Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.09.2024 | 15:18

img215

OLQINDI

Kir yuvilaverib kichrayib qolgan kirsovun yoki yeyilib ketgan qumqayroqqa nisbatan “olqindi” deymiz. Shuningdek, “olqindiday” deganda ko‘chma ma’noda kichik narsa tushuniladi. Kir yuvish vositalari, hayot tarzimiz o‘zgargan sari bu so‘z ham, agar yangi ma’no tovlanish­lari bilan iste’molga qaytarilmasa, hademay mutloq unut bo‘lishi mumkin.

Qadimda esa olqindi va unga o‘zakdosh so‘zlar ancha faol bo‘lgan. Xususan, buni Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida keltirilgan misollarda ham ko‘rish mumkin: “alqїndї – tamom bo‘ldi, tugadi. Alqїndї nӭң – narsa butunlay tamom bo‘ldi, tugadi. Ӭr alqїndї – odam o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (alqїnur, alqїnmaq)”. Shuningdek, “Devon”da bu so‘zning fe’l shakli “alqtї” (boshqa bir o‘rinda “alqdї” shunday izohlangan: “alqtї: ol tavarїn alqtї – u molini yo‘q qilib yubordi”.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ham bu so‘zga bir necha o‘rinlarda duch kelamiz:
“Nechә tersә dunya tүgәr alqinur”.

Ma’nosi: “Qancha mol-dunyo yig‘magin, termagin, u tugaydi, olqinadi”.

“Alqїndї” – “tugadi, tugayotgan” degani bo‘lsa, uning ziddi, bo‘lishsizlik shakli: “alqinchsiz” ham “bitmas, tuganmas” ma’nosida qadimda keng iste’molda bo‘lgan. Misol: alqїnčsїz tükätinčsїz – bitmas-tuganmas. Alqїnču esa – o‘layotgan, o‘tkinchi demak.

Bu so‘z etimologiyasi haqida lug‘atlarda ma’lumot mavjud emas. Bizningcha, “alq-” o‘zagi qadimgi turkiydagi “tugamoq, o‘lmoq, o‘ldirmoq…” kabi ko‘plab ma’nolarga ega bo‘lgan “өl” arxetipiga borib taqaladi. Qadimgi “өl” esa hozirgi tilimizdagi “o‘l”, ya’ni barcha turkiy tillardagi “o‘lmoq”, “o‘lim” so‘zlari negizi. “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati”da keltirilishicha, taniqli olim G.Vamberi “өl” ar­xeti­pining “o‘lmoq” emas, “o‘ldirmoq” ma’nosi qadimda birlamchi bo‘lgan, degan fikr bildirgan. Bunga misol qilib olim major (hungar) tilida “өl”ning “o‘ldirmoq” ma’nosi saqlanganligini keltiradi. Chunki major tiliga bu so‘z qadim zamonlarda o‘zlashgan.

“Өl”ning “o‘ldirmoq” ma’nosi nafaqat major, balki mo‘g‘ul tillarida ham saqlanganligi G.Vamberi fikrini quvvatlaydi. Xususan, “Mo‘g‘ullarning sirli tarixi” yodgorligi 157 paragrafida “o‘ldirmoq” ma’nosida qadimgi mo‘g‘ul tilidagi “alaju” so‘zi ishlatilgan. Bu borada Bobur ham “Boburnoma”da qiziq ma’lumot keltiradi. Ma’lumki, Boburning kichik tog‘asi Ahmadxonning laqabi Olacha­xon bo‘lgan. Bobur buni shunday tushuntiradi: “Olachaning vajhi tasmiya­si muni derlarkim, qalmoq va mo‘g‘ul tili bila o‘lturguchini “olachi” derlar. Qalmoqni necha qatla bosib, qalin kishisin qirg‘on uchun “olachi” de-de kasrati isti’mol bila Olacha bo‘lubtur”.

Shunday qilib, “alq-” fe’li, bizningcha, xuddi “tol+iq+moq”, “yo‘l+iq+moq” so‘zlari kabi, mazkur “өl” o‘zagiga “-q” fe’l yasovchi qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan dastlab “al+iq+moq” shaklida yasalgan. Biror fe’l­ga mazkur “-q” (“-iq”) qo‘shimchasi qo‘shilganda fe’l o‘zagidan anglashilgan ma’no biroz yumshaydi, qiyoslang: “oyog‘im toldi” – “oyog‘im toliqdi”. Shu kabi “olqimoq”, “olqindi” so‘zlari ham hali butunlay tugamagan, ammo tugayot­gan ma’nosida qo‘llanilgan. Deylik, qadimgi turkiyda o‘lim soati, kishi o‘layotgan, so‘nggi daqiqalarini yashayotgan payt – alqїnču öd iborasi bilan ifodalangan. Hozir ham shu bois tugayotgan, ammo butunlay tugab ulgurmagan kirsovun, qayroq kabilarni olqindi deymiz.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596