Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.01.2025 | 19:19

img517

“ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”

Ishdan qaytishda non olmoqchi bo‘lib, bir nechta novvoyxonalardan o‘tib keldim. Nogoh yo‘l chetida turgan “Non” yozuvini ko‘rib to‘xtadim. Kolyaskada usti o‘ralgan non, to‘rt ming degan yozuv bor. Ammo sotuvchi yo‘q. Shu atrofdagi to‘rt beshta darvozani taqillatdim, hech kim chiqmadi, chiqqaniyam bizniki emas, deyishdi.

Nima qilishni bilmay tursam, bir yigit: “Aka nonni olib, pulni qo‘yib ketavering” dedi. Non o‘ralgan adyolni ko‘tardim, dimog‘imga issiq non tafti gup etib urildi. Boz ustiga o‘zim yaxshi ko‘radigan chapchak non ekanligi uchun garchi ehtiyoj 4 ta bo‘lsa ham 10 ta olib, pulini adyol tagida qoldirdim. 10 ta nonning puli ustiga yana o‘n ming qo‘shib ham qo‘ydim. Uyga kelib endi kiyim almashtiraman deganimda, bir do‘stim telefon qilib chaqirib qoldi. Zarur ish dedi. Tezda yetib bordim, ish bitgach yana o‘sha non turgan joydan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Qarasam, bir o‘smir yigitcha turgan ekan. Non tugagan. Men unga yarim soat oldin non olmoqchi bo‘lganimni, ammo hech kim yo‘qligi uchun ketib qolganimni aytib, nega shu yerda turmaysan, dedim. Nonni birov indamay ko‘tarib ketsa, nima qilarding, deya tanbeh ham bergan bo‘ldim. U esa novvoyxonada o‘zi va akasi ishlashini, nonni qo‘riqlab o‘tirishga vaqti yo‘qligini, hali shu paytgacha nonning puli sira kam chiqmaganligini aytarkan, odamlarga ishonish kerak, dedi.

Nonni sotib bo‘psan, nega ketmayapsan, desam, e, aka, kimdir o‘n ming ortiqcha pul tashlab ketibdi, adashib bergani esiga tushsa, qaytib kelar, deb turibman, dedi…

Yosh bolaning toza qalbi, ishonchi, beg‘uborligini ko‘rib, shubha – gumonlarga borganimdan, uni sinamoqchi bo‘lganimdan uyalib ketdim. Asta moshina tomon yurarkanman, dunyoning buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan bu yigitchaning gaplari miyamni, vujudimni egallab olgan edi: “Odamlarga ishonish kerak!”

Maqsud  JONIXONOV,
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-yanvardagi 4-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599