10.04.2024 | 20:34
258
NIGOH SEHRI

Karl Gunning “Ko‘k ko‘ylakli xonim” asarini O‘zbekiston davlat san’at muzeyining tashrif qog‘ozi deyish mumkin. U hajman kattaligi, tasvirning jonliligi va yosh xonim nigohidagi sirli horg‘inlik tufayli diqqatni tortadi. Yonoqlaridagi husniga husn qo‘shib turgan qizillik esa u yashirishga urinayotgan xastalik nishonasi.
Muzey xodimasi aytgan ma’lumotga ko‘ra, bu surat XIX asrning birinchi yarmiga taalluqli. Asarning nafisligi va jonli tasviri bilan birga yaratilish tarixi ham qiziqarli. Zodagon kishining suyukli rafiqasi tuzalmas dardga chalinadi. Ayoliga bo‘lgan kuchli sevgisi tufayli undan esdalik qolishini istab, suratini chizdiradi. Keyinchalik, boy janobning rafiqasi vafot etadi. U rassom Karl Gundan asarni yakunlab berishini so‘raydi va suratdagi ko‘k ko‘ylakni bo‘y-basti ayoliga o‘xshash xizmatkor kiyib turadi. Asarning qimmatini zarracha kamaytirmagan holda, qaytaga qadrini oshirishga xizmat qilgan tarixga ega betakror surat dunyoga keladi. Qo‘ng‘ir sochlar, yupqa pushti lablar. G‘arbda mukammal tasvirlash ustunligi sababidan xona o‘ta hashamdor, asar nomiga aylangan ko‘k ko‘ylak esa mukammallikning ayni o‘zginasi.
Asarda kishini o‘ziga maftun etuvchi, anglash qiyin bo‘lgan bir sirlilik bor. Nazarimda, faqat shu suratni ko‘rish uchun kelgan kishi ham tashrifidan afsuslanmaydi. Surat qimmatini, ehtimol, soha mutaxassislari yaxshiroq bilishar. Men uchun esa, uning qimmati jimjimador ko‘ylak kiygan sarvqomat sadoqatli dilbarning sevgisidir. Bu xonim meni o‘ziga shunchalar maftun etib qo‘ydiki, bir kunda bir necha bor ko‘rishga bordim. Ishonch bilan ayta olamanki, tasviriy san’at shaydolarini “Ko‘k ko‘ylakli xonim” o‘ziga maftun etmay qo‘ymaydi. Go‘zallikda sir bor, dardli chiroyda esa sehr.
Eldor ABDULLAYEV, talaba
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596
