25.07.2024 | 12:36
257
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirdi
Markaziy bank boshqaruvining 2024-yil 25-iyulda asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Bazaviy inflyatsiyaning pasayishi va inflyatsion kutilmalar dinamikasi energiya tariflari oshirilishining inflyatsiyaga ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlayotganligini koʻrsatib, yil yakunida inflyatsiya prognoz koridorining quyi chegaralarida shakllanishi boʻyicha ishonchni oshirmoqda.
Nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari ishlab chiqarishning ijobiy tafovutini qisqarib borishiga va talab tomondan inflyatsion bosimning pasayishiga xizmat qilmoqda.
Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatildi. Tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda.
Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi.
Bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng boʻldi va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaydi. Bu energiya tariflari oʻzgarishining ikkilamchi taʼsiri kutilganidan past boʻlganligi bilan izohlanib, inflyatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora bermoqda.
Joriy yildagi bazaviy inflyatsiya tendensiyasi va inflyatsion omillar taʼsirining kutilganidan pastroq boʻlishi hisobiga inflyatsiya prognozi pasayish tomonga qayta koʻrib chiqildi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9 foiz atrofida shakllanishi va 2025-yil oxirida 5 foizlik target darajasiga yaqinlashishi kutilmoqda.
2024-yilning II choragida iqtisodiy oʻsish tezlashishda davom etib, I yarim yillikda iqtisodiyot real hisobda 6,4 foizga oʻsdi. Sanoat, qurilish va xizmatlar sohalaridagi yuqori faollik iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Yuqori investitsion faollik, xususan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va xususiy kapital qoʻyilmalari yalpi investitsion talabni oshishida muhim omillardan boʻlmoqda. Tadbirkorlarning iqtisodiy faolligi va ishbilarmonlik kayfiyati boʻyicha indekslarda soʻnggi ikki oyda nisbatan pasayish kuzatilgan boʻlsada, ijobiy natijalar saqlanib qolmoqda.
Yilning II yarmida ham yuqori investitsion va ishlab chiqarish faolligining saqlanib qolishi fonida yil yakuni boʻyicha real YIM oʻsishi prognozi 5,7-6,2 foizgacha oshirildi. Aholi va tadbirkorlik subyektlari xarajatlaridagi tarkibiy oʻzgarishlar taʼsirida yalpi isteʼmol talabining maʼlum maʼnoda maqbullashishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiyotda nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlarining saqlanib qolayotganligi yalpi talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga xizmat qiladi. Natijada, bugungi kunda shakllangan 0,5-0,6 foizlik YaIM ijobiy tafovutining yil yakuniga qadar yopilishi va inflyatsiyaga oshiruvchi taʼsiri pasayishi kutilmoqda.
Asosiy savdo hamkorlardagi yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlari hamda jahon narxlarining qulay konyunkturasi sharoitida eksport tushumlari va pul oʻtkazmalari hajmlarining dastlabki prognozlarga nisbatan yuqori surʼatlarda oʻsishi taxmin qilinmoqda.
Joriy yilning II choragida iqtisodiyotga turli kanallar orqali valyuta oqimining sezilarli oshishi kuzatilib, soʻm almashuv kursining barqarorlashishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Bank tizimi umumiy likvidligi, jamgʻarmalar va kreditlar hajmi dinamikasi nisbatan qatʼiy pul-kredit sharoitlari saqlanib qolayotganligini koʻrsatmoqda. Bu, oʻz navbatida, soʻmda jamgʻarish jozibadorligini oshirib, aholi omonatlarida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlab boradi.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar inflyatsion kutilmalarning joriy dinamikasi davom etishi boʻyicha ayrim noaniqliklar hamda xizmatlar bazaviy inflyatsiyasi yuqoriligi bilan bogʻliq inflyatsiyani oshiruvchi xatarlar ham saqlanib qolmoqda.
Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qatʼiy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davom etadi. Bunda, asosiy stavka boʻyicha kelgusi qarorlar inflyatsiya dinamikasi va prognozi, inflyatsion kutilmalar hamda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha kelgusi davr maʼlumotlari asosida qabul qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2024-yil 12-sentabrga belgilangan.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



