26.07.2024 | 10:38
375
Oʻzbekistonda parlament saylovi 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi 27-oktabr kuni parlament saylovi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Saylovoldi tashviqoti 26-iyuldan boshlandi.

Saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkaziladi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanadi.
Siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tish taklifi mart oyida O‘zbekiston prezidenti tomonidan deputatlar bilan uchrashuvda ilgari surilgan edi. Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendumdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni majoritar-proporsional saylov tizimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
Bungacha O‘zbekistonda parlament saylovlari majoritar tizim bo‘yicha o‘tkazilib, unda o‘z saylov okrugida ko‘pchilik ovoz olgan nomzodlar saylangan deb hisoblanardi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



