Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.10.2024 | 14:43

img2408

Nechta xotinga uylanish mumkin?

Albatta, ba’zi hurmatli o‘quvchilarimiz darrov bittadan to‘rttagacha xotin olish shariat bo‘yicha joiz deb javob beradilar. Biroz sabr qilinglar, deyman ularga. Bu savolning javobi unchalik ham oson emas.

Yuqorida zikr etgan edimki, odamlar avval oila shaklida jam bo‘ladilar va bir necha oiladan bir qavm paydo bo‘ladi. Ma’lumki, bir qavmning har bir oilasi saodatli va baxtli bo‘lmasalar, o‘sha qavmni baxtiyor va baxtli deyish xatodir. Hamma oila a’zosidan birortasi baxtli bo‘lmasa, o‘sha oilani baxtiyor deyish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Modomiki, qavm oilalardan va oila alohida odamlardan tarkib topgan ekan, «ozdan ko‘pga» degandek aytish mumkinki, har qavmning saodati shu qavm oilalarning baxtiyorligidan va har bir oilaning saodati shu oila a’zolarining baxtiyorligi va baxtliligi bilan bog‘liq.

Nechta ayolga uylanish masalasini shu nuqtayi nazardan muhokama qilamiz. Bir nechta xotinga uylanish oilalarni baxtli qiladimi yoki baxtsiz? Shu oila a’zolariga shodonlik keltiradimi yoki baxtsizlik? Agarda biz o‘lkamizdagi ikki xotinlik kishilarning umumiy ahvolini ko‘zimiz oldiga keltirsak, osonlik bilan hukm chiqaramizki, ko‘p xotinlilik naqadar jabr va zulm, zulmu jafo esa badbaxtlik va achchiq hayotning sababi ekan. Baxtsizlik va og‘ir hayotga olib keltiradigan ishni hech qachon qilish kerak emas.

Ko‘p xotinlilik fikriga oid bo‘lgan masalani ikki muqaddimada sharhlab bermoqchiman. Avval siz falon qizni nikohingizga olasiz. Ya’ni ul bechoraga saodat va baxtiyorlik va’da qilib, hayotining boyligi ya’ni yoshligini o‘z tasarrufingizga olasiz. Ikki-uch yil yaxshi yashaysiz. Uylanishdan maqsad bo‘lgan ikki-uch farzand vujudga keladi. Ayolning tarovati va yoshligi sizning muhabbatingiz va mehringiz yo‘lida sarf bo‘lgandan so‘ng sizning hayvonlik shahvatingiz uyg‘onib harakatga keladi. Nafsingiz orom topishi uchun u xotin sizga kifoya qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, saodat va baxtiyorlik umidi bilan yoshlik ayyomini sizning orzu-havaslaringizni ado qilib, ikki-uch farzand ko‘rgan xotinni qo‘yib yuborib, «so‘fi» nomini olib yangi xotin olasiz. Bu va’daga xiloflik va xiyonatdir.

Yangi xotinga butunlay berilib ketasiz, birinchi xotinni va hayotingiz mevalari bo‘lgan farzandlaringizni shuuringizdan chetlashtirasiz. Tabiiyki, o‘sha xotin farzandlari bilan birga sizga bo‘lgan muhabbatini yo‘qotadi. Sizdan va yangi xotiningizdan nafratlanadi. Vaqt o‘tishi bilan yangi xotindan ham bir-ikki farzand tug‘ilgach, bu o‘zaro nafrat yanada kuchayadi. Vaholanki, koinotda qaysi ikkita jins birga bo‘lsa, muhabbat natijasi ekanligi ma’lum. Shunday ekan, oila a’zolari orasida muhabbat ko‘tarilsa, vayronlik, tarqoqlik va intizomsizlik kelib chiqadi. Shuning uchun ham birinchi va ikkinchi xotin va ularning bolalari o‘rtasida kun sayin nafrat oshib boradi, yoqalashish yuzaga keladi, siz baxtsiz, farzandlaringiz xulqi yomon bo‘ladi.

Siz har kuni tirikchilik yuzasidan ko‘chaga chiqib ketasiz va kechgacha harakatda bo‘lasiz. Kechqurun dam olish umidida uyga qaytasiz va ko‘pincha ana shu yoqa ushlashish va haqoratlar ustidan chiqib qolasiz. Ko‘pincha bunga siz birinchi xotin va uning bolalarini ayblab (gunohsiz bo‘lsalar ham), ularni yomonlab, so‘kib, hatto insofsizlikka ham o‘tishingiz mumkin, oxiri dardu alam bilan uxlashga yotasiz. Ammo qani uyqu?… Ertasi kuni yana parishonlik bilan ishga ketasiz. Xotinlaringiz esa tinchimaydilar. Bir-birlariga qarshi turib, uy anjomlarini sotib bo‘lsa ham duoxon, yolg‘iz eshonlarga borib xushparast ko‘nglingizni o‘zlariga isitmoqchi bo‘ladilar. Bu duoxonlikdan ham foyda ko‘rmaydilar. Yanada o‘zaro nafrat va gina ko‘payib boradi. Yangi xotin birinchi ayolingiz bolalariga, eski xotin yangi ayolingiz farzandlariga dushmanlik qilib jonlariga azob beradilar. Hatto, fursat topib, bir-birlarining bolalarini xiyla bilan nobud qilish payiga tushadilar. Bu buzg‘unchilik, urush va janjallarga bardosh bermay majbur bo‘lib, ikki ishdan birini tanlaysiz yo xotinlarni bir-biridan ajratasiz, ya’ni birini boshqa uyga ko‘chirib sadaqa, deb biror narsa berasiz yoki talog‘ini berib, boshqa kishining soyasiga yuborasiz. Shu bahona bilan farzandlaringiz ota mehridan mahrum bo‘ladilar. Yomon tarbiya olib boshingizga balo bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas. Har ikkala yo‘l ham barchangiz uchun zulm va insofsizlikdan boshqa narsa emas.

Bu muqaddimadan ko‘p xotinlik, ya’ni ikkita xotinga uylanish bevafolik, adovat, vayronalik, fasodu zulm va insofsizlikka olib kelishi ma’lum bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shariat hukmiga ham, aql va vijdon hukmiga ham bu to‘g‘ri kelmaydi. Shunday ekan, shuncha behudagarchilikka olib keladigan ko‘p xotinlilik to‘g‘rimi yoki yo‘q?

Abdurauf Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» asaridan


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599