Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2024 | 15:00

img399

“MARDONA ELLARIM BORDIR”

Ajiniyoz o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan xalqimiz madaniyati va adabiyotini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘zibirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ulkan ijodkordir.
Shavkat MIRZIYOYEV

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimov hamda Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo Prezidentimizning “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yurtimizda Ajiniyoz ijodiy merosini yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi. 

– Shu kunga qadar Ajiniyoz ijodiga bag‘ishlangan ko‘plab uchrashuvlar, ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Ilmiy anjumanlarda Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan mehmonlar ishtirok etib, bobomizning ijodi, ilmiy merosi haqida qimmatli fikrlar bildirishdi. Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining kitoblari qoraqalpoq, o‘zbek, ozarbayjon va turk tillarida qayta nashr qilindi. Bobomizning tavalludi nafaqat Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston, balki butun turkiy dunyo miqyosida keng tarzda nishonlanmoqda, – dedi Kengesboy Karimov.

Adabiy-ma’rifiy kechada o‘zbek va qoraqalpoq san’at ustalari tomonidan Ajiniyoz she’rlari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, “Ellarim bordir”, “Bo‘lur”, “Quba qush” kabi ashulalar, “Ajiniyoz ariyasi”, “Orzu” baletidan parcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Shu kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kino san’ati saroyida Prezidentimiz qaroriga asosan ishlab chiqarilgan “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur taqdimotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Omonboy O‘rinboyev ham qatnashdi.

Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ssenariy muallifi, taniqli yozuvchi Muratbay Nizanov shoirning bolalik yillaridan tortib, balog‘atga, so‘ng kamolotga erishgan davrlarini ishonarli tarzda badiiy aks ettirgan. Asarda Ajiniyoz og‘ir-vazmin, favqulodda o‘tkir fikrli, mumtoz adabiyotning katta bilimdoni sifatida tasvirlangan. Sahnalashtiruvchi rejissyor Qudrat Otajonov kartinada qoraqalpoq milliy koloriti, shoir yashagan davrga ishora qiluvchi ramzlarni mahorat bilan aks ettirgan.

Shavkat BOBOMURODOV

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328