Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.06.2024 | 18:11

img201

“MUKOFOTNI O‘Z EGASI – OTAMGA TOPSHIRAMAN”

Kelajak bugundan boshlanadi, deyishadi. Darhaqiqat, shunday. Aks holda, o‘z farzandlariga qarata: “Tap tortmay yelkamga chiq-da, mendan o‘n kalla baland bo‘l, bolam!” deydigan, hech ikkilanmay kelajakka sarmoya kiritadigan otalar juda kamyob bo‘lardi. Fidoyi o‘g‘illar: “Dada, bari­bir meni o‘qitolmaysiz, undan ko‘ra, o‘zingizni – bugunni o‘ylang. Men xorijga, ishga ketaman”, deydigan bo‘lsa, “Bugundan boshlab buguning bilan o‘zing, kelajaging bilan men shug‘ullanaman. Sen o‘qi”, deydigan otalar, xayriyatki, ko‘p. Bu ham kelajakka ishonchdan, aslida.

Ha, yosh avlod bilan do‘stona kengasha oladigan, kerak bo‘lsa, unga o‘z yelkasini zina qiladigan tanti otalar farzandlarining bugunini ham, kelajagi­ni ham ta’minlashga qodir. Kuni kecha Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tgan “Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida men bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan, “Damas” avtomobili sovrindori Shahzod Otamurodovning hayajonli so‘zlari hamon quloqlarim ostida jaranglaydi.

– Avvalo, biz yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar uchun Prezidentimizga, universitetimiz jamoasiga va albatta, otamga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – dedi u. – Maktabni bitirganimdan so‘ng: “Ota, men Rossiyada ishlab kelmoqchiman. O‘qimayman”, degandim. U kishi: “Sen­dan buni kutmagandim, bolam!” deb indamay o‘rnidan turib ketdi. Xayolimda otam birdan kichrayib, bir burda bo‘lib qolganday tuyuldi. Shu voqea ta’sir qilib, Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirdim. O‘qishga kirdim. O‘qiyapman ham. O‘zi yemay-ichmay, birovdan kam qilmay, bekam-u ko‘st bi­lim olishim uchun hamon velosipedda yuradigan otamning fidoyiligi sabab bugun men shunday yutuqqa erishdim. Ruxsatingiz bilan, hozir bu muko­fotni o‘z egasi – otamga topshirsam…

Sahnadagi otaning sevinch ko‘z­yoshlari-yu farzandning samimiy iqrori naqadar go‘zal, naqadar zalvorli edi. Ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ruxsora Imomova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Dildora Yorbulova va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblarining yuz-­ko‘zidagi quvonch-u mamnuniyat ifodasini ko‘rish ham maroqli edi, albatta. Negaki, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan yosh ijodkorlar­ning Zomin an’anaviy respublika semi­nari, “Vatan manzumasi” va boshqa o‘nlab tadbirlar yoshlarning o‘z ijodiy qobiliyatini to‘la namoyon etishlariga xizmat qilmoqda. Ularning ko‘p nusxadagi kitob­lari chop etilib, ijodi munosib ravishda rag‘batlantirilmoqda. “Ilhom” mukofoti ham atoqli adiblar ijodini keng o‘rga­nish, asarlarini tarjima qilish, tadqiq etish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonda yuqori natijalarga erishgan, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan bo‘lib, tanlovning bu yilgi g‘olib­lari o‘n mingdan ortiq talaba-yoshlar orasidan saralab olingan.

Gʻoliblarga mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosa­ri Zulayho Mahkamova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev topshirdi.

Shuhrat AZIZOV

Abdumannon MUHAMMAD olgan surat.
“Jadid” gazetasi | 2024-yil 14–iyun | 25-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596