Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.11.2024 | 10:07

img691

MARG‘ILONDA UVAYSIYNI KO‘RDIM

Sevikli shoirimiz Muhammad Yusuf bir paytlari “Margʻilonda Kumushni koʻrdim”, – deya ash’or bitmishdi. Oʻqigan zahotim “Yo qudratingdan! Kumushni-ya?!” degandim. Bilasiz, koʻrmasam, tinchimaydiganlardanman. Qaydasan, Margʻilon deb yoʻlga tushvordim.

Soʻrab-soʻrab, Makkani top­gan. “Poyezdingni jildirgan oʻt­xonasi bilan doʻngalagi” deb margʻilonlik mard yigitlarning shahriga oʻtaravamni uloqchi otdek harsillatib kirib bordim. Shohbekatda birinchi duch kel­­gan ulovga mingashdim. Shopir aka manzilni soʻragandi, “Toʻgʻri, moziygʻa!” dedim. Bechora “ajabsingʻan” boʻldi, peshonasida turgan koʻzguga qaradi: “Dunyoda bunday manzil borligʻini umrimda birinchi martaba eshitaman, bek!” – dedi. Men ham ogʻziga urdim: “Dunyoda bunday manzil yoʻq deb oʻylaysizmi, siz eshitmagan boʻlsangiz, manim eshitkanim bor… Bilmasangiz, bilgan yeringizgʻa bosh­langiz!” Yelka qisib, gazni bosdi. Birozdan keyin toʻxtab, bir dargohga ishora qildi. Xayriyat! Tushungan odamni sadagʻasi ketsang arziydi. Ayni men izlagan manzil! Tepasiga “Margʻilon shahar musiqali maqom teatri” deb yozilgan. Ha-a, otangga balli, oʻqigʻuv­chi! “Bu dargohdan hali hech kim norizo boʻlib ketgan emas!”

Ichkariladim. E-he-e! Zal­ning old qatorlari toʻlla odam! Baraka topkur mezbonlar men yoyilib, yayrab tomosha qi­lishim uchun oʻnlab oʻrin hozirlashibdi. Nazoratchi opalardan biri: “Kecha kelsangiz boʻlarkan, rosa koʻpchilik kelgandi”, – dedi. Mayli, bu haqida keyin­roq gaplashamiz, parda ochil­di!

Tolibjon Roʻziboyev qala­miga mansub mazkur asar ma’rifatparvar shoira Jahon otin Uvaysiy yashagan davr, xususan Amir Umarxonning Margʻilonga hokimlik qilgan paytlari, Nodirabegim bilan Uvaysiy munosabatlari, Qoʻ­qon adabiy muhiti va siyo­siy-ijtimoiy vaziyat haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Spektaklni sahnalashtirish jarayonida undagi voqealarga mos milliy maqom yoʻna­lishi­dagi qoʻshiqlardan foydalangan rejissyor Doston Haqberdiyevning mahorati tahsinga loyiq. Musiqalarni sahnaga tayyorlagan Oʻzbe­kistonda xizmat koʻrsatgan artist Muhsinjon Moʻminovga alohida tashakkur!

Birinchi koʻrinish Uvaysiyning “Koʻrmadim” radifli gʻazali bilan boshlanadi. Undan keyin “Chorzarb”. Amiriy gʻazali, xalq kuyi bilan. Liboslar dizayni bilan Rayhon Yoʻldosheva, raqslar boʻyicha Nabijon Rahimovlar ishlagan. Sahnalashtiruvchi rassom Ixtiyor Gʻoyipovning mehnati ham alohida e’tirofga munosib.

Spektakl yarmida taxt oʻrtasidan boʻlinib ketadi. Bu kimning gʻoyasi (muallif, rejissyor yo boshqa) bilmadim, ammo juda puxta oʻylangani shundoq koʻrinib turibdi. Mazkur holat xonlikdagi vaziyatni bir qarashda ochib beradi. Taxtning bir boʻlagida Uvaysiy, bir boʻlagida oʻgʻli. Bir-biriga talpinadi, yetolmaydi. Sahna markazida – oq kiygan ikki oychehra. (Gʻazal bandlari ikki misradan boʻlishini eslang!) Oʻrtada Uvaysiy. Bir tomondan Muhammadjonning bolaligi, bir tomondan yigit­ligi. Shoʻrlik ona goh unisiga, goh bunisiga talpinadi. Bu holat gʻazalning maqta’siga dovur davom etadi. Avji ham shunda!

Meni bekas Uvaysiy yigʻlagʻayman roʻzi shab tinmay,
Uyimning ziynati, koʻz ravshani,  xonimni sogʻindim.

Zolimlar dastidan farzand dogʻida qolgan volida faryodi butun zalni titratib yubordi. Burchak-burchaklarda onaxonlar piqqillab, roʻmolining uchini koʻziga bosib-bosib oladi. Hah, onajon xalqim! Birov nola qilsa, jim qarab tura olmaydi. Hatto u sahna asari boʻlsa ham! Qoʻshilib yigʻlab-yigʻlab oladi. Sal qolsa, sahnaga oʻzini otib, otinoyini bagʻriga bosgancha: “Qoʻying, aylanay, boʻldi! Bunaqada oʻzingizni oldirib qoʻyasiz!” deb yuboradiganlar ham talaygina. Ana san’at! Ana xalq! Ana hamdardlik!

Darvoqe, koʻrinishlardan biri tugal soʻfiyona tus oladi. Gʻira-shirada Uvays Qaraniy, Ibrohim Adham, Alisher Navoiy, Shoh Mashrab siymolari toliba – Jahon otin Uvaysiy atrofida aylanib, unga ma’naviy yoʻlboshchilik qilishadi. Bosh qahramon ulardan ibrat oladi, savol beradi, bahslashadi, oʻgit va tanbeh eshitadi.

Yana bir parda Qoʻqon oʻrdasida Amiriy ahli ilmlar, san’at va adabiyot namoyandalari bilan majlis qurgan chogʻlarini tasvirlaydi. Amir Umarxon bir paytlar Hirotda Alisher Navoiy boshchiligida tuzilgan “Nafis majlislar”ga Husayn Boyqaro homiylik qilgani, oʻzining bu holga havasi borligi va Qoʻqonda ham shunday “Majolis un-nafois” boʻlishini istagani xusu­sida gapiradi. Kengash ahli buni ma’qullaydi. Ammo yigʻinning ba’zi a’zolari ayollar she’riyati va dunyoqarashini keskin tanqid ostiga olib, xonlikda ojizalar faqat uy-roʻzgʻor ishlari bilan mashgʻul boʻlgani ma’qul, degan mazmunda gapiradi. Tabiiyki, Amirning bundan jahli chiqdi va oʻz e’tirozini chiroyli dalillar bilan ifoda etdi. Aynan nima deganiga qiziqqan­lar, marhamat qilib, Margʻilonda­gi musiqali maqom teatriga qadam ranjida qilsun!

Asarni koʻrish mobaynida boshimda bir fikr gʻujgʻon oʻynadi: “Mazkur spektakl Margʻilondan boshqa joyda qoʻyiladirgʻon boʻlsa, bu qadar goʻzal va latif chiqmas. Zotan bu tuproqda Uvaysiy vorislari kamolga yetgan, har birida ­uning yuragi urib turibdi, nafasi ufurib turibdi. Ayollardagi vodiycha nazokat, margʻiloncha lutf, nozik qadam olishlar, erlardagi salobat hamda maqom ijrosidagi an’anaviylik oʻsha davr muhitini yaxshiroq his etishga yordam beradi. Bu ham Samarqand nonini boshqa yerda mazasi oʻxshamasligiga monand hodisa!”

Siz ham keling, koʻring, ana undan keyin “Margʻilonda shunday teatrimiz bor ekan-u, biz bilmay yurgan ekanmiz!” deb yuborga­ningizni bilmay qolasiz!

Ana endi soʻngsoʻz. Kimsan Muhammad Yusuf Margʻilonday joyga kelib, birgina Kumushni koʻrib, qaytgan boʻlsa, faqiringiz bunda Uvaysiyni koʻrdi, Nodirani koʻrdi, Amiriyni koʻrdi! Toleyimdan aylanay!

Shahriyor SHAVKAT

“Jadid” gazetasining 2024-yil 1-noyabrdagi 45-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img80

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img596

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img594