Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.12.2025 | 11:23

img232

KONSTITUTSIYA – MAMLAKAT TARAQQIYOTI VA FUQAROLIK JAMIYATINING MUSTAHKAM POYDEVORI

Har yili 8-dekabr yurtimizda keng nishonlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni – nafaqat yuridik hujjat qabul qilingan sana, balki mustaqillikning mustahkam poydevori, davlatimizning eng oliy qadriyatlari mujassam bo‘lgan hujjat hayotga kirgan tarixiy kun sifatida alohida ahamiyatga ega.

Konstitutsiya Vatanimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan bosh qomusdir. Unda davlat boshqaruvi tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotiga doir eng muhim qoidalar o‘z aksini topgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining barchasi Konstitutsiyada belgilangan tamoyillar asosida olib borilmoqda. Xususan, inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish borasidagi amaliy natijalar Konstitutsiyamizning hayotiyligini yaqqol namoyon etmoqda.

Konstitutsiya bayrami – nafaqat huquqshunoslar yoki davlat xizmatchilari, balki butun xalqimiz uchun qadrli sana. Zero, unda mamlakatning kelajagi, jamiyatning ertangi kuni, har bir fuqaroning huquq va burchlari aniq belgilab berilgan.

Bugun asosiy Qonunimiz nafaqat hujjat, balki taraqqiyot yo‘limizning bosh mezoni sifatida hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Ushbu qutlug‘ kunda har birimiz Konstitutsiyada belgilangan fuqarolik burchlarimizga mas’uliyat bilan yondashib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim. Chunki kuchli davlat va farovon jamiyat aynan qonun ustuvorligi, tinchlik, totuvlik va birlashgan xalq harakati orqali barpo etiladi.

Ushbu sana barcha yurtdoshlarimizni birlik, vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida yashashga chorlaydi.

Nuriddin NE’MATOV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chilonzor tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img163

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img117

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img155