18.03.2026 | 14:48
2483
MUSHTIPARNING NEGA MUSHTI PAR?
Mushtipar so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: Qo‘lidan biror ish kelmaydigan, ojiz, bechora (ayollar haqida). Boshqa lug‘atlarda ham izohlar shu ma’noda keladi va dard ustiga chipqonday notavon degan xunuk sifatni ham qo‘shib qo‘yishadi. Ehtimol, bu so‘z paydo bo‘lgan ilk davrlarda shu ma’noni anglatgandir. Lekin keyin ma’no o‘zgargan.

Men bolaligimdan bu so‘zni ko‘p eshitganman, lekin uni qo‘lidan ish kelmaydigan ojiz, bechora ma’nosida tushunmaganman. El tilida bu so‘z mehribon, kuyunchak, jonkuyar, duogo‘y ma’nolarida kelishini anglaganman. Akalar singillarini mushtiparim deyishgan. Onalar o‘g‘illariga “mushtiparingdan boxabar bo‘l” deb qizlarini omonat qilishgan.
Yo‘q, bu so‘zni “bechora”, “notavon” ma’nosida qabul qilish qiyin. Mushtipar so‘zida she’riy ruh bor. Mushti par deganda opa yo singilning hatto mushti ham parday yumshoq, seni ursa ham, urishsa ham botmaydi, aksincha yoqimli deganday ma’noni ilg‘ash mumkin.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-martdagi 10-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



