05.06.2025 | 16:52
668
OKEY
O‘ziga Ali Fonus (Alfons) deb nom qo‘yib olgan bir takasaltang o‘zini bozorga solib, onasiga qarata: “Onam, umr savdosi deysiz, har qanday savdoni soqqa gullatadi” deb irpayib turgan joyi ekan. Bu iddao “Lo‘m-lo‘m, Mamajon” qo‘shig‘i ohangida kuylanadi.

Oq terakmi – ko‘k terak, demang, onam,
Senga qanday qiz kerak, demang, onam.
Kallami bu yo chelak, demang, onam,
Chelagi bolga botgan bo‘lsa, okey.
Men istagan Chaynda, Shvedda yo‘q,
Uning tovari biror brendda yo‘q.
Chunki bugun chin sevgi trendda yo‘q,
Tishni-tishga qo‘yib kutgan bo‘lsa, okey.
Yomon kasal yomon bo‘y – hiddan tarqar,
Mosovsirash shou-biznes, xitdan tarqar,
Hamma balo kuya tushgur IT*dan tarqar,
Nomzod ITdan chiqib ketgan bo‘lsa, okey!
Sodda qizni qidirmang siz sodda bo‘lib,
Pismiqoyim chiqar oxir madda bo‘lib,
Oqibatim pol quchmasin latta bo‘lib,
Istakon labiga chertgan bo‘lsa, okey!
Onaginam, bugun paqas soqqa kerak,
Soqqa sog‘-u, nosog‘-u, cho‘ltoqqa kerak,
Kalbosh akam baxt uyin qurmoqqa kerak,
Yorim grin-karta yutgan bo‘lsa, okey!
Mulla XUNOB yozib oldi.
*IT – sun’iy intellekt nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324