovlarig‘a qarshi urushadir, so‘g‘ishadir. Hozirg‘acha o‘qudig‘im dramalar orasida shu ikki munavvar asarga tenglarlik asar yo‘liqmadi. Balkim o‘qug‘onlar bordir. Choqishtirub ko‘rsinlar-chi!
Ahmad SHUKURIY
CHO‘LPON CHO‘LPONDIR
Cho‘lpon o‘ng qulog‘imga kirdikcha ko‘zimga Shekspir ruhi ko‘rinadir-da turadir. Shekspir lirizimasi bilan Cho‘lpon she’riyati orasida naqadar ayirma axtarsam-da, ani topolmadim. “Uyg‘onish”ni necha tobqirlar o‘qub chiqdim. Shekspirni mutolaa etdim.
Eng so‘ng: “Shekspir Cho‘lpondir yoxud Cho‘lpon Shekspirdir…” fikriga keldim. Cho‘lpon she’rlari Shekspir jo‘shqunlug‘i bilan to‘ladir. Cho‘lpon oq ko‘ngilligi Shekspir samimiylig‘idan o‘tadir. Cho‘lpon bizda sevgi tangrisi, sezgu yaratuvchisidir. Cho‘lpon lirik, Cho‘lpon shoirdir. Cho‘lpon cho‘lpondir.
A.SH.
“Ko‘mak”dan olingan manbalarni
S.Karimova, B.Nurmuhammad tayyorladi.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



