Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.09.2026 | 15:29

img1016

OLIMLAR ALPOMISHI

Kuni kecha Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, ko‘rib chiqish uchun Prezidentga yubordi. Hujjatda amaldagi 26 harf va 3 ta birikma o‘rniga 28 harf hamda bitta apostrofdan iborat tizimga o‘tish ko‘zda tutilgan.

Ushbu islohotlar jadidlarni ham o‘ylantirgani, ular bu yo‘lda jonkuyarlik bilan faoliyat olib borgani ma’lum. “O‘zbek tilining akademik grammatikasi”, “O‘rta Osiyo turklarining yangi alifbosi”, “O‘zbek tilining tovushlari”, “Lotin asosida tuzilgan yangi alifbo loyihasi” kabi maqola va nutqlari bilan maydonga chiqqan Gʻozi Olim Yunusov alohida o‘ringa ega.

“Ko‘pgina kishilar Gʻozi Olim bilan Gʻozi Yunus (Ishchi)ni farqlashmaydi. Sababi, 1919-yil birinchi yarmigacha har ikkala ijodkor o‘z asarlarini “Gʻozi Yunus” taxallasi bilan e’lon qilishgan. Jurnalist va shoir Gʻozi Yunus 1919-yilda “Ishtirokiyun” gazetasi orqali murojaat qilgach, olim Gʻozi Yunus matbuotda “Gʻozi Olim” imzosini qo‘llay boshladi”.

Ushbu parcha atoqli jadidshunos olim Sirojiddin Ahmadning yangi chop etilgan “Gʻozi Olim” risolasidan olingan. Bu ikki ma’rifatparvarning yo‘li – jadidlik, ko‘zlagan manzili – hurriyat edi; afsuski, ikkisi ham aro yo‘lda qatag‘on o‘pqoniga tortildi. Biri adabiyot, biri ilm vositasida millatni uyg‘otishga uringan ziyolilarga oqibatda bosqinchilar tomonidan “xalq dushmani” tamg‘asi bosildi. Shu jihatdan, ularning nafaqat ismi sharifi, balki maslagi va taqdiri ham o‘xshash.

Har holda badiiy so‘z va so‘z kishilari el-yurtga bir qadar taniqli bo‘ladi, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganishga ham qiziqish katta. Shu ma’noda Gʻozi Yunus – Ishchi taqdiri ma’lum ma’noda xalqqa qaytarilgan. Biroq Gʻozi Olim shaxsiyati, faoliyati va asarlari faqat tor doirada ma’lum bo‘lib, yaxlit holda o‘quvchilar ommasiga taqdim etilmagan edi.

Mana shu bo‘shliqni to‘ldirish yo‘lida zakiy va mehnatkash, fidoyi va rostgo‘y, matonatli va xolis olim Sirojiddin Ahmad katta qadam tashladi. “Gʻozi Olim” kitobining qimmatini oshiruvchi yana bir jihat shundaki, unda millat oydinining ijtimoiy-ilmiy yo‘liga nazar tashlash bilan birga olimning asarlari ilk bor o‘quvchilar ommasiga taqdim qilingan. Ayniqsa, “O‘zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba” asarining to‘liq shakli faksimile shaklida berilgani kelgusida bu borada izlanish olib boruvchi folklorshunoslar, tilshunoslar, talabalar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Gʻozi Olim mustamlaka davri tazyiqiga qaramay xalqning lug‘at boyligini, adabiyotini, imlosini, davlatchilik tarixini sof ilmiy yo‘l bilan, akademik halollik asosida tiklashga harakat qildi. Sovet ma’murlarining olimga tish qayraganidan bilish mumkinki, u o‘z maqsadiga ma’lum darajada erishgan ham.

Mazkur kitobdagi ma’lumotlar asosida 45 yoshida otuvga hukm qilingan Gʻozi Olim hayotining muhim sanalarini keltirib o‘tamiz:

Gʻozi Mahamat Yunus o‘g‘li 1893-yil 10-aprelda tug‘ildi. Istanbul oliy pedagogika institutida va “Al-Azhar” madrasasida o‘qidi. 1914-yil iyul oyida Toshkentga qaytib kelib, Volga-Kama tijorat bankida ish boshladi. 1917-yil Turkiston Muxtoriyatida “Ulamo” jamiyati vakili sifatida ishtirok etdi. 1918-yil Toshkentda “Turk o‘chog‘i” uyushmasiga asos soldi.

1919–1937-yillarda qator vazifalarda, xususan, Turkiston avtonom respublikasi Musbyuroda tashkiliy qo‘mita mudiri, “Tong” jurnali muharriri, Turkiston maorif komissarligi “Bilim hay’ati” xodimi, O‘zbekiston Xalq maorif komissarligi Fan bo‘limi ilmiy kotibi, “O‘zbeklarni o‘rganish qo‘mitasi” raisi, Samarqand Oliy pedagogika instituti o‘qituvchisi, kafedra mudiri, O‘zbekiston ilmiy tekshirish instituti, Madaniy qurilish ilmiy tekshirish instituti xodimi, Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, Toshkent kechki pedagogika institutida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qilgan.

1930-yilda professor unvoni berildi.

1937-yil 25-aprelda NKVD tomonidan hibsga olindi. 1938-yil 4-oktyabrda oliy jazo qo‘llanildi. 1957-yilda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan reablitatsiya qilindi.

* * *

Gʻozi Olim “Alpomish” dostonini yozib olish va o‘rganish bo‘yicha birinchilardan bo‘lib ma’naviy jasorat ko‘rsatgan edi. O‘zi ham qahramonlarcha faoliyat yuritdi. Afsuski, Surhayil maston kabilar uni mahv etdi.

Nihoyat, bugun uning pok nomi xalqqa to‘la-to‘kis qaytarildi. Buning uchun zahmatkash oydinlarimizga, xususan, hurmatli domlamiz Sirojiddin Ahmadga tashakkur aytamiz!

Kitobni nashr etishda beg‘araz homiylik qilgan Bahodir Husanovga ham minnatdorlik bildiramiz.

Otabek BAXTIYOR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 11-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600