04.07.2024 | 15:57
525
Oʻzbekiston OTMlari uchun kasbiy va ijodiy imtihonlar 5–19-iyul kunlari oʻtkaziladi
2024/2025-yilgi mavsumda Oʻzbekistondagi oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi belgilanib, dastlab kasbiy, ijodiy imtihonlar 5–19-iyul kunlari oʻtkazilishi tasdiqlandi.

Bu yil ham abituriyentlar kirish imtihonlarining yakuniy natijalari chiqqandan soʻng mutaxassislik fanlariga mos 5 tagacha yoʻnalishni tanlash imkoniyatiga ega boʻladi.
Buning uchun ularga test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun muhlat beriladi. Ushbu muddat davomida abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi.
Oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan (yaʼni noturdosh) taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul qilish belgilangan qabul kvotalari doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 20-avgustga qadar tasdiqlanadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
167
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
157
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
361



