Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.02.2026 | 14:28

img993

O‘KTAM

Qadimgi turkiy manbalarda bu so‘z “ögdäm”, “ögtäm” shakllarida uchraydi. Eski turk yozuvida qoyaga bitilgan bitiglardan birida “Ögdäm Inal” kishi oti qayd etilgan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da bu so‘zni “ögtäm” shaklida “mag‘rur”, “g‘ururlangan” ma’nolarida qo‘llagan: “Beduk so‘zladi so‘z bu o‘gtam tiling” (ma’nosi: “bu mag‘rur, maqtanchoq tiling katta gapirdi”).

Bu so‘z (ism) nafaqat o‘zbek, balki ko‘pchilik qardosh turk (va mo‘g‘ul) tillarida ham bo‘lib, “mard”, “mag‘rur”, “kuchli”, “jasur”, “bag‘rikeng”, “saxovatli” kabi ma’nolarni bildiradi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da unga: “O‘ktam – 1. Boshqalarga o‘z ta’sirini, so‘zini o‘tkazadigan, shijoatli, o‘tkir. “Mahallaning o‘ktam yigiti”. 2. Himmati ulug‘, olijanob, saxiy”, deb izoh berilgan.

Ammo uning “mard”, “kuchli”, “saxiy” kabi ma’nolari keyinchalik paydo bo‘lgan, kelib chiqishiga ko‘ra, bu so‘z “aql”, “fikr” ma’nosidagi qadimgi turkiy “ög” o‘zagidan, deb qaraladi, “Devonu lug‘atit turk”da: “ög – aql, ziyraklik”, deb izohlangan. Bu o‘zak hozir ham tilimizda faol – “nasihat, yo‘l-yo‘riq” ma’nosidagi “o‘git” (“ögut” – “ög+ut”) so‘zida o‘zgarishsiz saqlangan, “o‘rganmoq” so‘zi ham shu o‘zakdan, ammo keyinchalik unda tovush almashinuvi sodir bo‘lgan: “öGRät-” – “o‘RGat-”. Umuman, “ög” o‘zagi haqida uzoq to‘xtalish mumkin.

Mazkur o‘zakka aloqador yana “ög-”, “ögmǝk” fe’li ham bo‘lib, bu fe’l – “maqtamoq, ulug‘lamoq, alqamoq” kabi ma’nolarni bildirgan. Bu fe’l XIV asrgacha bo‘lgan manbalarda ko‘p uchraydi, shulardan biri – “Nahj ul-farodis”dan: “Saxiyni yad etib dayim ögǝrlǝr” (“Saxiyni yod etib doim maqtarlar”). Yoki “maqtov”, “madh” kabi ma’nolarda ilgari mazkur o‘zakdan yasalgan “ögdү” so‘zi ishlatilgan: “Rasul alǝyhissǝlámniң tөrt yári ögdүsi” (“Rasul alayhissalomning to‘rt yori madhi”. Qutb. “Xusrav va Shirin”).

Shuningdek, qadimgi turkiyda “qo‘llab-quvvatlamoq, maqtamoq, ulug‘lamoq” kabi ma’nolarga ega – “ögtä-” (“ögdä-”) fe’li ham bo‘lgan va “o‘ktam” so‘zi mazkur fe’lga “-m” qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan (ögdä+m – ögdäm – o‘ktam) va bu so‘z dastlab “maqtalgan, ulug‘langan” kabi ma’nolarni bildirgan.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 23-yanvardagi 4-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img41

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img123

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img313