13.05.2025 | 09:20
637
OILADA GAP KO‘P…
Gʻarb davlatlari va Rossiya ko‘p muammolarning sababi oila institutining yo‘qolib borayotgani ekanini tushunib yetgan ko‘rinadi. Shaxsiy kuzatuvlarimda shunday xulosaga kelyapman...

Masalan, Rossiyaning ichki ishlar xodimi haqida ishlangan “Birinchi bo‘lim” serialining oxirgi qismlarida oila, farzand tarbiyasi haqida epizodlar ko‘paytirilgan. Yaqinda “Netfliks” tomonidan ishlangan “Balog‘at davri” seriali ham aynan oilaviy qadriyatlarning muhimligini targ‘ib qilmoqda. Ya’ni, oila instituti endi media orqali targ‘ib qilinmoqda.
Fransiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar esa oilalardagi muammolarning 25 foizi ortiqcha ish vaqti bilan bog‘liq nizolar tufayli paydo bo‘layotganini aniqlagan. Bu – jiddiy signal!
Haqiqatan, oila insonni juda ko‘p masalada tartibga, mas’uliyatga o‘rgatadi. Oilasi yo‘qlarni bir kuzating. Ularni tiyib turadigan hech narsa yo‘q, topganini pala-partish hayotga sarflagan, ruhiy toliqish, turli kasalliklar…
Oila muhitidagi odamlar esa dardlashadigan, suyanadigan, mehr ko‘radigan odamlari borligini biladi va xotirjam bo‘ladi. Aynan oilasida halovati borlar hayotdan zavq olib yashay oladilar. Oilasiz yoki oilasida muammo bo‘la turib, o‘zini maza qilib yashayotgandek ko‘rsatadiganlar esa usti chiroyli lekin ichidan chirigan olma kabidirlar. Tanimaydiganlar ularga havas qilgandek qarashadi, bilganlar esa ayni toifaga mansub insonlarga achinish hissi bilan boqadi.
To‘g‘ri va maqbul yo‘l shuki, oilaga ko‘proq vaqt va mablag‘ sarflash kerak. Uni mustahkamlashdan to‘xtamaslik lozim. Chunki u bizning bir umrlik manzilimiz. Qolgani esa shunchaki vaqtinchalik havaslardir…
Hamza JUMAYEV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324