Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.09.2024 | 16:28

img186

“MOYKA” MUAMMOSI

Mashina yuvish uchun “avto moyka”lar juda urf bo‘ldi.

Ularda, odatda, faol kimyoviy vositalar ishlatiladi. Ushbu vositalar tarkibida, umumiy olinsa, anionli va kationli sirt faol moddalar (SFM), ETDA tuzlari, natriy ishqori va turli bo‘yoqlar mavjud. Asosiy moddalari anionli SMF hisoblanadi. Ayrim manbalarga ko‘ra ­15 foiz­gacha shunday birikmalar qo‘shiladi.

Anionli SFM kimyoviy jihatdan o‘ta faol hisoblanadi. Qiyin eruv­chan yog‘larni ham eritadi.

“Moyka”ga boradiganlar sezgan, lekin e’tibor bermagan bir narsa: faol kimyoviy vosita sepayotganingizda nafas olishingiz qiyinlashadi. Bu anionli SFMning ta’siridir. Bu moddalar gipoksiya – nafas olishni qiyinlashtiradi. Tez-tez mashina yuvadiganlar bora-bora to‘liq nafas olishga qiynaladi.

Yuqoridagi vositalar allergiya chaqiradi. Buyrak va jigar kabi muhim a’zolarga ta’sir etadi.

“Moyka”dan chiqqan suv qayoq­qa ketadi? Uning nazorati bormi? Bu savolga men javob bera olmayman.

Hozir “moyka”lar nafaqat sha­har­larda, balki tuman va qish­­loq­lar­da ham ko‘paymoqda. Bu joylarda oqar suvlar “moyka”larning “faol kimyo”sidan himoyalangan emas. Har kuni tonna-tonna zaharli oqava oqiziladi, qayoqqa oqayotgani, tabiiy manbalar – ekotizimga ta’siri ilmiy tahlil etilgan emas.

“Moyka”lardagi kimyoviy vositalarga qanday asosda ruxsat berilgan, bilmayman.

“Tuproqlarimiz zaharlangan” deb sobiq Ittifoqni qoralaymiz, yomon­laymiz, lekin hozirgi bu ishimizga qanday baho beramiz?

Men “moyka”larga qarshi emas­man, lekin kimyoviy vositalarni cheklash kerak! Bu vositalardan hech kim himoyalangan emas. Sababini yuqorida keltirdim: uning oqavasi baribir aylanib-aylanib ichimlik suviga qo‘shiladi! Oqava suv bug‘lanib havoga singib ketishi mumkin, lekin uning tarkibidagi hamma modda tuproqda qoladi. Boshqa suv manbasi baribir uni “topib” oladi.

Balki bizda hali maishiy kim­yoviy vositalar haqida qonunchilik yo‘qdir. Agar bo‘lmasa, qonunchiligini ishlab chiqish vaqti yetgan.

Onkologik kasalliklar ko‘payib ketganini ko‘p gapiramiz. Unutmas­lik kerakki, bu kasallikning eng asosiy manbasi – maishiy kimyo­viy vositalar! “Moyka”ning moddalari, oshxonangizdagi idish yuvish vositalari!

Umid qilamanki, fikrim mutasad­dilarga yetib boradi va masala ijobiy yechim topadi.

Baxtiyor ABDUGʻAFUR,
Feysbuk

 “Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600