Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.11.2025 | 10:00

img475

OLU

Abduvohid HAYIT

Hozirgi o‘zbek tilidagi olxo‘ri, olcha, shaftoli kabi meva nomlari “olu” so‘zi ishtirokida yasalgan. Qadimgi turkiyda “olu” ma’nosida “ӭro‘k” (“o‘rik”) so‘zi ishlatilgan. “Devonu lug‘atit turk”da “ӭro‘k” so‘ziga: “shaftoli, o‘rik, olxo‘ri kabi mevalarning umumiy nomi” deb izoh berilgan Ammo keyinchalik, afsuski, “ӭro‘k” ko‘p holatlarda o‘z o‘rnini “olu”ga bo‘shatib berdi.
“Boburnoma”da “olu” mustaqil holat­da hozirgi tilimizdagi “olxo‘ri” ma’no­sida qo‘llangan. “Forscha-o‘zbekcha lug‘at”da ham “olu” – “olxo‘ri” deb izohlangan. Endi mazkur “prunus”, ya’ni “olu” yoki “ӭro‘k” oilasiga mansub mevalarga e’tibor qaratamiz:
OLUCHA – hozirgi tilimizda “olcha”. Bu nom forscha “olu”ga turkcha “-cha” kichraytirish qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan.
OLVOLI – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘z ham shevada “olcha” ma’nosini bildirishi aytiladi. “Boburnoma”da bu so‘z – “olu-bolu” shaklida yozilgan: “Men olu-bolu niholini kelturub ekturubmen, yaxshi olu-bolular bo‘ldi va hanuz taraqqiyda edi”. Bobur mazkur jumlada olu-bolu, ya’ni olchani Kobulga keltirib ektirganini aytmoqda. Qayerdan keltirgan? Albatta, Movarounnahr, hozirgi O‘zbekiston hududidan keltirganligi ehtimoli ko‘proq. Balki shuning uchun bu meva nomi oxiriga turkcha “-cha” qo‘shimchasi qo‘shilib, “olucha” deb atalgandir.
QAROLI – bu so‘z “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham, “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”ga ham kirmay qolgan. “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”dan bu so‘zning Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm hududlarida qo‘llanishini bilib olish mumkin. “Qaroli” deganda ham olxo‘ri tushuniladi va u turkiy – “qora” hamda “olu” so‘zlari qo‘shilishidan “qora olu” shaklida yasalgan. Bunday duragay ism paydo bo‘lishi sababi – aslida olxo‘rining qadimgi turkcha nomi “qara ӭro‘k” bo‘lgan. Yuqorida biz forscha “olu” – qadimda turkchada “ӭro‘k” bo‘lganligini aytdik. Keyinchalik “ӭro‘k”  o‘rnini “olu” egallagach, “qara ӭro‘k” ham “qara olu” – “qaroli”ga aylangan.
“Boburnoma”da hozirgi Afg‘oniston hududida o‘sadigan emluk daraxti ham tilga olinib, uning mevasini turklar “qora yemish” deyishlari ham aytiladi: “Qo‘rg‘onning ikki tarafidagi rud (anhor, daryo) yoqalari tamom daraxttur, ko‘pragi emluk yig‘ochidur. Bu mevani ba’zi turklar qora yemish derlar”.
ZARDOLI – bu ism fors-tojikcha “sariq” ma’nosidagi “zard” va “olu” so‘zlaridan yasalgan, ya’ni “sariq olu”, “Devonu lug‘atit turk”dan esa bu mevaning qadimgi turkcha nomi ham – “sarїg‘ ӭro‘k” ekanligini ko‘rish mumkin. Hozirgi o‘zbek tilida qadimgi turkiydagi “ӭro‘k” faqat shu meva nomida “o‘rik” shaklida saqlanib qolgan. “Zardoli” ko‘proq Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo hududlarida “o‘rik” ma’nosida qo‘llaniladi.
GURDOLI – bu nom birorta o‘zbek­cha lug‘atda uchramadi. Ehtimol, “gurdolu” – fors-tojikcha “pahlavon, botir” ma’nosidagi “gurd” va “olu” so‘zlaridan yasalgan bo‘lishi mumkin. Chunki tojikcha lug‘atlarda: “gurdolu – nav’i olui kalondona”, ya’ni “katta dona olu navi” deb izohlangan. Shuningdek, o‘zbek va tojik shevalarida “olxo‘ri” ma’nosida: “g‘aynoli”, “g‘ayloni”, “g‘aydolu” kabi nomlar ham mavjud.
SHAFTOLI – bu so‘z etimologiyasi haqida “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da keltirilgan izoh qoniqarli emas. Mutaxassislar talqiniga ko‘ra, bu so‘z o‘rta fors tilidagi “sut” ma’nosidagi “shift” (“šift”) va “olu” so‘zlaridan yasalgan va “sutli olu” ma’nosiga ega. Qadimgi turk tilida esa bu mevani – “to‘lo‘g ӭro‘k” deb atashgan.
“Devonu lug‘atit turk”da yana bir meva nomi – “limkän” ham keltirilgan bo‘lib, unga “sariq olxo‘ri” deb izoh berilgan. “Boburnoma”da Bobur limonni – “limu” deb ataydi. “Devon”da ham “limkan”, ya’ni “sariq olxo‘ri” deganda, ehtimol, limon ko‘zda tutilgandir. Yoki qadimgi turkiyda hozirgi tilimizdagi o‘rik ikki nom bilan: ham “limkan”, ham “sarїg‘ ӭro‘k” deb atalgan bo‘lishi mumkin.

«Jadid» gazetasining 2025-yil 14-noyabrdagi 46-soni


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img69

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img81

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129