11.11.2026 | 09:51
350
MOZIY KUYÇISI
Şunday yozuvçilar borki, ular poytaxtning qaynoq adabiy muhitidan birmunça çetda yaşab ham, öz ijodi bilan mana şu qaynoq muhitning e’tibor markazida böla oladilar, qişloq qalbi bilan samimiy asarlar yozib, el nazariga tuşadilar. Hozirga qadar yigirmaga yaqin kitoblari e’lon qilingan Jöra Fozil şunday adiblar sirasiga kiradi.
Yozuvçi hayotiga çuqurroq nazar taşlasangiz, uning bolalik va yoşlik yillari tariximizning oğir va maşaqqatli davrlariga töğri kelgani, astoydil intiliş va harakat orqali inson öz oldiga qöygan maqsadlariga erişişi mumkinligiga yana bir bor amin bölasiz.

Zamonaviy adabiyotimizda öz sözi va örniga ega bölgan zahmatkaş va iste’dodli adib, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Jöra Fozil haqida söz borganda, dastavval, oddiy va kamtarin inson siymosi tasavvurimizda jonlanadi. Ayni paytda, nuroniy 77 yoşida ham faol qalam tebratib kelayotgan adibning badiiy barkamol asarlari allaqaçon köp sonli öquvçilarning ma’naviy mulkiga aylangan.
Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yozuvçi va şoirlarni qöllab-quvvatlaş, adabiyotga e’tibor davlatimiz siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylangani, ayniqsa, keyingi ön yilda ijodkorlar mehnatini munosib baholaş va ularga ijodiy şaroit yaratiş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilayotganiga barçamiz guvohmiz.
Yaqinda Buxoro davlat universitetida bölib ötgan “Moziyda turkiy qavm va özbeklarning milliy mustaqillik hamda davlatçilik uçun olib borgan kuraşlar tasviri” mavzuidagi respublika ilmiy konferensiyasi ham adabiyotga qaratilayotgan e’tibor namunasi böldi. Respublikamizdagi taniqli olim va yozuvçilar iştirok etgan uşbu anjuman milliy adabiyotimizning iste’dodli vakili bölmiş Jöra Fozilning serqirra ijodi hamda asarlarida ifodalangan milliy mustaqillik, davlatçilik, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlar masalalarini çuqur tadqiq etişga bağişlandi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, badiiy adabiyot inson va jamiyat hayotining oddiy tasviri emas, u xalqning tarixiy xotirasini, orzu-intilişlarini, milliy ruhiyati va ezgu ğoyalarini, kelajak haqidagi tasavvurlarini özida mujassam etadigan bebaho ma’naviy boylikdir. Jöra Fozil asarlarini örganiş ham xalqimizning tarixiy tafakkuri, milliy özlikni anglaş jarayoni va badiiy-estetik qaraşlarini yanada çuqurroq idrok etiş imkonini beradi. Inson taqdiri, tarix, jamiyat, kuraş va quvonç aks etadi bu asarlarda.
Tadbirda sözga çiqqanlar yozuvçining “Ayriliq ostonasi”, “Buxoro malikasi”, “Buxoroyi şarif elçilari” kabi tarixiy asarlari, şuningdek, “Sönmas çiroqlar”, “Tiyramoh armonlari” kabi qissalarining mazmun-mohiyatiga alohida töxtalib ötdilar.
Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev, Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron kabi ziyolilarning Jöra Fozil ijodiga yuqori baho bergani ham bejiz emas.
Konferensiya işida Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti ilmiy jamoasi vakillari ham onlayn şaklda öz ma’ruzalari bilan iştirok etdi. Ma’ruzalar davomida turkiy xalqlar va özbek davlatçiligi tarixi, milliy mustaqillik uçun olib borilgan kuraşlarning badiiy adabiyotdagi ifodasi, yozuvçi Jöra Fozil ijodining tarixiy-ma’rifiy ahamiyati hamda milliy özlikni anglaş masalalariga muhim e’tibor qaratildi. Tadbirda adib ijodiga bağişlangan videorolik namoyiş etildi.
Anjuman tajribali olimlar va yoş tadqiqotçilar örtasidagi ilmiy muloqotni mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ham ahamiyatli böldi.
Adib betakror asarlar yoziş bilan birga tarjima jabhasida barakali qalam tebratib, özbek kitobxonlariga jahon nasri namunalarini taqdim etgani ham ahamiyatlidir. Xususan, Konstantin Paustovskiyning “Sevgi” romani va turkum hikoyalarini, Viktor Astafyevning “Ğamgin sarguzaşt” romani va “Munavvar yulduzlar” qissasini kitobxonlarimiz aynan Jöra Fozil mehnati sabab ona tilida öqib kelmoqda.
Şu örinda ta’kidlaş kerakki, Jöra Fozil zamon şiddatidan yoşlar kitobdan uzoqlaşyapti, deb nolib ötiradigan adiblardan emas. Şu yoşda ham yeng şimarib, xalqning ma’naviy ehtiyojini qondiriş, öz ijodini muxlislarga yetkaziş yölida ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritib, video şaklda postlar joylab bormoqda. Bu işga boş qöşganlardan ham minnatdormiz.
Muhtaram Prezidentimiz Farmoni bilan Jöra Fozil respublika va hududiy matbuot naşrlaridagi köp yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz rivojiga qöşgan hissasi, özbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar, tarjimalar bilan boyitiş, yoş avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi xizmatlari hamda tavalludining yetmiş yilligi munosabati bilan 2019-yilda davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri – “Döstlik” ordeni bilan taqdirlangan. Zero, bu yurtda inson va uning mehnati, badiiy va intellektual salohiyati qadrlanadi va munosib e’tirofini topadi. Adibimizning hayot yöli buning yorqin misolidir.
Niyatimiz, ustoz adib va tarjimon Jöra Fozilning umri uzoq, ijodi yanada barakali bölsin! Oğir yillarda tarixiy mavzuda asar yozib, ma’naviy jasorat körsatgan adib bugungi oçiqlik, erkinlik, arxivlarga yöllar oçilib, turli taqiqlar bekor bölgan davrda yangi kuç-ğayrat bilan ijodga şönğişiga aminmiz. Bu borada ustozga sabr-bardoş, salomatlik va yuksak ilhom tilab qolamiz.
Hamid ĞAFUROV, Obid QÖLDOŞ
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583
