Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.10.2025 | 16:21

img1437

“MAROMIYLIK” LOYIHASI DOIRASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TARG‘IBOT TADBIRLARI BOSHLANMOQDA

So‘nggi yillarda jamiyatda ortiqcha isrofgarchilik, dabdababozlik, shuhratparastlik va me’yorni saqlamaslik kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Xususan, oilaviy tadbirlar, to‘y va marosimlarning haddan tashqari dabdabali o‘tkazilishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, milliy qadriyatlarimizga zid kayfiyatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur muammolarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda “maromiylik” tamoyillariga asoslangan hayot tarzini qaror toptirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025–yil 14-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahalla tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal qilish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarning ongida islohotlarga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentyabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 589-sonli qarori imzolandi.

Jamiyatda aynan maromiylik madaniyatini keng targ‘ib etish orqali fuqarolarda me’yorni saqlash, ortiqcha isrofgarchilikdan tiyilish, shukronalik va bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlarni hayot mezoniga aylantirish, natijada jamiyatda totuvlik, hamjihatlik va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Shu maqsad yo‘lida kuchlar birlashtirilib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra,  targ‘ibot ishlarida dolzarb 90 kunlik belgilab olindi.

Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil qilingan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.

Unda tegishli tashkilotlar mas’ullari, ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, olimlar, ziyolilar, mahalla faollari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida joriy yilda Markaz tomonidan jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan bir qator amaliy choralar ko‘rilgani, jumladan, “Iste’molchilik jamiyati” illatlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish maqsadida “2025–2030-yillarda Yangi O‘zbekiston sharoitida farovon jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi” tayyorlangani, hozirda ushbu konsepsiya yetuk olimlar bilan hamkorlikda takomillashtirilayotgani aytildi.

Shuningdek, jamiyatda “maromiylik” tamoyillarini keng targ‘ib etish, to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda huquqiy asoslarni yaratish maqsadida respublika olimlari ishtirokida “Ijtimoiy faollikka tayangan taraqqiyotga erishishning ma’naviy asoslari” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiya tashkil etildi. Mahallalarda 374 mingdan ziyod fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi. Ushbu tadqiqot orqali aholining milliy qadriyatlarga munosabati, ijtimoiy fikri va psixologik kayfiyati o‘rganildi.

Otabek Xasanov – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari:

  • Ayrim oilalarda yillar davomida katta mashaqqatlar bilan to‘plangan mablag‘ni “nom chiqarish”, “obro‘ qozonish” maqsadida bir kunda ortiqcha marosimlar, dabdabali to‘ylarga sarflab yuborish holatlari keskin ortmoqda. Yana bir xavotirli holat, kreditni zarurat uchun emas, balki obro‘ yoki “odamlardan qolmaslik” uchun olish holatlari odatiy holga aylanib qolmoqda. Natijada yosh oilalar hayotining ilk yillarini qarz bilan boshlaydi. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ruhiy bosim bo‘lib, ko‘pincha oilaviy nizolar, erta ajrimlar va boshqa ko‘ngilsiz holatlarga olib kelmoqda.

Qahramon Quronboyev – O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi:

  • Mazkur dasturning bosh maqsadi — xalqimiz orasida ixchamlik, kamtarlik va shukronalik madaniyatini mustahkamlash, to‘y va ma’rakalarni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda, ortiqcha dabdabadan xoli holda o‘tkazishni odatga aylantirishdir. Shu bilan birga, bu dastur orqali oilalarning ortiqcha qarzdorlikka botishiga yo‘l qo‘ymaslik; yoshlarni moliyaviy savodxonlikka o‘rgatish, to‘y va ma’rakalarni ixcham, samimiy va mazmunli o‘tkazishni qo‘llab–quvvatlash, mahallalarda “Ixchamlik — bu madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etish maqsad qilib olingan.

Zulayho Mahkamova – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

  • Bugun biz oilaviy ajrimlar va turli muammolarning inson umrini uzaytirishga, ayollar qadrini ko‘tarishga, oiladagi salomatlik va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga zid ekanligini guvohi bo‘layapmiz. Shu sababli, biz oila ilmi va ma’rifati yo‘nalishida, ma’rifatli ayollar kengashi bilan birgalikda joylarda alohida tadbirlar davomiyligini ta’minlaymiz.Bugungi chora-tadbirlar orqali biz xalqimizning farovon turmush tarzini ta’minlash, qadriyatlarimizni asrash va sog‘lom, bilimli, ma’rifatli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladigan tizimni birgalikda yaratmoqdamiz.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi

  • Alloh isrof qiluvchilarni yomon ko‘radi. Shu bois hammamiz birlashib, bu kabi holatlarni oldini olishimiz zarur. Bu borada birinchi navbatda albatta o‘zimiz namuna bo‘lsak, bu illatlarni bartaraf eta olamiz.

Ma’lum qilinishicha, dastur doirasidagi ishlar uch yo‘nalishda: tashkiliy, an’anaviy va raqamli targ‘ibotyo‘nalishlarida olib boriladi.

Xususan, fuqarolar orasida me’yorni saqlash, isrofgarchilikdan tiyilish, shukronalik va bag‘rikenglik fazilatlarini targ‘ib etishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi. “Iste’molchilik jamiyati” mavzusida siyosiy-ma’rifat soatlari, syeminar-treninglar va ochiq muloqotlarni tashkil etiladi.  Isrofgarchilik va ijtimoiy-psixologik oqibatlar bo‘yicha sinopsis, tahliliy materiallar, metodik qo‘llanmalar tayyorlanadi. Media kampaniyalar, videoroliklar, maqolalar va tele-radio ko‘rsatuvlar orqali aholi orasida maromiylik madaniyati keng targ‘ib qilinadi. Davlat va jamoat tashkilotlarining ushbu jarayondagi rolini kuchaytirish maqsadida Respublika o‘quv seminari o‘tkaziladi.  

Mazkur tashabbus jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish va milliy qadriyatlarimizga asoslangan me’yoriy hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bahora Ahmedova
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati rahbari


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img165

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img119

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img157