Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.02.2026 | 09:00

img1489

MANQURT

Chingiz Aytmatovning “manqurt”ini hamma biladi. Qadimda qullarning taqir boshiga tuyaning xom terisini qisib qoplashgan va ularni jazirama oftob tig‘ida o‘tirg‘izib qo‘yishgan, teri qurigach, qulning boshini qattiq qisgan. Bu jazo miyani ishdan chiqarib, qulning xotirasini butunlay o‘ldirgan.

Men bu so‘z xususida to‘xtalishimga uning tub ma’nosini bilishdan ham avval boshqa bir sabab bor. “Kuntug‘mish” dostonida shunday joyi bor. Podsho Kuntug‘mish bilan Xolbekani qatl qilmoqchi bo‘lib turganda vazir unga quyidagicha maslahat soladi: “Ey, taqsir podshohim, osib o‘ldirdingiz – ko‘rdik, bosib o‘ldirdingiz – ko‘rdik, to‘pga solib otdingiz – ko‘rdik. Bu beadablarga shunday jazo buyuramizki, bir tuv tuyani olib kelib so‘ysangiz, terisini tulup qilib olsangiz, xom teriga ikkovini zich qilib tiqsangiz, bir asov baytalning dumiga taqib, cho‘l jaziraga haydab yuborsangiz, bularning  o‘ligini g‘ajir-quzg‘unlar yeb ketsa”. Shundan so‘ng baxshi voqeani shunday hikoya qiladi: “Podsho buyurib, bir tuv tuyani tulup qilib so‘yib, Kuntug‘mish bilan Xolbekani zich qilib, xom teriga tiqib, darvozadan chiqarib, bir asovning dumiga taqib, bir cho‘l jaziraga qaratib, ko‘p odam chuvlab hurkitib, haydab yubordi. Asov baytal hurkib, ikkovini sudrab, cho‘lga uloqib ketdi. Baytalning dumi bir tol, yarim tol uzila-uzila olti kun deganda tulup bir yerda tushib qoldi. Xom teri oftobning harorati  bilan qurib, chunon qisdiki, temirday berkitdi”.

Men bu o‘rinda Aytmatov unday yozgan, Jumanbulbulda munday deb izohlab o‘tirmayman. Ikki holatni muqoyasa qilib, o‘quvchi o‘zi xulosaga keladi. “Xom teri oftobning harorati bilan qurib, chunon qisdiki, temirday berkitdi” degan jumlaning o‘ziyoq buyuk Aytmatovning turkiy xalqlar tarixiy ildizlarini nechog‘li yaxshi bilganini dalillaydi.

Endi manqurt so‘zi tub ma’nosi haqida ikki og‘iz so‘z. Vikipediyada qadimgi turkiy tilda “aqlsiz, tentak, aqldan ozgan” ma’nosini bildirgan munqul so‘zi yoki qozoq tilidagi “o‘zini boshqarolmaslik, aqldan ozish, xotirasizlik” mazmunidagi meңu so‘zi va “quritilgan” ma’nosidagi qurt so‘zi manqurt so‘ziga asos bo‘lgan degan taxmin aytilgan.

Mahmud Koshg‘ariyda mundug‘ – ahmoq, mundi – aqldan ozdi ma’nosida kelgan. “At-tuhfa” lug‘atida befahmlik moң so‘zi bilan ifodalangan. Lekin bular manqurt so‘zining tub ildizini to‘liq dalillay olmaydi, faraz uyg‘otadi, xolos.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-fevraldagi 7-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324