Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.10.2025 | 15:27

img973

KO‘NGILNI ROM AYLAB

(Kutilmaganda Sattor Surobdan dolzarb mavzu – to‘y mashmashasi haqida g‘azalnamo SMS kepqoldi. Telefon sovumasdan Siz, aziz o‘quvchilarga uzatyapmiz. Kamoli ehtirom ila Mulla Xunobingiz)

To‘rtelish*da to‘rtta ulpat ellik-ellik girom aylab,
To‘yxonaga kirib bordik mardonavor xirom aylab.

Dasturxonni rangi o‘chdi zumda, laganlar angrayib,
Zakuskani bunda qildik bir chekkadan qiron aylab.

To‘y egasi To‘ychi alkash o‘z to‘yida may ulashmas,
Qo‘l ko‘kisda, yiroqlardan iyak qoqar kirom aylab.

Qorin qappaydi-yu ko‘zlar raqqosaga moyil o‘ldi,
Beayov jilvalar qildi qurg‘ur ko‘ngilni rom aylab.

Sayqallamish ani taqdir bastini xumga o‘xshatub,
Labin pista, yuzin xurmo, qaboqlarin bodom aylab.

To‘k urganday qaltiraydi “Lazgi” chalingan chog‘ida,
Yaqosidan “kal”ni tiqdim san’atin ehtirom aylab.

Jo‘shib qalbim, otarchini bir chekkaga qilib sanjob,
Uch-to‘rt qatla na’ra tortdim mikrapo‘nni achom aylab.

Shul nafis holatni kimdir vidyo‘ga olmish basma-bas,
Tarmoqlarda kulgi qilmish sharaf-shonim harom aylab.

Shunday moxovnusxalar bor, uyat oni taloq qilgan,
Qani endi kalla qo‘ysang aft-angorin shrom** aylab.

Hafta bo‘ldi, Sattor Surob, xotin ketgan la’nat aytib,
Xijolatda shiftga boqib yotippan tarki jom aylab.

Melodiy 2025, 17-o‘ktabr,
tongotar chog‘i miyam qaynab yozdim.

*chorraha (turkiy)    
**chandiq (slavyoncha)

“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596