17.01.2025 | 17:20
419
Nukusda “Biz suv o‘tlari edik” nomli zamonaviy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
13-fevraldan 13-martga qadar Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyida “Biz suv o‘tlari bo‘lganmiz” nomli zamonaviy san’at ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

“Biz suv o‘tlari edik” ko‘rgazmasi bir zamonlar tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan hamda hozirda san’at, xotira va madaniy meros sifatida saqlanib qolgan narsalar to‘g‘risida hikoya qiluvchi o‘tmish bilan bugungi kun o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi loyiha hisoblanadi.
Ko‘rgazmadagi har bir ishtirokchi o‘zining shaxsiy nuqtayi nazarini taqdim etadi. Unda Aleksandr Ugay (asarlari Stedelijk, Albertina va Pompidu markazida namoyish etilgan), Saodat Ismoilova (2013 va 2022-yillardagi Venetsiya biyennalesida qatnashgan), The2vvo (Lena Pozdnyakova va Eldar Tagi 2024-yil Qozog‘iston nomidan Venetsiya biyennalesida qatnashgan), Liliya Bakanova (rus-qozoq-o‘zbek milliy amaliy san’ati bilan shug‘ullanuvchi rassom) singari taniqli rassomlar ishtirok etadi.
Aleksandr Ugay o‘z asarlarida jamiyat va shaxsiy xotira bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. U Mo‘ynoqdagi sobiq dengiz gorizontlarining dekonstruksiyalangan fotosuratlarini taqdim etadi.

Saodat Ismoilova o‘z ijodida mintaqaning murakkab va ko‘p qatlamli madaniyatini o‘rganadi, ayniqsa ekologik muammolar, ayollarning o‘ziga xos xususiyatlari va emansipatsiyasiga alohida e’tibor qaratadi.

The2vvo suv osti va dala tovushlari, shuningdek, Orolbo‘yi aholisining suhbatlarini o‘zida mujassamlashtirgan so‘zlovchi haykal yaratgan. Ushbu haykal turli manbalardan olingan ovozlarni o‘zida mujassam etadi.

Liliya Bakanova Orol dengizidagi tasavvuriy hayot haqidagi to‘qimachilik installyatsiyasini taqdim etadi. Asar xom ipak va dengiz suvi hisobidan qayta ishlangan paxtadan tayyorlangan.

Ushbu asarlar muzey kolleksiyasidan tanlangan eksponatlar bilan muloqotga kirishib, mintaqa tarixi, umumiy suv resurslari hamda madaniyat, tabiat va xotira o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik haqidagi ko‘p qirrali munozarani qo‘llab-quvvatlaydi.
Ko‘rgazma haqida batafsil ma’lumot olish havolasi
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
160
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



